1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?


Milliy innovatsion tizim unsurlari nimadan iborat?


Download 182.88 Kb.
bet26/61
Sana02.06.2024
Hajmi182.88 Kb.
#1840087
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
Bog'liq
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org

54. Milliy innovatsion tizim unsurlari nimadan iborat?

Bugungi kunda respublikamizda milliy innovatsion tizimga katta ahamiyat qaratilmoqda. Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi “O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun 50 million dollar miqdorida mablag‘ ajratishni ma’qulladi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.


Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanellining ta’kidlashicha, tashkilot tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan yangi loyiha hukumatga bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlay oladigan milliy innovatsion tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Bu davlat, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xususiy sektor o‘rtasida ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy va innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni tijoratlashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.

Loyiha davlat ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlarda xalqaro darajadagi tadqiqotlarni o‘tkazishga hissa qo‘shadi va ularning ish natijalarini tijoratlashtirishga imkon beradi. Ushbu tashkilotlarning tadqiqotchilari 50 ga yaqin ilmiy-tadqiqot ishlarini, shu jumladan xalqaro tadqiqotchilar va xususiy sektor ishtirokidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni moliyalashtiradigan grantlarga ariza topshirishlari mumkin.

Tadqiqot mavzulari qayta tiklanadigan energiya manbalari, kam uglerodli texnologiyalar, tibbiyot va virusologiya sohasidagi turli mavzular, shu jumladan, koronavirus, boshqa ilm-fan va texnologiyalarning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan tadqiqotlar natijalari bo‘yicha xalqaro ekspert jurnallarida 50 ga yaqin maqolalarni nashr etish rejalashtirilgan.

55. O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlari nimalarni ko‘zda tutadi?

Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi uchun munosib hayot sharoitlarini yaratish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul qilindi.


Senatorlar va deputatlar korpusi, fuqarolar yig‘inlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etgan holda, joylarda ishlarning haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarning natijalari mazkur dasturlar hamda hujjatlarning qabul qilinishiga asos bo‘ldi.
Mamlakatimizda uzoq vaqt davomida yig‘ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi jiddiy tizimli muammolarni hal etish, aholining munosib hayot kechirishini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning muayyan tarmoqlari va ijtimoiy soha yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatida ishonib topshirilgan tarmoq yoki sohani uzoq muddatli rivojlantirish to‘g‘risida tasavvur mavjud emas, iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi muammolarni hal qilish choralarini ishlab chiqishda tashabbuskorlik ko‘zga tashlanmayapti.
Bundan tashqari, tayyorlanayotgan hujjatlar loyihalarini sifatli va har tomonlama ekspert-tahliliy o‘rganishni ta’minlashga, ularning ehtimoliy oqibatlarini baholashga yetarlicha e’tibor berilmayapti.
Ayrim vazirliklar va idoralarning faoliyatida aholi va tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha ehtiyojlarini hisobga olmagan holda idoraviy va sohaviy manfaatlarni ilgari surishda namoyon bo‘layotgan eskicha yondashuvlar saqlanib qolinmoqda.

Download 182.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling