1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik tamoyillari va uni o‘rganishning ahamiyati. Barkamol avlod tarbiyasida Vatanimiz tarixining o‘rni


Download 0.6 Mb.
bet49/103
Sana30.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1308935
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103
Bog'liq
1.«O‘zbekiston tarixi» fanining predmeti, nazariy- metodologik t

Boshqargan yillari

General-gubernator

1867-1882

Kaufman Konstantin Petrovich

1882-1884

Chernyayev Mixail Grigoryevich

1884-1889

Rozenbax Nikolay Ottonovich

1889-1898

Vrevskiy Aleksandr Borisovich

1898-1901

Duxovskoy Sergey Mixaylovich

1901-1904

Ivanov Nikolay Aleksandrovich

1904-1905

Tevyashev Nikolay Nikolayevich

1905-1906

Subbotich Dean Ivanovich

1906-1908

Grodekov Nikolay Ivanovich

1908-1909

Mishyenko Pavel Ivanovich

1909-1914

Samsonov Aleksandr Vasilyevich

1914-1916

Martson Fyodor Vladimirovich

1916-1917

Kuropatkin Aleksey Nikolayevich



48.CHor Rossiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati

CHor Rossiyasi Turkiston o`lkasini egallagan kunlaridan boshlab o`zining iqtisodiy mustamlakachilik niyatlarini amalga oshirishga kirishdi.


Buning uchun, birinchi navbatda, Rossiya gubernyalaridagi sanoat korxonalarini muntazam ravishda xom-ashyo bilan taa`minlab turuvchi temir yo`llar qurildi. SHu maqsadda 1881-1886 yillarda Mixaylovskiy ko`rfazidan CHorjo`yga Kaspiyorti temir yo`li qurildi, 1888 yilda bu yo`l uzaytirilib, Samarqandga etkazildi. 1906 yilda Toshkent — Orenburg temir yo`li ishga tushirildi. 1912 yilda Farg`ona vodiysi ham Rossiya bilan temir yo`l orqali boQlandi.
Mustamlaka Turkistonda temir yo`llarni qurib bitirilishi o`lkani Rossiya sanoatining Qildiragiga yanada mahkamroq boQladi. O`lkaning xom-ashyo etkazib beruvchi manba sifatidagi o`rni mustahkamlangach, bu erga turli firma va birjalar kirib kela boshladi va ular Turkistonning iqtisodiy hayotida jadallik bilan o`z ta`sirini kuchaytirib bordi. Ular o`lkadan xom-ashyo olib ketish, Rossiyadan sanoat va qishloq xo`jalik mahsulotlari olib kelib sotish bilan cheklanmay suQoriladigan erlarni sotib olib paxta ekishni kengaytirdilar. Paxtachilikning rivojlanishi bunday firma-birjalar, mahalliy sudxo`r va savdogarlar uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. Ular asosan xom-ashyo etishtirish yo`liga o`tib olgan dehqonlarga kelasi yil oladigan hosili hisobidan pul qarz berar edilar. Dehqonlarning moddiy ahvoli og`irlashgan sari ularning hosildan tushgan daromadi qarzini to`lashga, erga ishlov berishga, oilasiga oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga ham etmas, ikkinchi tomondan katta er maydonlari mahalliy boylar va sudxo`rlar qo`liga o`tib keta boshladi. Bu holat ersiz dehqonlar, mardikorlar va arzon ishchi kuchini yanada ko`payishiga sabab bo`ldi.
Rossiya sanoatida paxta tolasiga bo`lgan ehtiyojning ortib borishi bu erlarda etishtiriladigan paxtaning sifatiga e`tiborni kuchaytirdi. SHu maqsadda o`lka erlarida paxtaning Amerika navlarini etishtirishni yo`lga qo`yish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boruvchi stansiyalar tashkil etildi. O`atto bu navlarni o`rganish uchun Amerikaga maxsus mutaxassislar ham yuboriladi. Mustamlaka yillarida bunday navlar o`lka paxtachiligida etti barobar ko`paydi.
Raqobat natijasida hunarmandchilikning ko`plab sohalari inqirozga yuz tutdi, xonavayron bo`lgan hunarmandlar ham ersiz dehqonlar singari ishsizlar safini to`ldirib bordi.
O`lkaning ko`plab unumdor erlariga paxta ekilishi boshoqli ekinlar ekiladigan maydonlarning qisqarishiga olib keldi. Ming yillar davomida o`zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlab kelgan mahalliy aholi asta-sekin oziq-ovqat masalasida Rossiyaga qaram bo`lib qoldi. o‘alla mahsulotlari o`lkaga Rossiyadan keltirilib, unga chor ma`murlarining o`zi narx-navoni belgiladi. Sanoatda band bo`lgan mahalliy ishchilarning turmush sharoiti yana ham og`ir edi. CHunki ularning ish haqi evropalik ishchilardan 2-2,5 barobar kam bo`lsa, olinadigan soliqlar va jarimalar shuncha ko`p edi.
CHorizm Turkistonni rus inqilobchilari va sotsial-demokratlarini surgun qiladigan makonga aylantirdi. Markaziy Rossiya, Kavkazortidan kelgan Rossiya monarxiyasining minglab raqobatchilari Turkistonning yirik shaharlariga joylashib oldilar.
Rossiyadan ko`chirib keltirilganlarga katta imtiyozlar berildi, ularning joylashishi, dehqonchilik qilishi uchun ko`p miqdorda mablaQlar ajratildi, o`zini o`nglab olgunga qadar oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlab turildi.
YAngi tashkil topgan rus qishloqlari aholisi mahalliy aholiga nisbatan ancha ko`proq ekin maydonlariga ega bo`ldi, ma`lum muddatgacha soliqdan ham ozod qilindi. Natijada, ko`chirib keltirilganlar qisqa vaqtda ishlab chiqarishning texnikaviy zaminini ham yaxshilab oldilar. Bunday imtiyozlarni chor ma`murlari, «Rossiyadan ko`chib kelayotganlar bo`sh erlarni o`zlashtirishga, boQlar yaratishga yordam beradi», deb ko`rsatdi. Aslini olganda qashshoqlashib ketgan yuz minglab aholining O`rta Osiyoga ko`chirib keltirilishi Rossiyada tobora chuqurlashib borayotgan ichki ziddiyatlarni hal etishning bir yo`li bo`ldi.
Mustamlaka o`lkada ko`p sonli rus aholisining mavjudligi Rossiya uchun harbiy va siyosiy tayanch bo`ldi. Ular ayni bir vaqtda mahalliy xalqlarning mustamlakachilik tuzumiga qarshi bo`lgan harakatlarini bo`Qib turish uchun tayanch vazifani bajardilar. CHorizmning Turkistondagi madaniy-ma`rifiy ishlari mustamlakachilik siyosatiga to`la bo`ysundirildi. Bu boradagi siyosat mahalliy aholining ma`naviy hayotiga aralashmaslik deb ko`rsatilgan bo`lsa-da, aslida aholini ruslashtirish, milliy madaniyatini cheklash, kamsitishdan iborat bo`ldi. SHu maqsadda dastlabki tadbirlar Evropa turmush tarzini ifoda etuvchi maktablarni ochishdan boshlandi. O`lkada joriy etilgan rus-tuzem maktablari haqidagi loyihaga binoan 1884 yili Toshkentda dastlabki rus-tuzem maktabi ochildi.
Podsho ma`murlari mahalliy maktablardagi ta`lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishni mahalliy aholini ruslashtirish borasidagi katta to`siq deb qaradilar. SHu sababli eski maktablarda o`qish-o`qitish ishlarini yaxshilash uchun biror bir tadbir ko`rilmadi. Maktablarning ahvoli Rossiya bosqinidan avval qanday bo`lgan bo`lsa, shundayligicha qolib ketaverdi.
Rossiya Turkistonni istilo qilgach, rus ma`murlari o`z mavqelarini mustahkamlash uchun mahalliy xalqning ayrim an`analaridan, urf-odatlaridan foydalanishga urindilar va shu maqsadda diniy aqidalardan, mahalliy xalq o`rtasida obro`-e`tibor qozongan shaxslardan, ruhoniylardan foydalandilar. Mahalliy xalqlarning tarixiy qadriyatlariga, diniy e`tiqodlariga ta`sir o`tkazish, ularni ma`naviy qaramlikda


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling