19-var Sug’orish turlari: namiqtiruvchi, namiqtiruvchi-sho’r yuvish, maxsus, muntazam, nomuntazam, liman sug’orish, yalpi (yoppasiga) sug’orishlar


-VAR-2-savol. Tuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi


Download 143.49 Kb.
bet13/66
Sana06.02.2023
Hajmi143.49 Kb.
#1171203
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
шахига

60-VAR-2-savol. Tuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi. Dehqonchilikda yerni yuza yumshatish, diskalash, kultivasiyalash, boronalash, mola bostirish, egat olish, motigalash kabi agrotexnika tadbirlari ko’p qo’llaniladi. Bunday yer asosan 3-15 sm chuqurlikda ag’darib yoki ag’darmay yuza yumshatiladi. Tuproq yuzasini yumshatish, mayda kesakchali donalar hosil bo’lishi, yerni begona o’tlardan tozalash, tekislashda bu tadbirlarning ahamiyati katta. Bunda, ekin sifatli eqilishiga, ko’chatlar to’liq bo’lishiga, o’simliklar yaxshi o’sishi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi. Boronalash. Yerni yuza yumshatish, tuproqni mayin qilish hamda haydalma qatlam havosi almashinishini yaxshilash uchun yer boronalanadi. Borona-yerni ekin ekishdan oldin ishlashda almashtirib bo’lmaydigan quroldir. Boronada qatqaloq yumshatiladi, ekilgan ekinlar urug’i va solingan mineral o’g’itlar tuproqqa aralashtiriladi-ko’miladi va qator oralari ishlanadigan ekinlar ekiladigan yerlar yumshatiladi va xokazo ishlar bajariladi. Bundan tashqari, yer boronalanganda yuzasi tekislanadi, begona o’tlar yo’qotiladi va bug’lanish kamayib, nam yaxshi saqlanadi. Boronalar uch turga bo’linadi: Og’ir borona- bitta tishiga 1,6-2,0 kg og’irlik tushib, yerni 7-10 sm chuqurlikda yumshatadi. O’rtacha borona- bitta tishiga 1,1-1,5 kg og’irlik tushib yerni 4-6 sm chuqurlikda yumshatadi. Yengil borona- bitta tishiga 0,6-1,0 kg og’irlik tushib, yerni 2-4 sm chuqurlikda yumshatadi. Mayda urug’larni va o’g’itlarni tuproqqa aralashtirishda hamda yoppasiga ekilgan (arpa, bug’doy va boshqa) ekinlar qalinligini siyraklatishda boronalashni soatiga 5-6 km tezlikda amalga oshirish kerak.
Kultivasiya. Begona o’tlarni yo’qotish va hosil bo’lgan qatqaloqni buzish hamda zichlashib qolgan yerni ag’darmasdan yumshatish uchun kultivasiya o’tkaziladi. Bu ishlar kultivator bilan bajariladi. Yer ekin ekish oldidan va qator oralarini ishlash davrida kultivasiyalanadi, bunda o’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Ekin qator oralari NKU-4-6A, KRX-4, KRX-3,6 markali kultivatorlar bilan yumshatiladi. Bunda o’simlik qator oralari har xil chuqurlikda yumshatiladi va begona o’tlar yo’qotiladi. Universal kultivatorlarga maxsus ish organlari, yani ekin qator oralarini yumshatuvchi, o’toq qiluvchi, egat oluvchi, o’g’it soluvchi va boshqa qismlar o’rnatiladi.


Download 143.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling