1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковские счета, учетная политка)


Aksiz solig‘i (Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti, soliq bazasi) 283-modda


Download 356.75 Kb.
bet27/40
Sana04.11.2023
Hajmi356.75 Kb.
#1748372
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Bog'liq
1С дастурида ишни тезкор бошлаш (1с, организация, Коды, банковск-fayllar.org

34. Aksiz solig‘i (Soliq to‘lovchilar, soliq solish obyekti, soliq bazasi) 283-modda. Soliq toʻlovchilar (1-q.) Aksiz soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagi shaxslar eʼtirof etiladi: 1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni (aksiz toʻlanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar; 2) tabiiy gazni isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar; 3) benzin, dizel yoqilgʻisini yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida yakuniy isteʼmolchilar deganda oʻz ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi; (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi band) 4) oddiy shirkat ishtirokchisi boʻlgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat boʻyicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs; 5) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz toʻlanadigan tovarlarni olib oʻtuvchilar. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq mazkur shaxslar soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) (2-q.) Quyidagilar ham soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi: 1) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz toʻlanadigan xizmatlarni) koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari; 2) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari. 284-modda. Soliq solish obyekti (1-q.) Aksiz soligʻi (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) solinadigan obyektlar quyidagilardan iborat: 1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan aksiz toʻlanadigan tovarlarni boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish: tovarga boʻlgan mulk huquqini berish; garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qoʻyilgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni garovga qoʻyuvchi tomonidan berish; aksiz toʻlanadigan tovarlarni bepul berish; aksiz toʻlanadigan tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxslarning mehnatiga haq toʻlash yoki dividendlar toʻlash hisobidan berish; 2) aksiz toʻlanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) boʻyicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish; 3) aksiz toʻlanadigan tovarlarni: a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish; b) yuridik shaxs boʻlgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish; v) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish; 4) aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli boʻlgan, shuningdek aksiz toʻlanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli boʻlgan, aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish; 5) aksiz toʻlanadigan tovarlardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish; 6) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish; 7) benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish; 8) aksiz toʻlanadigan xizmatlar koʻrsatish; 9) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarning buzilishi, yoʻqotilishi, bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar mustasno. Aybdor tomonidan tovarning qiymati sugʻurta orqali toʻlangan yoki uning oʻrni qoplangan taqdirda, aksiz soligʻi sugʻurta orqali toʻlash (oʻrnini qoplash) ulushida toʻlanadi. (2-q.) Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: 1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida) realizatsiya qilish; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 2) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan, qayta ishlash mahsuli boʻlgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish; 3) ixtisoslashtirilgan gaz taʼminoti korxonalari orqali aholiga suyultirilgan gazni maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish; 4) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga quyidagi aksiz toʻlanadigan tovarlarni: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirish; davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar orqali xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik koʻmak koʻrsatish maqsadida olib kirish; agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kirish; (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 5) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilish. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirishning eng yuqori normalari qonunchilikda belgilanadi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 6) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari; 7) ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari) mahsulotlariga. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 285-modda. Soliq bazasi (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) (1-q.) Soliq bazasi belgilangan soliq stavkalariga qarab aksiz toʻlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi. (2-q.) Aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq stavkalari mutlaq (qatʼiy) summada belgilangan boʻlsa, soliq bazasi aksiz toʻlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (3-q.) Ishlab chiqarilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) soliq stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan boʻlsa, soliq bazasi boʻlib realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati, biroq ularning haqiqiy tannarxidan past boʻlmagan qiymati hisoblanadi. (4-q.) Jismoniy shaxslar mehnatiga haq toʻlash, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga bepul yoki boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq bazasi ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. (5-q.) Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq bazasi aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlarning qiymatini hamda qaytarish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallarning qiymatini oʻz ichiga oladi. (6-q.) Aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat boʻlgan aralash soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi, agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan hamda realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (7-q.) Chetdan olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan foizlardagi (advalor) soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati asosida aniqlanadi. (8-q.) Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi import qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning natura holidagi hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (9-q.) Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat boʻlgan aralash soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi bojxona qonunchilikka muvofiq belgilanadigan, aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan va (yoki) aksiz toʻlanadigan tovarlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq belgilanadigan bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (10-q.) Benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish chogʻida realizatsiya qilingan va (yoki) shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzinning, dizel yoqilgʻisi va gazning naturada ifodalangan hajmi soliq bazasi hisoblanadi.

Download 356.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling