1savol: ta'limda kredit nma


Savod oʻrgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili


Download 194.6 Kb.
bet45/57
Sana11.11.2023
Hajmi194.6 Kb.
#1767037
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57
Bog'liq
1savol ta\'limda kredit nma-fayllar.org

22.Savod oʻrgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili.Eski maktabda oʻqish avval oʻrgatilgan keyin yozuv oʻrgatilgan.Hijo usulida oʻqishga oʻrgatish 3 bosqichda boʻladi.1-bosqich.Harflarning nomini yodlatish.2-bosqich.Boʻgʻin hosil qilish.3-bosqich.Boʻgʻinlarni qoʻshish.Abjaddan keyin eski maktablarda bolalar "Haftiyak"ka oʻrgatigan."Haftiyak"ning ayrim suralari oʻqitilmay yodlatigan.Oʻrta Osiyoda tovush metodi hijo metodining oʻrnini egallay boshlagan .Ma'lumki, tovush metodi bilan xat savod oʻrgatishga Rossiyada K.D.Ushinskiy asos solgan.Eski maktablarda oʻqish oʻrgatilgan, yozuv esa koʻchirtirib oʻrgatilgan.Chunki domlalar oʻqishni bilib,yozishni bilmagan.Rus-tuzem maktablarida oʻqish va yozishni oʻrgatish,odatda,bir vaqtda boshlanib, bir-biriga bogʻlab olib borilgan.Bularda oʻzbekcha sinfida koʻchirib yozishga va diktantga koʻp vaqt sarf etilgan.
23.Savod oʻrgatishda analitik-sintetik tovush metodi.Analitik-sintetik (tovush-takib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan.Bu metodning anʼanaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilar:1.Savod oʻrgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga koʻra:a)taʼlimiy, b)oʻstiruvchi xarakterli.2.Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi 2 davrga boʻlinadi:A)alifbegacha tayyorlov davri;B)alifbe davri;Bunda yozuvga oʻrgatish oʻqishga oʻrgatish bilan parallel holda olib boriladi.3.Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazaridan quyidagilarga eʼtibor qaratiladi:a)savod oʻrgatish bolalarning jonli nutqiga ,ular etallagan nutq malakasiga asoslanadi;b) savod oʻrgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajratishga, analiz -sintez qilishga, tovushlar artikulatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda;d)oʻqish birligi sifatida boʻgʻin olinadi,boʻgʻin ustida ishlashga katta ahamiyat beriladi.Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonidagi tamoyillari quyidagilardir:1.Taʼlim jarayoni tashkil etish nuqtai nazaridan:savod oʻrgatish jarayonida oʻquvchilaga differensial va individual yondashish.2.Oʻqitishning istiqboli nuqtai nazaridan: grammatika,soʻz yasalishi,imlo, leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasida amaliy asosda muntazam berib borish.3.Psixolingvistik nuqtai nazaridan:tovush va harfni oʻqitishning qulay usulini izlash, tovush va harfning mosligini, osonligini , taʼlimning tarbiyaviy va oʻstiruvchi xarakterini hisobga olish.

Download 194.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling