1raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy elementlari tavsifi raqamli iqtisodiyotda elektron tijoratning rivojlanishi


Download 25.31 Kb.
bet3/4
Sana03.11.2023
Hajmi25.31 Kb.
#1742846
1   2   3   4
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot (2)

Kriptovalyuta – kriptografik algoritmlarni maxsus ko‘rinishlarda qo‘llashga asoslangan emission valyuta turi.
Tranzaksiyalar bloklari zanjiri
Tranzaksiyalar bloklari zanjiri (Block Chain / Blokcheyn) – taqsimlangan ma’lumotlar to‘plamlarini tuzish metodologiyasi bo‘lib, bunda har bir ma’lumotni qayd etish unga egalik qilish tarixi haqidagi axborotdan iborat, bu esa uni qalbakilashtirish imkoniyatini qat’iy chegaralab qo‘yadi. Blokcheyn virtual valyuta tizimlarida operatsiyalarni bajarish va ularning tarixini saqlash uchun qo‘llanadi.
Bitkoin Bitkoin – mavjud virtual valyutalar ichida birinchi va eng keng tarqalgan kriptovalyuta hisoblanadi va u bitkoin blokcheyni texnologiyasidan foydalanadi.
Virtual valyutalar kriptovalyutalarga mansub bo‘lmasligiva Blokcheyn texnologiyasidan foydalanmasligi ham mumkin. Bunday virtual valyutalarga misol qilib Yandeks-dengi, Veb-mani (WebMoney) va Kivi-hamyonni (Qiwi) larni keltirish mumkin. Ko‘pchilik virtual valyutalar, kriptovalyutalar va blokcheyn atamalarini adashtirib yuboradi va ularni sinonim sifatida qo‘llaydi, lekin bu faqat birinchi – bitkoin uchun to‘g‘ridir.
Kriptovalyuta tashabbuskorlari
Kriptovalyuta tashabbuskorlari Google, Facebook, Twitter, Apple, Microsoft va shunga o‘xshash kompaniyalarni markazlashgan, demak, adolatli bo‘lmagan (dushmanlik ruhidagi) tuzilmalar deb hisoblashga moyil bo‘lgan bir paytda baribir shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, qachonlardir ular ham hech kimga ma’lum bo‘lmagan startaplar g‘oyalari tufayli radikal kompaniyalarga aylanishi mumkin. To‘g‘ri tashkil qilingan huquqiy tizim tufayli, kriptovalyutalar asosidagi bunday startaplar rivojlanishi va foyda olishi mumkin. Maynerlar va ularning elektron tijoratdagi ahamiyati
Maynerlar, ya’ni kriptoiqtisodiyotda raqamli valyutalarni yaratuvchi (emissiya qiluvchi) subyektlar 2015-2018-yillarda bitkoin kursining oshishi hisobiga ulkan daromadga ega bo‘ldilar hamda uning kursi 2015 hamda 2018- yillarda keskin kamayishidan katta ziyon ham ko‘rdilar. Ammo, shunga qaramay, kriptovalyutalar yordamida salohiyat foyda olish imkoniyati mavjudligi tufayli, ko‘pchilik insonlar va kompaniyalar o‘zlarning kompyuter resurslarini mayning sohasiga jalb etishni hali ham davom ettirmoqdalar.
Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlar
Raqamli elektron iqtisodiyotning yaqin kelajakdagi rivojlanish yo’nalishlaridan eng diqqatga sazovorlari Industriya 4.0 – Buymlar interneti, Virtual va To’ldirilgan voqe’lik (VR va AR) hamda 3D-printerlar desak, aslo yanglishmagan bo’lar edik. Hozirgi kunda internetga turli xildagi qurilmalardan kirishlar soni unga insonlarning kirishlari sonidan ko’ra ko’proq bo’lib ketgan (Lavina dannix//Ogonyok, №24, 24 oktyabr 2016, str.4-5). „Aqlli uy“, „Xaydovchisiz avtomobil“, „Ishchilarsiz zavod“ va „Inson ishtirokisiz savdo“ deb nomlangan loyihalar barchaga ma’lum va mashxur
Gamburg dengiz portida IoT tizimi portga kelayotgan yuk mashnalari haqidagi ma’lumotlarni yig’a va tahlil qila oladi. Buning natijasida portning o’tkazuvchanlik qobiliyati 178% ga ko’paygan. 2019-2020 yillarga kelib, IoT ning jahon bo’yicha yillik o’sish sur’ati 23% bolishi kutilgan holda, 2021 yilga kelibinternetga ulangan 28 milliard qurilmalardan 16 milliardi IoT bilan bog’liq qurilmalar bo’lishi bashorat qilingan. 2025 yilga kelib esa internetga uangan barcha datchiklar soni 10 trillion bo’lishi kutilmoqda. IoT bozori eng katta bozorlardan biri bo‘lib, u yil sayin faqat qo’paya boradi. 2020 yilga kelib bu bozorning hajmi €1,9 milliard evro bo’lishi BCG konsulting kompaniyasi tomonidan ta’kidlanmiqda (Evans Philip, BCG, 2015, p.74).
Virtual voqe’lik (virtual realityv VR) va to’ldirilgan reallik (augmented reality – AR) texnologiyalari ham kelajak trendlari bo’lib, ular borgan sari ko’proq ishlab chiqarishga tadbiq qilinmoqda. Virtual reallik texnologiyasi real dunyoni komp’yuter grafikasi vositasida yaratilgan virtual punyiga ko’chiradi. To’ldirilgan reallik texnologiyasi esa atrof-muxitdagi real dunyoni qo’shimcha elementlar, ma’lumotlar va ob’ektlar bilan to’ldiradi. Bunday texnologiyalar har bir hizmatchiga mashina va nexanizmlarning ichki tuzilishi ko’rishga va ishlashini kuzatishga imkon beradi.
Digi Capital kompaniyasining baholashiga ko’ra, 2020 yilga kelib, to’ldirilgan reallik bozorining hajmi $90 milliard dollarga yetar ekan. Goldman Sacks ning bashoratlriga ko’ra esa 2025 yilga kelib, to’ldirilgan reallik dasturiy ta’minotining sotuv hajmining o‘zi $9 milliard dollarga yetar ekan (Texnoligiya va tarix//RBK, 15 iyul 2016 yil. №125(2381)). 2015 yilda Apple va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniya RTS to’ldirilgan voqe’lok texnologiyalarini rivojlantirish uchun katta miqdorda investitsiyalar qilidilar – Applekompaniyasi Metaio kompaniyasini sotib oldi, RTS esa $65 million dollarga Vuforia kompaniyasini harid qildi. To’ldirilgan voqe’lik qurilmalarini sotish bo’yicha Microsoft kompaniyasi ham mablag‘ ishlab olish maqsadida mahsus HoloLens ko’zoynaklarini sotuvga chiqardi. VR va AR texnologiyalari bilan Facebook ham faol ravishda qiziqmorda
Davlatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlari information texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi sohasida bir qancha yangi samarali yo’nalishlar hosil bo’lishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga asosiy turtkilardan biri bo’lib, jahon miqyosidagi internet tizimining barqaror ishlashi va sifatli aloqaning mavjudligi sabab bo’ldi. Bu imkoniyatlar natijasida katta hajmdagi ma’lumotlarni almashinishni amalga oshirilishi hamda ularni saqlash va qayta ishlash mumkin bo’ldi. Bu esa o’z navbatida aniqroq bashorat qilish, asoslangan yechimlar qabul qilish hamda hisoblash imkoniyatlaridan unimli foydalanishga yo’l ochadi. Bunday ishlarni amalga oshirish uchun esa global information platformalar ko’rinishidagi infratuzilma talab etiladi, albatta.
Ammo bunda bir qancha tavakkalchiliklarga duch kelish ehtimoli vujudga keladi, shu jumladan, ma’lumotlarni yo’qotish ehtimolligi, biznesni yoqotib qo’yish ehtimolligi, ish joylarining kamayib ketishi, havfsizlikka putur yetishi va modernizatsiya qilish zaruriyati. Bu muammolarni iloji boricha tez hal qilish kerak bo’ladi, aks holda kechikich, katta zararlarga olib kelishi mumkin. Chunki boshqa rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyot faol ravishda va tezkorlik Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva bilan elektron ko’rinishga o’tkazilmoqda.
Iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo’ladi: ü Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi? ü Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo’lishi lozim? ü Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish kerak
Kelajak nuqtai-nazaridan raqamli iqtisodiyotni qanday tasavvur qilish mumkin? Fikrimizcha, bu ob’ektiv jayon bo’lib, uni to’xtatib turishga bizda imkon yo’q. Ammo har qanday rivojlanayotgan jarayon singari, unda ham ijobiy hamda salbiy tomonlar mavjud. Eng birinchi navbatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish va qo’l mehnatini texnologiyalar bilna almashtirilishi hisobiga ish o’rinlari ancha miqdorga kamayadi. Ijobiy tomonlar esa qulaylikning vujudga kelishi, ishlab chiqarish unumdorligining oshishi, oldin hayolga ham kelmagan yangi imkoniyatlarning paydo bo’lishidir
Elektron tijoratda xavfsizlikni ta’minlovchi tavsiyalar
Yuqorida aytilgan barcha ma’lumotlarni jam qilgan xolda foydalanuvchining internetda ishlash xavfsizligi darajasini oshirish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya etish talab qilinadi:
· Eng yangi antivirus bazasiga ega bo’lgan antivirus dasturlarni kompyuterga o’rnatish va uning yordamida yangi va eski faylllarni tekshirib chiqish;
· Foydalanilayotgan operatsion tizimlarning yangi versiyalari bo’yicha ma’lumotlarni bilish va ularga yangilangan himoya imkoniyatlarni qo’shib qo’yish;
· Operatsion tizimni shunday sozlash lozimki, unda tarmoqda xavfsiz ishlash imkoniyatalari ta’minlansin
Iloji boricha eski operatsion tizimlardan voz kechish va yangilarini ishlatish;
· Doimiy ravishda tarmoqda ishlash bo’yicha amaliy dasturlarni yangilash, shu jumladan, internet-brauzerni, pochta dasturlarini va boshqalarni;
· Kompyuter viruslari, xavfli dasturlar va tarmoq xujumlari boshqa vositalarning ta’sirini minimallashtirish maqsadida elektron pochtani, brauzerni va pochta mijozlari servislarining ko’rsatgichlarini sozlash (nastroyka qilish);
Iloji boricha eski operatsion tizimlardan voz kechish va yangilarini ishlatish;
· Doimiy ravishda tarmoqda ishlash bo’yicha amaliy dasturlarni yangilash, shu jumladan, internet-brauzerni, pochta dasturlarini va boshqalarni;
· Kompyuter viruslari, xavfli dasturlar va tarmoq xujumlari boshqa vositalarning ta’sirini minimallashtirish maqsadida elektron pochtani, brauzerni va pochta mijozlari servislarining ko’rsatgichlarini sozlash (nastroyka qilish);
Doimiy ravishda juda muxim ma’lumotlarning rezerv nusxalarini olib qo’ying;
· Yoningizda doimo tizimni yuklash disklari bo’lsin va agarda kompyuteringiz virus bilan zararlangan bo’lsa, tizimni disk orqali ishga tushirib, antivirus orqali tekshiring;
· Eng foydali bo’lgan va aqlga muvofik bo’lmagan takliflar ko’pchilik xollarda firibgarchilik bo’lib chiqadi;
· Moliyaviy piramidalar bilan ishlash ko’pchilik xollarda kattagina mablag’larni osonlik bilan yo’qotishga olib keladi.
Elektron tijoratmuammolari va amaliy modellari
Ushbu bo’limda ko’rib chiqiladigan hamda elektron biznes bilan bog’liq tavakkalchiliklar yoki risklar elektron tijorat tashkil qilishda tadbirkorlar tomonidan alohida ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan masala va muammolar tavsifidir. Bunda benchmarkingdan, ya’ni, biznes jarayonlarni rivojlantirish va uning ko’rsatgichlarini hamda tovar sorib olish jarayonini boshqarish; yaxshilash maqsadida jahondagi eng ilg’or kompaniyalar foydalanadigan mexanizmlarni o’rganish va ularni mahalliy sharoitlarga tadbiq qilish usulidan foydalaniladi.
Bizning nazarimizda hozirgi davrda elektron tijorat tashkil qilish va uni yurgizish bilan bog’liq quyidagi tavakkalchiliklar mavjud
Ø Tovar yetkazib beruvchilarni topish va ular orasidan ishonchlilarini tanlash hamda tovarlar sotib olish va sotishni boshqarish bilan bog’liq tavakkalchilik;
Ø Hizmat ko’rsatish vaqti imkon darajasida qisqartirilishi lozim, aks xolda sekin xizmat ko’rsatish mijozlarning ketib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday muammodan qutulish uchu OZON elektron savdo tizimida internet-magazinda sotilgan tovarlarni yetkazib berish turli usullar yordamida amalga oshiriladi, shu jumladan, zakazlarni topshirish punktlari orqali, „O-Kur’er“ deb nomlangan o’z hizmati orqali, DHL Express vositasida, EMS va Pochta Rossiya orqali;
Ø Internet-magazinlardagi oldindan to’lov miqdorining juda past miqdordaligi – buning natijasida ombordagi tovarlaning aylanmasi kamayib ketadi. Masalan, Rossiyada oldindan to’lov miqdori 26% atrofidaligi (Rossiyada 2014 yil internet-savdosi. Yillik hisobot, DATAinsight, InSales, PayU, s.13) kuzatilgan. Demak, agarda kompaniya elektron savdo bilan shug’ullanmoqchi bo’lsa, unga juda katta miqdordagi aylanma kapital kerak bo’ladi
Ø Elektron to’lovlarga bo’lgan ishonchning ancha pastligi, bu o’z navbatida bank kartalari orqali to’lovlarning kamligiga olib keladi;
Ø Firibgarlik bilan bog’liq bo’lgan muammolar – tovarni sotib olgandan so’ng, har xil bahonalar bilan uni qaytib berish, o’g’irlangan yoki boshqa insonlarning plastik kartalaridan foydalanish;
Ø Informatsion tizim ishonchliligi bilan bog’liq bo’lgan muammolar;
Ø Kompaniya o’z logistik tizimiga ega bo’lmagan xolda vujudga keladigan tovarni yetkazib berish bo’yicha muammolar. Haqiqatan ham, agar mamlakatda tovarlarni yetkazib berish bo’yicha tizim yaxshi rivojlanmagan bo’lsa, elektron savdo ham risoladagiday faoliyat ko’rsata olmaydi;
Ø Tashqi muhitda ro’y beradigan o’zgarishlar bilan bog’liq muammolar, shu jumladan, muhitning juda chalkash va murakkabligi, elektron tijorat bilan Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva bog’liq normativ-huquqiy bazaning mukammal emasligi va noaniqlik biznes yuritish uchun katta havflar tug’dirishi mumkin;
Ø Kadrlarning qo’nimsizligi yoki ularning tezda boshqa ishga ketib qolishi ham asosiy muammolardan biridir;
Ø Moliyaviy tavakkalchiliklar – masalan, Everpix startapi qarz majburiyatini bajarmaganligi uchun foydalanuvchilarning Amazon Web Services dagi 400 million fotografiyasidan mahrum bo‘lgan va bu uning biznesi batamom tugashiga sabab bo’lgan.
Elektron savdo maydonining samaradorligi OCR (order conversion ratio) ko‘rsatgichi orqali aniqlanadi.
OCR – saytga tashrif buyurganlar sonining undan nimadir sotib olganlar sonida nisbatidir;
Ø „Klon“(o’xshash) –kompaniyalarning paydo bo’lishi muammosi–elektron tijorat kompaniyalarini programma kodini osonlik bilan nusxalash va xuddi shunga o’xshash ishlarni bajaradigan boshqa kompaniyalarga aylantirish mumkin. Bu esa original elektron tijorat kompaniyasining ishi yomonlashishiga va savdo hajmining kamayishiga olib keladi;
Ø Xamkor kompaniyalarning xizmatlari sifati past bo’lgani uchun asosiy kompaniyaning xam obru-e’tibori pasayib ketishi;
Ø Tovar yetkazib beruvchilarning o’z majburiyatlarini bajarmasligi muammosi, kompaniyaning obrusiga ham putur yetkazadi. Misol sifatiga Groupon kompaniyasining mahsulot yetkazib beruvchisi o’z majburiyatlarini bajarmagan va bu kompaniyaning obrusiga salbiy ta’sir etgan. Mijozlardagi salbiy yondoshuvdan qutulish uchun kompaniya o’z majburiyatlarini bajarmagan kompaniya mijozlariga Groupon kompaniyasining 15 xodimi ko’tarib turgan va „Bizni kechiring!!! – Groupondagi do’stlaringizdan“ deb yozilgan plakat suratini jo’natgan. Bu tadbir esa mijozlarga ijobiy ta’sir qilgan;
Ø Kuchli raqobatchilarning paydo bo’lishi kompaniya ishining sustlashishiga olib kelishi mumkin. Masalan, Amazon kompaniyasi Groupon ga raqobatchi sifatida LivingSocial servisini tashkil qildi va unga a’zo bo’lganlarga Amazonning $20 dollarli sovg’a kartasini $10 dollardan taklif qildi va bu juda katta sho-shuvlarga sabab bo’ldi.
Ø Hamkor kompaniyalarning o’tkazuvchanlik qobiliyati pastligi – chunki agar tovarlar o’z vaqtiga yetkazib berilmasa, hamkor kompaniyalar qilgan mas’uliyatsizlikka asosiy kompaniya javob beradi. Shuning uchun ham hamkor kompaniyalarning real imkoniyatlariga qarab, zakazlar qabul qilish yaxshi natijalarga olib keladi;
Ø Vijdonsiz mijozlar tomonidan turli xildagi firibgarliklarning amalga oshirilishi – shu jumladan, pul to’lashdan voz kechish, pulni qaytarib berishni so’rash, mahsulotni biroz ishlatib, so’ng uning pulini qaytarishi talab qilsh va boshqa shunga o’xshash bir qancha boshqa xolatlar;
Amaliyot biznes modellar tavsif
Elektron biznesning rivovlanishi jarayonida internetda faoliyat yurgizadigan kompaniyalar biznes-modellarining bir qancha turlari vujudga keldi va rivojlandi, shu jumladan, Freemium, Free-to-Play, Full-Crowdsourcing, Donation, Print-onDemand, Video-on-Demand va boshqalar. Ular orasidagi farq monetizatsiya modellarida hamda narx belgilash strategiyalaridadir. Quyida ularning ba’zilarining ko’rsatgichlarini va ishlatilish imkoniyatlarini ko’rib chiqishga harakat qilamiz
Freemiummodeli (Free – tekin, premium – yaxshilangan, mukammallashgan)– ushbu model bo’yicha asosiy funktsional yoki demonstratsion versiya tekinga taklif qilinadi, foydalanuvchi uchun kerakli bo‘lgan qo’shimcha imkoniyatlar esa alohida to’lovga taqdim etiladi. Yoki boshqa variantdan ham foydalanish mumkin – sun’iy ravishda yaratilgan kamchiliklardan qutulish uchun qandaydir miqdorda pul to’lash kerak bo‘ladi.

Download 25.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling