1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси


-modda. Konstitutsiyaviy sud va uning sudyalari mustaqilligi


Download 179.52 Kb.
bet66/95
Sana18.06.2023
Hajmi179.52 Kb.
#1589124
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   95
Bog'liq
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar

22-modda. Konstitutsiyaviy sud va uning sudyalari mustaqilligi
Konstitutsiyaviy sud va uning sudyalari o‘z faoliyatida mustaqildir hamda faqat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga bo‘ysunadi.
Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qaror qabul qilar ekan, o‘zining huquqiy nuqtai nazarini amaliy maqsadga muvofiqlik mulohazalaridan, siyosiy moyilliklar va boshqa tashqi ta’sirlardan xoli bo‘lgan holda ifodalaydi.
Konstitutsiyaviy sudning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
23-modda. Kollegiallik
Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish kollegial tarzda amalga oshiriladi.
24-modda. Oshkoralik
Sud majlislari ochiq o‘tkaziladi.
Davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni saqlash zarur bo‘lgan taqdirda sudning yopiq majlisi o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
25-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi
Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.
Taraflar ko‘rib chiqilayotgan ish yuzasidan dalillar taqdim etish, iltimosnomalar bayon etish, fikrlar bildirish, o‘z nuqtai nazarini himoya qilish bo‘yicha teng huquq va imkoniyatlardan tortishuv asosida foydalanadi.
37-modda. Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritishning tashkiliy shakli
Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan o‘z vakolatiga kiritilgan ishlarni sud majlislarida ko‘radi hamda hal etadi.
Sud majlislari Konstitutsiyaviy sudning raisi tomonidan, u yo‘qligida Konstitutsiyaviy sud raisining o‘rinbosari tomonidan, Konstitutsiyaviy sudning raisi va uning o‘rinbosari yo‘qligida yoki ular o‘z vazifalarini bajarishi mumkin bo‘lmagan taqdirda esa Konstitutsiyaviy sudning eng katta yoshli sudyasi tomonidan chaqiriladi.
106. Давлат Божхона қўмитасини ташкил этилиши, унинг вазифалари, функциялар ва ҳуқуқлари

Download 179.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling