1боб. Мухандислик графикасини ўқитиш методикасининг умумий масалалари Режа
Download 1.65 Mb.
|
MUHAN граф маъруза 123
- Bu sahifa navigatsiya:
- Дарснинг бориши
- 1.9. CHIZMACHILIK KABINETINI JIHOZLASH
Дарс мавзуси: Чизма бўйича моделлаштириш.
Дарс мақсади: Дарс тури Жихозлар: Дарс режаси: Ташкилий қисм – 2мин. Олдинги иш тахлили ва янги топшириқ баёни -5мин Ўқувчиларнинг мустақил иши -32мин. Дарсга якун ясаш ва уйга вазифалар бериш – 6мин. Дарснинг бориши Ўқитувчи уйга берилган топшириқни бажариш натижаларини қисқача баён қилади. Ўқувчилар диққатини дарснинг асосий мақсадидан чалғитмаслик учун фақатгина ўқувчилар топшириқни бажаришда йўл қўйган типик хатолар тахлилига тўхталади. Ўқувчилар бажарган ишларни o'zlariga dars oxirida qaytib berilgani ma’qul. O'qituvchi shundan keyin doskaga plakatni ilib, o'quvchilar bilan bevosita yangi mavzu bo'yicha ish boshlaydi. Topshiriq: doskadagi plakatdan chizmani diqqat bilan o'rganib, uning tarkibiga kiruvchi detallaming shaklini, ularning o'zaro bog'lanishi va ishlash prinsipini aniqlash. Chizmani o'qish jarayonini qiziqarli o'tkazish maqsadida o'qituvchi o'quvchilardan birini doskaga chaqirib, mahsulot tarkibidagi detallardan ixtiyoriy birining texnik rasmini chizishni taklif qilishi mumkin. Lekin chizmani jamoaviy tahlil qilishga ortiqcha vaqt sarflamaslik kerak. Chunki, ushbu darsdan maqsad o'quvchilaming chizmani mustaqil tahlil qilishi va chizma bo'yicha model tayyorlashidan iborat. Agar o'quvchi detal shaklini chizma bo'yicha aniqlashda qiynalsa, unga model tayyorlashi zarur detaining avval chizmasini bajarib ko'rish taklif qilinadi. Dars jarayonida o'qituvchi hamma o'quvchilarni kuzatib borishi, zarur hollarda yordam ko'rsatishi, tartibni saqlashi kerak. Ayrim o'quvchilar topshiriqni tez bajarsa, ularga boshqa detal modelini tayyorlash topshiriladi. Dars oxirida o'qituvchi navbatchi yordamida modellami yig'ib olib, o'quvchilarga avvalgi darsda bajargan ishlarini qaytib beradi. Uyga vazifa o'tilgan materialni takrorlash va yig'ish chizmasi bo'yicha model tayyorlash topshiriladi. SAVOLLAR: Darsga qo'yiladigan zamonaviy talablar deganda nimani tushunasiz? Dars tuzilishining tarkibiy qismlarini aytib bering. O'quvchilaming grafik savodxonligi nimalarga bog'liq? Konspekt-reja qanday tuziladi? Chizmachilik darslarining yillik kalendar-tematik rejasi qanday tuziladi? Chizmachilik o'qituvchisining darsga tayyorlanishi va darsni rejalashtirishini aytib bering. Dars mazmuni va uni o'tish metodikasi qanday rejalashtiriladi? 1.9. CHIZMACHILIK KABINETINI JIHOZLASH Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling