1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси


Конституциявий суд ҳақида


Download 179.52 Kb.
bet59/95
Sana18.06.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1589124
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95
Bog'liq
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar

95.Конституциявий суд ҳақида
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining maqomi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi (bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy sud deb yuritiladi) doimiy faoliyat yurituvchi sud hokimiyati organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi.
5-modda. Konstitutsiyaviy sudning qonunchilik tashabbusi
Konstitutsiyaviy sud qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
Konstitutsiyaviy sudning qonunchilik tashabbusi huquqi uning tomonidan qonunlar loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) kiritish orqali amalga oshiriladi.
Konstitutsiyaviy sud o‘zi kiritgan qonun loyihasini Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqish chog‘ida ishtirok etish uchun o‘z vakilini tayinlaydi.
8-modda. Konstitutsiyaviy sud hujjatlari va talablarining majburiyligi
Konstitutsiyaviy sudning hujjatlari barcha davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Konstitutsiyaviy sudning normativ-huquqiy hujjatlarni, hujjatlarni va ularning ko‘chirma nusxalarini taqdim etish, o‘zi ko‘rib chiqayotgan masalalar yuzasidan tushuntirishlar hamda maslahatlar berish, biror harakatni amalga oshirish haqidagi yoki amalga oshirishdan tiyilish to‘g‘risidagi talablari ular yuborilgan barcha organlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir.
9-modda. Konstitutsiyaviy sudning faoliyat tartibi
Konstitutsiyaviy sudning faoliyat tartibi ushbu Qonun, konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Reglamenti bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining Reglamenti Konstitutsiyaviy sudning ichki faoliyati bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi va uning majlisida qabul qilinadi.

Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling