1savol: ta'limda kredit nma


Download 194.6 Kb.
bet43/57
Sana11.11.2023
Hajmi194.6 Kb.
#1767037
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Bog'liq
1savol ta\'limda kredit nma-fayllar.org

19.Boshlang’ich sinflarda ona tili mashg’ulotlari turi va mazmunini yoritib bering? (K.Qosimova va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent – 2009. 17-20-betlar)Boshlang’ich sinflarda ona tili mashg’ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1. O’qish, yozuv, grammatik materialni o’rganish, kuzatishlar hamda o’quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog’liq holda ularning og’zaki va yozma nutqini o’stirish. 2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularni elementar o’qish va yozishga o’rgatish, bu kamchiliklarni malakaga aylantirish. 3. Adabiy til normalarini, ya’ni imloviy va punktuasiyasi savodli yozuvni, orfoepik to’g’ri talaffuzni o’rganish nutq va uslubiy elementlarni egallash. 4. Grammatika, fonetika, leksikadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan ilmiy tushunchalarni shakllantirish. 5. O’quvchilarni o’qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda adabiy asarni idrok etish ko’nikmasini hosil qilish. Bu vazifalarning hammasini boshlang’ich sinflarda ona tili fani hal etadi va boshlang’ich sinflar ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo’lib, unda o’quv fanining mazmuni va hajmini shuningdek, shu fandan bilim, ko’nikma va malakalar darajasiga qo’yilgan asosiy talablarni belgilaydigan bo’ladi.Bu yillarda ona tili o'qitish metodikasi fan sifatida rivojlana boshladi, umumiy pedagogik, didaktik va psixologik xarakterdagi ilmiy tekshirishlarning natijalari ona tili o'qitish metodikasini takomillashtirish va yangi metodika yaratishga imkon berdi. O'zbek tilshunosligi sohasidagi muvaffaqiyatlar ham tilni o'zlashtirish jarayoniga va metodikaning rivojlanishiga jiddiy yordam ko'rsatdi. Xuddi shuningdek, bu fanning rivojlanishiga o'qituvchilarning ommaviy ish tajribalarini o'rganish, umumlashtirish katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi. O'sha davrdagi jurnallarda o'nlab metodik maqolalar bosilib chiqdi. Hozirda o'quvchilarga bilim berish, bilimlarni oshirishda mustaqil ishlarni umumlashtirish, bilimlarni hisobga olish kabi metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqilmoqda, texnik vositalardan unumli foydalanish , grammatik ta'limiy o' yinlarni joriy etish keng tus olganda , ta'lim jarayonida test topshiriqiaridan, turli boshqotirma va jadvallardan keng foydalangan holda mashg'ulotlar uyushtirilmoqda . Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, ona tili o'guv fani sifatida shakllanib, rivojlanishning murakkab yo'lini bosib o'tmoqda.

Download 194.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling