1savol: ta'limda kredit nma
savol. Boshlang’ich sinf matematikadan dars turlari. Darsda individual va guruhda ishlar olib borish
Download 194.6 Kb.
|
1savol ta\'limda kredit nma-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 86.Òqitishni tashkil qilishning darsdan tashqari shakllari
85savol. Boshlang’ich sinf matematikadan dars turlari. Darsda individual va guruhda ishlar olib borish1. Mustaqil ish darslari.Darsda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o’qituvchining mustaqil ravishda yangi bayon qilingan qoida-qonunlari asosida misol-masala yechishga qaratilmogi kerak. O’quvchilar bilan yangi mavzuga taalluqli mustaqil ish bajarish o’qituvchiga yangi mavzuni o’quvchilar qanday o’zlashtirganligi, o’quvchilar bilimida qanday kamchiliklar borligi to’g’risida ma’lumot beradi. Bu vaqtda o’quvchilar o’zlarining bilimlarini mustahkamlaydi, ba’zi malakalar hosil qiladi, uy vazifasini bajarishga tayyorlaydi, yangi mavzuni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni yengadi. Mustaqil ish tekshirish va umumlashtiruvchi xulosani takrorlash bilan yakunlanadi.Uyga vazifa. Uy vavzifasining mazmuni bir tomondan darsda o’rganilgan yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo’lsa, ikkinchi tomondan keyingi darsga tayyorlashga qaratilmogi kerak.Darslar sistemasida mustahkamlash darsning har xil bosqichlarida va har xil darajalarida o’tkaziladi. Agar darsning oldiga ko’nikma ishlab chiqish va birinchi malakalarni hosil qilishdek didaktik maqsad qo’yilgan bo’lsa, uning natijasida avtomatlashtirilgan malakalar ishlab chiqiladi.Bu esa darsning strukturasida, mazmunida va uning ustida ishlash metodlarida aks ettirilishi lozim. Mustahkamlash va olingan bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish uchun darsning strukturasi har xil bo’lishi mumkin. Bunday darsning struturasiga quyidagilar kiradi: uy vazifasini tekshirish, mavzuni va darsning maqsadini e’lon qilish, og’zaki hisoblash, ifodalarning qiymatlarini hisoblash va masalalar yechish mashqlari natijasini mustaqil tekshirish va materialni mustaqil umumlashtirish, o’quvchilarning o’zlari mustaqil ravishda ifodalar va masalalar tuzish, o’lchash va grafik ishlarini bajarish va h.k.
86.Òqitishni tashkil qilishning darsdan tashqari shakllariJavob:O’qitishni tashkil qilishning darsdan tashqari shakllariMatematikadan «sinfdan tashqari ish» deyilganda o’quv-chilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog’liq bo’lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg’ulotlar tushuniladi.1. Matematika sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va uning turlari Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirsh va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog’liq bo’lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi. Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: Matematik to’garaklar, olimpiadalar, qiziqarli matematik kechalar, matematik yekskursiyalar. Shuningdek, matematik gazetani chiqarish, matematik viktorina va burchaklarni tashkil qilish. Matematikadan sinfdan tashqari ishlar dega nda o’quvchilar darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan dastur bilan bog’liq bo’lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg’ulotlar tushuniladi.Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: bilimlarni va amaliy ko’nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; o’quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talabchanlik, irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash.Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba’zi farq qiluvchi xususiyatlarga ega 1.O’z mazmuni bo’yicha matematika dasturiga taalluqli yemas. Ammo beriladigan bilimlar o’quvchilarning kuchiga mos bo’lishi kerak. Download 194.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling