1995 O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank»


Download 39.94 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1574697
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
anvar kundalik hisobot

Innovatsion yondashuv
 Bank yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratadi, ishida ijodiy yondashuvlarga amal qiladi, ijobiy o’zgarishlarga xayrixoh va doimo ular uchun ochiq bo’ladi.
Guruh ruhi
 
Guruh – bu umumiy maqsad bo’lib, har bir xodimning ushbu maqsadga erishishga qo’shgan betakror hissasi va kasbiy mahoratidir. Bank xodimni umumiy maqsadga erishishga qo’shgan hissasi uchun qadrlaydi.
Ishonchlilik
 
Bank faoliyatining zamirida vijdoniylik, halollik, mas’uliyat yotadi.
Xodimlarni rivojlantirish
Xodimlar – Bankning boyligi, uning bozor aktividir. Bank xodimlarning o’z salohiyatini ro’yobga chiqarishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.
Xodimlar bilan o’zaro munosabatlar:
Bank xodimlari Bankning muvaffaqiyatli faoliyatining asosidir. Bank o’z xodimlarini qadrlaydi, har bir xodimga o’z salohiyatini to’liq ro’yobga chiqarishga imkon beradi. Bank yoshi, irqi, jinsi, e’tiqodi yoki millatidan qat’iy nazar, xodimlarni jalb qiladi va eng yaxshi xodimlarni olg’a surib, ularni erishgan yutuqlari uchun taqdirlaydi. Bank shaxsni va inson qadr-qimmatini hurmat qiladi. Bank xodimlari Bankning ish obro’siga, boshqa nomoddiy yoki moddiy manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan vaziyatlarning yuzaga kelishga yo’l qo’ymaydi.

Bank nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga nomzodlarning kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasi
Komissiya – “Xalqbank” ishga qabul qilish va xodimlarni lavozimdan lavozimga ko‘tarishga oid tartib asosida faoliyat yurituvchi kollegial organi bo‘lib, Xalqbankning kadrlar siyosatida bank mutaxasislari va rahbarlarining malakasi, ishchanlik sifatlariga qo‘yilgan bir qator talablar asosida bankka ishga qabul qilinayotgan va lavozimi ko‘tarilayotgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarining lavozimga mosligi hamda rahbar xodimlarning kasbga muvofiqligi yuzasidan qaror qabul qiladi.
Bankimiz xodimlarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Bank kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan bank xodimlari o‘rtasida futbol, voleybol, stritbol, engil atletika, shashka, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha sport kunlari va musobaqalar tashkil etilmoqda.
Kollektiv dam olish bankimiz xodimlari hayotining ajralmas qismidir. Dam olish maskanlari va madaniy-ko‘ngilochar maskanlarga sayohatlar xodimlarimizda unutilmas taassurotlar berib, ularni yangi marralar sari undaydi.
Psixologik tayyorgarlik ichki kuchni shakllantirishda juda muhim omil bo‘lib, stressli vaziyatlarda ham yaxshi formada bo‘lishga yordam beradi. Bankimizning tinimsiz Kasaba uyushmasi qo‘mitasi doimiy asosda xodimlarimizga hayotiy qiyinchiliklarni engib o‘tish, og‘ir vaziyatlarda bosiqlik ko‘rsatishga yordam beradigan turli yo‘nalishdagi professional murabbiy va ma’ruzachilarni taklif etadi.
Bankimiz rahbariyati o‘z xodimlarining sog‘lig‘i haqida qayg‘urib, ularga munosib e’tibor qaratmoqda. Tibbiyot sohasidagi etakchi mutaxassislar bilan uchrashuv va seminarlar muntazam tashkil etilmoqda. Shuningdek, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi, bu sizga xodimlardagi kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va jiddiy oqibatlarning oldini olish imkonini beradi.
Bankimizda har bir bayrami keng miqyosda o‘z xodimlarimiz ishtirokida nishonlanadi. Xoh 8-mart Mustaqillik bayrami, xoh Vatan himoyachilari kuni, xoh yangi yil. Iqtidorli xodimlarimiz barcha bayramlarga o‘zgacha ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘rmoqda va “Xalqbank” tarixining bir qismiga aylanishmoqda.
Bank nafaqat o’z xojimlariga, balkim xayot gullariga – xodimlarning farzandlariga xam g’amxo’rlik qiladi. Bank xar yili bolalar soglomlashtirish oromgohlariga yo'llanmalar beradi.
Go‘zal yurtimizning turli tarixiy shaharlariga qo‘shma sayohatlar, bu hamkasblar bilan vaqt o‘tkazish, ushbu voqeani qo‘lga kiritish va yangi kuch bilan ishga qaytish uchun yana bir sababdir.



Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling