1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси
Ҳуқуқни муҳофаза қилиш фанининг тушинчаси, предмети ва тизими
Download 179.52 Kb.
|
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar
91.Ҳуқуқни муҳофаза қилиш фанининг тушинчаси, предмети ва тизими.
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar – sud, prokuratura, surishtiruv va dastlabki tergov organlari, adliya organlari, advokatura, notariat, bojxona va soliq organlari shuningdek, ichki ishlar, milliy gvardiya va davlat xavfsizlik xizmati organlarining zamonaviy tuzilishi ushbu modulining oʻrganish predmetini tashkil etadi. Ushbu modulda davlatning huquqni muhofaza kilish faoliyati, sud va huquqni muhofaza kiluvchi organlar va muassasalarining paydo boʻlishi, rivojlanishi, ularni tashkil etish printsiplari koʻrib chiqiladi. Ularning vazifalari, tashkil topishi, faoliyatini amalga oshirish tartibi, tarkibi, tizimi hamda tuzilishi batafsil oʻrganiladi. Oʻrganish predmetiga Sud va huquqni muhofaza kiluvchi organlarning tuzilishini belgilab beruvchi konstitutsiyaviy, maʻmuriy, moliya, jinoyatprotsessual va boshqa bir qatar qonunchilik sohalarining normalari kiradi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq normalarida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va davlat tuzilishi, butun davlatning huquqni muhofaza qilish mexanizmini, jumladan, uning muhim organlari boʻlgan sud va prokuratura organlarini tashkil etish belgilab berilgan. “Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar” - huquqiy moduldir. Chunki unda respublikamiz yuridik muassasalari huquq normalari asosida oʻrganiladi. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilishini belgilab beruvchi huquq sohalari va normalari huquqning boshqa sohalari bilan oʻzaro aloqada. Ular shu bilan yuridik taʻlimdagi huquqiy modullarning, demakki, yuridik modullarning ham oʻzaro aloqada boʻlishlariga asos yaratadi. Surishtiruv organlari: 1) Ichki ishlar organlarining surishtiruvchilari; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining va uning joylardagi boʻlinmalarining surishtiruvchilari; 3) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining va uning joylardagi boʻlinmalarining surishtiruvchilari; 4) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining va uning joylardagi boʻlinmalarining surishtiruvchilari; 5) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining va uning joylardagi boʻlinmalarining surishtiruvchilari. Tergovga qadar tekshiruv organlari: 1) Ichki ishlar organlari; 2) Harbiy qismlar, qoʻshilmalarning komandirlari, harbiy muassasalar va harbiy oʻquv yurtlarining boshliqlari — ularga boʻysunuvchi harbiy xizmatchilar, shuningdek oʻquv mashqlari oʻtkazilayotgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlarining xizmat majburiyatini bajarish bilan bogʻliq jinoyatlari yoki qism, qoʻshilma, muassasa yoxud oʻquv yurti joylashgan yerda sodir etgan jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha; 3) Davlat xavfsizlik xizmati organlari — qonunga koʻra ularning yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha; 4) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish tizimini boshqarish organlarining boshliqlari, jazoni ijro etish koloniyalari, tarbiya koloniyalari, tergov hibsxonalari hamda turmalarning boshliqlari — shu muassasalar xodimlari xizmatni oʻtashning belgilangan tartibiga qarshi qilgan jinoyatlarga doir ishlar, xuddi shuningdek mazkur muassasalar hududida sodir etilgan boshqa jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha; 5) Davlat yongʻindan nazorat qilish organlari — yongʻinlarga doir va yongʻinga qarshi qoidalarni buzganlikka doir ishlar boʻyicha; 6) Chegarani qoʻriqlash organlari — davlat chegarasini buzganlikka doir ishlar boʻyicha; 7) Olis safarda boʻlgan dengiz kemalarining kapitanlari; 8) Davlat bojxona xizmati organlari — bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha; 9) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning joylardagi boʻlinmalari — soliq va valyuta toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikka doir ishlar boʻyicha; 10) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning joylardagi boʻlinmalari — voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʻminlashdan boʻyin tovlashga, sud qarorini bajarmaslikka, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etishga doir ishlar boʻyicha, shuningdek elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suvdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar boʻyicha; 11) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qilish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlimlari — bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalaridagi huquqbuzarliklarga doir ishlar boʻyicha; 12) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi boʻlinmalari — qonun bilan ularning ish yuritishiga berilgan ishlar boʻyicha. 13) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati — uning yurituviga taalluqli ishlar boʻyicha Prokuratura organlarining tergOvchilari Harbiy prokuratura tergovchilari Davlat xavfsizlik xizmati tergovchilar Ichki ishlar organlarining tergovchilar Dastlabki tergov organlari Download 179.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling