2- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Bo‘g‘imoyoqlilar taksonomik guruxlarini turlar xilma-xilligi. Mashg‘ulotning maqsadi
Download 33.63 Kb.
|
2.2.Amaliy mashgulot (1)
Tо‘g‘ri qanotlilarning О‘zbekiston faunasida 2000 dan ortiq turi bor. Ular ochiq maydonlarda, dasht va chо‘l mintaqalarda, boshoqli о‘simliklar kо‘p о‘sadigan xududlarda keng tarqalgan. Bu turkum chigirtkalar, temirchaklar, chirildoqlar va buzoqboshilar kenja turkumlariga ajratiladi. Voha va chо‘llarda marokash chigirtkasi, italyan chigirtkasi kо‘p uchraydi. Tog‘ о‘tloqlarida qanotsiz kanofima keng tarqalgan. Osiyo chigirtkasi va chо‘l chigirtkasi bahor iliq va nam kelgan yillari gala hosil qilishi mumkin. Chigirtkalar galasi juda ochkо‘z bо‘lib, yо‘lida uchragan barcha narsalarni yeb ketaveradi.
Temirchaklar asosan vohalarda yashil о‘simliklar orasida uchraydi. Yashil temirchak-ancha yirik hasharot, erkagi sayroqi bо‘ladi. Tog‘ yonbag‘irlarida kaltaqanot kulrang temirchak kо‘p uchraydi. Chirildoqlar—voha va chо‘l mintaqasida keng tarqalgan zararkunanda hasharotlar. Shahar va qishloqlarda о‘tlar orasida kechqurunlari ularning chirillab sayrashi barala eshitilib turadi. Kunliklar va bahorilar lichinkasi suvda yashaydi. Voyaga yetgan hasharotlarning og‘iz organlari rivojlanmagan, oziqlanmaydi. Kunliklarning lichinkasi 1—3 yil, imachosi 2—3 soat umr kо‘radi. О‘zbekiston faunasida kunliklarning 30 turi, jumladan oddiy kunlik ma’lum. Bahorilar lichinkasi 1—3 yil yashaydi. О‘zbekiston faunasida ularning 25 turi bor. Tez oqar soylarda perla urug‘i vakillari tarqalgan. Chala qattiqqanotlilar, ya’ni qandalalar turkumi. О‘zbekiston hududida 700 dan kо‘proq vakillari tarqalgan. Faqat suyuq oziq bilan oziqlanadi. Kо‘pchilik turlari yashil о‘simliklar shirasini sо‘rib oziqlanadi. G‘alla ekinlariga xasvalar, qalqondor qandalalar, yem-xashak ekinlariga sо‘qir qandalalar ziyon yetkazadi. Ayrim qandalalar chuchuk suvda yashashga moslashgan (suv chayonlari, suv xо‘tikchalari). Tо‘shak kandalalari odam va umurtqali hayvonlar qonini sо‘radi. Qandalalar orasida yirtqichlar oilasiga mansub turlari zararkunanda hasharotlarni qirib, foyda keltiradi. Beshiktebratarlar turkumi. Beshiktebratarlar – yirtqich hasharotlar. Ularning qanotlari kalta, ucha olmaydi; oldingi oyoqlari tutuvchi tipda tuzilgan. Yashil о‘simliklar orasida yashil beshiktebratar, daraxt va butalarda daraxt beshiktebratar, tog‘lar yonbag‘irlarida kaltaqanot kulrang beshiktebratar-bolivariya uchraydi. Beshiktebratarlar zararkunanda hasharotlarni qirib foyda keltiradi. О‘zbekiston faunasida beshiktebratarlarning 10 ga yaqin turi uchraydi. Teng qanotlilar о‘simlik shirasini sо‘rib oziqlanadi. О‘zbekiston faunasida 1000 dan ortiq turi ma’lum. Ular shiralar, barg burgachalari, saratonlar, koksidlar kabi 4 kenja turkumga bо‘linadi. Shiralar о‘simliklarning ildizi, yosh novdasi, barglari va boshqa organlarini sо‘rib oziqlanadi. Mevali daraxtlarga olma shirasi, shaftoli shirasi, sabzavot ekinlariga karam shirasi ziyon keltiradi. Saratonlar xilma-xil, о‘simlik shirasini sо‘rib oziqlanadi. Ochiq chо‘l mintaqalarida katta sayroqi jizildoq tarqalgan. Yoz kunlari uning chirillab sayrashi uzoqdan quloqqa chalinadi. Qalqondorlar voyaga yetgan davrida о‘simliklar novdasi, barglari va mevalar sirtida maxsus mum qalqon ostida hayot kechiradi. О‘zbekistonda olma va nokka vergulsimon qalqondor ziyon keltiradi. Termitlar – oila bо‘lib yashaydigan polimorf hasharotlar. О‘zbekistonda turkiston termiti va zakaspiy termiti tarqalgan. Ular yog‘och inshootlarga katta ziyon keltiradi. Qattiq qanotlilar – juda xilma-xil hasharotlar. Ular orasida о‘simlikxо‘r fitofaglari, etxо‘r yirtqichlari, tezakxо‘r-koprofaglari, о‘limtikxо‘r-nekrofoglari, zararkunanda turlari kо‘p uchraydi. Sharq may qо‘ng‘izi, pо‘stloqxо‘r qо‘ng‘izlar, mо‘ylovdor qо‘ng‘izlar, bargxо‘r qо‘ng‘izlar (tol va terak bargxо‘rlari), xartumli qо‘ng‘izlar (olma gulxо‘ri) daraxtlarga, kolorado qо‘ng‘izi kartoshkaga, qirsildoq qо‘ng‘izlarning “sim qurt” deb ataladigan lichinkalari g‘alla va poliz ekinlariga, xartumli qо‘ng‘izlardan ombor uzuntumshug‘i, ya’ni mita omborlarda saqlanayotgan donlarga katta ziyon keltiradi. Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling