1.«Суд ҳокимияти» тушунчаси
Ички ишлар органларининг вазифалари ва ҳуқуқлари
Download 179.52 Kb.
|
HHHHHsud huquqni muhofaza qiluvchi organlardan yn savol javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-modda. Ichki ishlar organlarining huquqlari
126. Ички ишлар органларининг вазифалари ва ҳуқуқлари
2-modda. Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat. 17-modda. Ichki ishlar organlarining huquqlari Ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: fuqarolardan qonunchilikka rioya etishni, g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarni tugatishni talab qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda esa majburlov choralarini qo‘llash; fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash, terrorchilikka qarshi operatsiya o‘tkazilayotgan zonada jismoniy shaxslarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishni, ulardagi ashyolarni, transport vositalarini hamda olib o‘tilayotgan yuklarni ko‘rikdan o‘tkazishni, shu jumladan nazorat qilishning texnik va boshqa vositalarini qo‘llagan holda ko‘rikdan o‘tkazishni amalga oshirish; ichki ishlar organlari yurituvidagi ishlar va materiallar bo‘yicha fuqarolarni, mansabdor shaxslarni ichki ishlar organlariga chaqirtirish, ulardan zarur tushuntirishlar, ma’lumotlar, hujjatlar, ma’lumotnomalarni va ularning ko‘chirma nusxalarini olish; fuqarolarni ularning roziligi bilan hamkorlikka jalb etish, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashda ichki ishlar organlariga yordam bergan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan fuqarolarni taqdirlash; tashkilotlar va fuqarolardan ichki ishlar organlarining faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni bepul olish, bundan qonunchilikda boshqacha tartib belgilangan hollar mustasno; huquqbuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga bajarilishi shart bo‘lgan taqdimnomalar kiritish; jinoyatlarning va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni fosh etish maqsadida zarur ma’lumotlar bazalariga ega bo‘lgan axborot tizimlarini texnik va maxsus vositalardan foydalangan holda yaratish; pasport rejimi qoidalariga, shuningdek bajarilishi ustidan nazorat qilish ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish amalga oshirilayotganda fuqarolarning turar joylariga va boshqa binolariga ularning roziligi bilan soat 6-00 dan soat 22-00 gacha kirish; Download 179.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling