2- Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Bo‘g‘imoyoqlilar taksonomik guruxlarini turlar xilma-xilligi.
Mashg‘ulotning maqsadi. Bо‘g‘imoyoqlilar asosiy taksonomik guruhining turlar xilma-xilligini о‘rganish.
Kerakli materiallar. Bо‘g‘imoyoqlilar asosiy taksonomik guruhining turlar xilma-xilligi tо‘g‘risidagi jadvallar, hujjatli filmlar, tablitsalar, sxemalar, animatsiya va adabiyotlar.
Mashg‘ulotning mazmuni. Bо‘g‘imoyoqlilar tipi nihoyatda xilma-xil tuzilgan va turli xil yashash muhitiga moslashgan 1,5 mln ga yaqin turlarni о‘z ichiga oladi. Bu tipga mansub hayvonlardan О‘zbekiston hududida qisqichbaqasimonlar, о‘rgimchaksimonlar, hasharotlar va kо‘poyoqlilar sinflari vakillari tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |