193 Mapleda oddiy tengsizliklarni yechish. Shu bilan birga solve
Download 94,71 Kb.
|
K.SH.193-224
- Bu sahifa navigatsiya:
- M isol
198 Mapleda ikki o’lchovli grafika.
plot buyrug’i va uning parametrlari. Bir o’zgaruvchili f(x) funk-siyaning grafigini (Ox o’qi bo’yicha a<=x<=b intervalda va Oy o’qi bo’yicha c<=y<=d intervalda) yasash uchun plot buyrug’i ishlatiladi. Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha: plot(f(x), x=a..b, y=c..d, parametr), bu yerda parametr – tasvirni boshqarish parametr-lari. Agar u ko’rsatilmasa jimlik bo’yicha o’rnatishdan foydalaniladi. M isol. [-4π , 4π] intervalda funksiya gafigini chizing. Buning uchun quyidagilarni tering: > plot(sin(x)/x, x=-4*Pi..4*Pi, labels=[x,y], labelfont= [TIMES, ITALIC,12], thickness=2); 199 Mapleda uch o’lchovli grafika. z = f(x,y) funksiya grafigi chizish uchun plot3d(f(x,y), x=x1…x2, y=y1…y2, options) buyrug’idan foydalanish mumkin. Bu buyruqning parametrlari plot buyrug’i parametrlari bilan mos tushadi. Misol.Quyidagi sirtlarni hosil qiling Quyidagi satrlarni tering: > plot3d({x*sin(2*y)+y*cos(3*x), sqrt(x^2+y^2)-7}, x=-Pi..Pi, y=-Pi..Pi, grid=[30,30], axes=FRAMED, color=x+y); 200 Mapleda differensial tenglamalarning umumiy yechimi. Maple muhitida differensial tenglamalarni analitik yechish uchun dsolve(t,f,options) buyrug’i ishlatiladi, bu yerda t – differensial tenglama, f – noma’lum funksiya, options – parametrlar. Parametrlar yechish metodlarini ko’rsatadi, masalan, jimlikda analitik yechim quyidagicha izlanadi: type=exact. Differensial tenglamalarni tuzishda hosilalarni belgilash uchun diff buyrug’i ishlatiladi, masalan, y''+y=x differensial tenglama quyidagicha yoziladi: diff(y(x),x$2)+y(x)=x. Differensial tenglamalarning umumiy yechimi ixtiyoriy o’zgarmasdan, ya’ni differensial tenglama tartibini bildiruvchidan sondan bog’liq bo’ladi. Maple da bunday o’zgarmaslar, odatda , _S1, _S2, va hokazo ko’rinishlarda belgilanadi dsolve buyrug’i differensial tenglamalar yechimini hisoblanmaydigan formatda chiqarishni amalga oshiradi. Yechim bilan keyinchalik ishlash kerak bo’lsa, (masalan , yechimni grafigini qurish kerak bo’lsa) olingan yechimning chap tomonini rhs(%) buyrug’i bilan ajratish kerak bo’ladi. Download 94,71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling