II. Davlat dasturlari doirasida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha.
Xalq banki tomonidan joriy yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat dasturi va hududlarni ijtimoyi-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 392 ta loyihaga 9 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.
III. Xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha.
“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika komissiyasi, Ishchi guruhi va Xalq banki birgalikda hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi.
Xatlov natijalariga ko‘ra, jami mingdan ortiq tadbirkorlik qilish istagi mavjud ayollar aniqlandi hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik qilish istagini bildirgan xotin-qizlarga kredit ajratish bo‘yicha tijorat banklari bilan birgalikda reja-taqsimot ishlab chiqildi.
2022-yilda bank tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi 105 nafar tadbirkorlik qilish istagini bildirgan xotin-qizlarga 1.0 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit ajratildi.
IV. Hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-77-sonli Qarorida “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xom ashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun, bank tomonidan 21 nafar hunarmandlarga 1.2mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |