1995 O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank»


-mavzu. Korxona (tashkilot)ning moliyaviy holatini tahlil qilish


Download 39.94 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1574697
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
anvar kundalik hisobot

4-mavzu. Korxona (tashkilot)ning moliyaviy holatini tahlil qilish
1.Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi:
 
1. Kredit ajratish jarayonida qaror qabul qilish bosqichlari, “skoring” tizimi, “kredit konveyeri” dasturi va “anderrayterlar” faoliyati qayta ko‘rib chiqildi. Mijozlar faoliyatini har tomonlama tahlil qilish maqsadida “skoring” tizimi 8 ta tashkilot bazasi bilan integratsiya qilindi.
Shu bilan birga, kreditlashga aloqador tarkibiy bo‘linmalar soni 5 tadan 2 taga, hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayoni 3 bosqichdan 2 bosqichga tushirildi. Buning natijasida kreditlash jarayoni yanada tezlashishiga erishildi.
Shuningdek, Markaziy bank bilan birgalikda ijtimoiy dasturlar doirasida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida barcha kredit hujjatlari “oilakredit.uz” onlayn platformasi orqali elektron tarzda shakllanishi va mijozning bankka tashrifisiz elektron klyuch orqali tasdiqlash joriy qilindi.
2022-yil davomida ushbu platforma orqali 436 ta loyiha asosida 11.2 mlrd so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
 
2. Xalq banki va Rossiyaning Sberbanki o‘rtasida Sberbank kartalaridan Xalq banki kartalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma kelishuv imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida joriy yil fevral oyidan “Sberbank-onlayn” mobil ilovasi orqali Xalq banki kartalariga Rossiyaning istalgan hududidan
“24/7”-onlayn rejimida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu xizmatni yo‘lga qo‘yish orqali Xalq banki kartalaridan foydalanuvchi Qiziriq tumanida 2000 nafardan ortiq aholiga xalqaro pul o‘tkazmalarini istalgan vaqtda, bankka tashrif buyurmasdan, ortiqcha hujjatlarsizayniqsa, respublikaning olis va chekka hududlaridagi aholiga tuman markaziga kelmasdan mablag‘larni onlayn tarzda olish imkoniyati yaratildi.


 
3. Pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash mexanizmlari qayta ko‘rib chiqildi va soddalashtirildi:
a) pensiya mablag‘larini bank kartasiga o‘tkazish bo‘yicha arizalarni Pensiya jamg‘armasiga bormasdan bank filialiga topshirish yo‘lga qo‘yildi.
b) fuqarolarga farzandi tug‘ilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish bilan avtomat tarzda bank kartasi orqali suyunchi pulini olish tizimi joriy etildi.
Bunda, fuqaro FHDYo organlarida guvohnoma rasmiylashtirgan vaqtda o‘zini yoki turmush o‘rtog‘ini (ota-onasini) nomida bank kartasi bo‘lishi yetarli hisoblanadi.
Natijada, bugungi kunga qadar 218 nafar fuqaroga 200 mln so‘mdan ortiq nafaqa to‘lovlari onlayn tarzda bank kartalariga o‘tkazib berildi.
 
4. Kassa amaliyotlarini avtomatlashtirish yuzasidan kassada yuritiladigan barcha kitoblar, talabnomalar va kirim-chiqim amaliyotlarining elektron yuritilishi bo‘yicha alohida dasturiy ta’minot yaratilib, ishchi (real) bazada bankning barcha filiallarida joriy etildi.
 
5. Kadrlar siyosatida inson omili aralashuvi va qog‘oz sarfini kamaytirish maqsadida mehnat ta’tili hisobini yuritish avtomatlashtirildi.
Shuningdek, kadrlar faoliyatiga oid buyruq va farmoyishlarni onlayn yaratish va zaruriyatga ko‘ra o‘zgartirish funksiyasi ishlab chiqildi va xodimlarga qulaylik yaratish maqsadida tizimni 3 ta tilda (o‘zbek tili, rus va ingliz tillarda) boshqarish sozlamalari joriy etildi.
 
6. Bankning tarkibiy bo‘linmalarida mavjud axborotlarning yagona omborini yaratish uchun “Operatsion hodisalar ma’lumotlar bazasi” yaratildi.
 
7. Kredit portfeli tarkibidagi muddati o‘tgan qarzdorliklarni yuzaga kelishini oldini olish va undirishni samarali tashkil etish, kreditlarni qaytarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni kamaytirish va qarz yukini ortib ketishiga barham berish hamda muddati o‘tgan kredit qarzdorliklarni undirish maqsadida “CallCenteraloqa markazi xodimlari uchun joriy yilning avgust oyida “Soft  Collection” tizimi ishga tushirildi.
Ma’lumot uchun: Qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun “IP-telefoniya” tizimi “PhonerLite” dasturiga integratsiya amalga oshirildi.
 
8. “Paynet” to‘lov tashkiloti hamkorligida “Paynet” shoxobchalari, infokioska va mobil ilova orqali istalgan bank kartasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul o‘tkazmalarni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi hamda
Cash to card” xizmati amaliyotga tadbiq etildi.
 
9. Mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida “Call-Center” aloqa markazi texnik imkoniyatlari takomillashtirilib, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish uchun “XB HelpDesk” ichki elektron murojaatlar tizimi joriy etildi va “XB chat” axborot almashish tizimi (messendjer) yo‘lga qo‘yildi.
 

Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling