1боб. Мухандислик графикасини ўқитиш методикасининг умумий масалалари Режа


MUHANDISLIK GRAFIKASINING BOSHQA FANLAR BILAN


Download 1.65 Mb.
bet5/56
Sana24.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1395232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
MUHAN граф маъруза 123

1.4. MUHANDISLIK GRAFIKASINING BOSHQA FANLAR BILAN
ALOQALARI
TA YANCH SO ZLAR:
Fcinlararo aloq !ar, yagona grafik tizim, fikrlarni illyustratsiyalash va qaydqilish vositasi, masalayechish vositasi, o‘zgarishIarni qaydqilish vositasi, tushunchalarni shakllantirish vositasi.
Fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarining didaktik maqsadlarda o‘zaro moslashtirilishiga fanlararo aloqalar deyiladi. Fanlararo aloqalami hisobga olish - ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uchun zaruriy shartlardan biridir. Fanlararo aloqalar talabalarga moddiy olam hodisalarini to‘g‘ri tushunishlariga ko‘maklashadi. Bu o‘zaro aloqalar ayniqsa chizmachilik, mehnat ta’limi, geometriya, tasviriy san’at va fizika kabi fanlarini o‘qitishda juda zarur. Chunki bu fanlaming birida olingan bilim, ko‘nikma va malakalardan boshqa fanlami o‘rganishda ham foуdalaniladi.
Grafik tasvirlar maktabdagi ko‘pchilik fanlar bo‘yicha yangi bilimlarni o’quvchilar faol va ongli ravishda o‘zlashtirishlarida eng asosiy vositalardan biri sanaladi. Ular bilimlaming sezgi asosini ta’minlaydi va o quvchilarda bizni o‘rab turgan olam va undagi narsalar haqida yaqqol, aniq va to‘g‘ri tasawurlami hosil qilish maqsadlarini ko‘zda tutadi. Afsuski, o‘quv jarayonida grafikani qo‘llashning ilmiy asoslari hozirgacha yetarlicha yaxshi ishlab chiqilmagan, maktablardagi chizmachilikdan boshqa fanlarda grafik tasvirlarni bajarish bo‘yicha talablar mavjud emas. Ushbu kamchilikni bartaraf qilish uchun umumta’Iim maktablaridagi •anlarni o‘rganishda grafik tasvirlarni bajarishga qo‘yiladigan yagona график тизимларни ишлаб чиқиш зарур. Чунки ўвувчиларда дастдабки график билимларни шакллантирадиган математика, меҳнат таълими,физика, химия, география, биалогия каби бевосита график тасвирлар билан иш кўрадиган кўплаб фанларни ўрганишда шу дарсларда бажариладиган чизмалар умумий бир қоидага асосланмаган ҳар бир фан ўқитувчиси тасвирларни ўз билганича бажариб келмоқдалар. Шу сабабли ўқувчиларда график тасвирларни баэаришда, маъсулиятсизлик билан қараш, чизма асбобларидан тўғри фойдалана олмаслик, “иш дафтарида бажариладиган тасвир бир амаллаб кўчирилаётган нусхага ўхшаса бўлгани” деганга ўхшаш кайфият шаклланади. Бунга бир томондан юқорида айтилган фан ўқитувчиларининг махсус график маълумотга эга эмасликлари сабаб бўлса, иккинчи томондан ҳалигача ўқитувчилар учун оддий график тасвирларни бажаришга талуқли ягона график тизим ишлаб чиқилиб унинг амалиётга жорий қилинмаганида. Ягона график тизим доирасида математика, физика каби мактаб фанларини ўқитишда реакцион тасвирларнинг аҳамиятини ва уларни қўллашдаги камчиликларни қўшимча равишда аниқлаш, ўқувчилар йўл қўядиган типик хатоларни таҳлил қилиб чиқиш зарур. Мактабдаги бошқа фан ўқитувчиларига тасвирлаш назарияси ва техник чизмачиликка тегишли айрим маълумотларни ўрганиб, чизма ва бошқа график ахборот воситаларининг таълим жараёнида қўллаш имкониятларини қуйидагиларни ҳисобга олган ҳолда кўрсатиш керак:

  1. ўқувчиларнинг график фаолияти жараёнида яратган расм, чизма, схема ва бошқа тасвирлари улар учун янги материални ўзлаштиришдаги фикрларни ойдинлаштириб, эслаб қолишда кучли восита ҳисобланади. Улар дастур материалини фаол ўзлаштиришни таъминлаб, ҳосил бўлган образ ва тасаввурларни хотирада эслаб қолишга кўмаклашади. Шунинг учун график тасвирлар фикрларни иллюстрациялаш ва қайд қилиш воситаси ҳисобланади. Бу ҳолда график тасвир билим манбаи бўлиб хизмат қилади.

Бундан ташқари ўқувчиларнинг математика, физика ва химиядан масала ечиш воситаси сифатида ҳам график фаолият зарур бўлади;

  1. ўқувчилар лабараториядаги тажрибалар ва турли синовлар натижаларини тахт қилиб, умумлаштиришларида график фаолиятдан кенг фойдаланадилар. Ягона тизимнинг таркибий қисмлари бўлган расм, чизма, график схемалар жисмларда юз берадиган физик ва химик ўзгаришларни қайд қилиш воситаси сифатида фойдаланилади. Бунда график фаолият ўрганилаётган ҳодисалар моҳиятига чуқурроқ кириб боришга ва улар орасидаги ўзаро боғланишларни график ахборот ёрдамида яққол очиб беришга имкон беради;

  2. график фаолият ўқувчиларда тушунчаларни шакллантириш воситаси сифатида ҳам хизмат қилади. Ўқувчилар схемалаштириш ёрдамида моддаларнинг молекуляр тузилиши, атом ва молекулаларнинг тузилишини, кимёвий жараёнлар механизми кабиларни осон ўзлаштирадилар. Бу ҳолда графика мураккаб тушунчаларни ўрганишни осонлаштиради, хулоса ва умумлаштиришларни тушунган ҳолда ўзлаштиришга кўмаклашади;

  3. график фаолият билимларни назорат қилиш, умумлаштириш ва мустаҳкамлаш воситаси ҳисобланади;

  4. схема, график ва чизмалар кўпинча ҳар хил фанлар орасидаги алоқаларни ўрнатиш воситаси сифатида хизмат қилади. Масалан, физика курсида функциянинг математик маъноси, физика, ҳимия, математика ва бошқа фанларда чизмачилик курсида ўрганилган шартлиликлардан фойдаланиш кабилар.

Буларнинг ҳаммаси ўқувчиларни келажакда моддий ишлаб чиқариш, бошқариш, техник назорат, рационализаторлик ва ихтирочилик каби меҳнат фаолиятларида чизмалардан амалиётда бемалол касбий мақсадларда фойдаланишларига замин яратади.
Умумтаълим мактабларидаги қатор фанларни ўқитишда график ахборот воситаларининг қўлланилиши ўқув жараёнинг такомиллаштириш ва фаоллаштириш соҳасидаги дидактик алоқаларнинг энг зарур томонларидан бирини белгилайди.
Фанлараро алоқаларнинг иккинчи томони – умумтаълим мактабларида график ахборот воситаларидан фойдаланишда илгаридан меҳнат таълими, математика, тасвирий санъат, информатика каби фанларни ўрганишда ўқувчилар эгаллаган билимларни чизмачилик фани ўқитувчиси машғулотларда ҳисобга олишдан иборат.
Масалан, меҳнат таълими дарсларида ўқувчиларни “чизма” ва “техник расм” тушунчалари билан тушунтирадилар, уларда чизиқ турлари ҳақида тасаввурлар шаклланади, қалинлик, диаметр ва радиуслар шартли белгиларининг қўлланилишига доир мисоллар билан танишган бўладилар. Ўқувчилар эскиз, кўринишлар ҳақида умумий маълумотларга эга бўлиб, уларга ўлчам қўйиш ва чизмада ёзувларни бажариш ҳақида бошланғич маълумотлар тушунтирилган бўлади. Ўқувчилар содда деталлар, юпқа материаллар ва симдан иборат моделларнинг чизмаларини бажаришда маълум бир кетма – кетликка риоя қилишга ўрганган бўлишлари керак. Уларга йиғиш чизмалари ҳақида тушунчалар, кесим ва қирқимлар, резбаларнинг тасвирланиши ва белгиланиши, эскиз тузиш ва детал чизмасини ўқиш ҳақида бошланғич маълумотлар берилган бўлади.

Mehnat ta’limi dasturi o'quvchilarning ijodiy (konstruktorlik) faoliyati asoslari bilan tanishtirishni ham nazarda tutadi. Unga detal va birikmalar konstruktsiyalarini o'zgartirish, konstruktorlik - hisoblash topshiriqlarini bajarish, bir detaili va sodda ko‘p detalli mahsulotlarni sxema va texnik topshiriqlarga asosan bajarish kabilar kiradi.
O'quv fanlaridagi o'xshash materiallaming mazmunini va bayon qilish ketma-ketligini hisobga olish keraksiz takrorlashlardan qutilishga ko'maklashadi, ayrim savollami takrorlash zaruriyati tug'ilgan hollarda esa bilimlarning yanada yuqoriroq pog'onalariga o'quvchilarga ma’lum ma’lumotlarni umumlashtirish va chuqurlashtirish yo'li bilan ko'tarilish imkonini beradi.
Boshqa fanlarda o'rganilgan bilimlarga tayanish yana shuning uchun ham zarurki, bir xil qonun, dalil va shunga o'xshashlar har xil fanlarda turlicha nuqtai nazardan o'rganiladi. Bular o'quvchilarda obyektlar shakllari, ulaming o'zaro aloqalari, tekisiikda grafik tasvirlanishini tahlil qilish va o'rganish hamda bilimlarni mustaqil qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishda zarur bo'ladi.
O'qituvchiga birinchi navbatda o'quvchilarning grafik savodxonlik asoslarini chizmachilik kursini o'rganishga qadar qanday egallaganliklarini bilish muhim. Shuningdek, fanlararo aloqalarni chizmachilik va fizika, ximiya kabi fanlardagi grafik tasvirlar bilan ishlash, geografiya kursida o'rganiladigan masshtablar va topografik kartalar, tasviriy’ san’at darslaridagi yaqqol tasvirlar va ish qurollarini tayyorlash va ulardan foydalanish kabi ko'plab misollarda ko'rsatish mumkin. Lekin, bu yerda shuni alohida ta’kidlab o'tish kerakki, birinchidan fanlararo aloqalarni ideal ravishda hech qachon amalga oshirib bo'lmaydi. Chunki, o'rganiladigan fanlar sonining yetarlicha ko'pligi, ulaming ayrimlarini o'rganish bir vaqtda boshlanishi va o'quvchilarning yosh hamda fiziologik xususiyatlarini hisobga olib o'rganib boshlash zaruriyati sub’yektiv ta’sir ko'rsatadi, shuning uchun ba’zi ma'lumotlami har xil fanlarda fan xususiyatini hisobga olgan holda takrorlashga to'g'ri keladi.
Ikkinchidan, hozirgacha respublikamiz maktablarida chizmachilik bo'yicha mutaxassis o'qituvchilar yetishmasligi, boshqa fan o'qituvchilarining grafik savodxonligi past darajada ekanliklari oqibatida fanlararo aloqalar bo'sh ahvolda. Mehnat ta’limi, geometriya, fizika va boshqa fan o'qituvchilari o'quvchilarda grafik tushunchalarini, shuningdek chizma asboblaridan elementar foydalanish usullarini ham ko'pincha to'g'ri o'rgata olmaydilar.
Yuqoridagilardan xulosa qilib grafik tasvirlarga qo'yiladigan yagona talablarga amal qilish maqsadida har bir maktabda yagona grafik tartib o'rnatilishi maqsadga muvofiq.
Grafik tartib deganda hamma grafik tasvirlar (sxema, diagramma, texnik rasm, eskiz)lar qaerda tayyorlanishi va qo‘Ilanilishiga qaramasdan, ularga qo'yiladigan talab va qoidalarga javob berishi tushunilishi kerak. Shu maqsadda «Masshtablar, formatlar, harfiy belgilar», «Chizma chiziqlari va ulaming qo‘llanilishi», «Chizmalarga o'lchamlar qo‘yish», «Chizma shriftlari», «Texnik chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar», «Kesimlar va qirqimlar», «Chizmachilikda tasvirlarni yasash usullari», «Bu xatolarni takrorlama» kabi mavzulardagi stendlami doimiy saqlanadigan qilib tayyorlash yaxshi natija beradi. Bu stendlarda o'quvchilarning faqat chizmachilikdan emas, balki bo«hqa fanlarda tayyorlangan eng yaxshi grafik ishlarini ham namoyish qilib borish mumkin.
Umuman, ko'rilgan masalalarga xulosa qilib hamma didaktik tamoyillar o'zaro bog'liqligini va ulardan birgalikda foydalanish ta’lim samaradorligini ta’minlashini aytish kerak. Ta’lim metodlari didaktikada o'qituvchi va o'quvchining hamkorlikdagi faoliyati sifatida qaraladi. Buning natijasida o'quvchilar bilim, ko'nikma va malakalami egallaydilar, dunyoqarashlari shakllanadi, qobiliyatlari rivojlanadi.
Umumta'lim maktablarida ta’limni tashkil qilishning asosiy shakli deb dars tan olingan. Bunda hamma o'quvchilami jamoa bo‘lib ishlashlari bilan birga, individual va kichik guruhdagi ishlari, shuningdek ta’limning boshqa shakllari - laboratoriya mashg'ulotlari, sayohatlar, amaliyot darslari, uy vazifalari o‘z o‘mi va ahamiyatiga ega.
SAVOLLAR:

  1. Fanlararo aloqalar deb nimaga aytiladi?

  2. Chizmachilik kursining boshqa fanlar bilan aloqalariga misollar keltiring.

  3. Umumta'lim maktablarida yagona grafik tizim qanday amalga oshiriladi?

4. Chizmachilikni o’qitish metodikasi fan sifatida qachon paydo bo’lgan? Fanni


rivojlanishida qaysi olimlarning darsliklarini ahamiyati katta bo’ldi.
5. O’zbekistonda chizmachilik fan sifatida qachondan o’qitila boshlandi va umumta’lim maktablari uchun qaysi o’zbek olimlarining darsliklari tavsiya qilindi.

6. Muhandislik grafikasini o’qitish fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

7. Grafik madaniyat deganda nimani tushunasiz?



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling