2- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Bo‘g‘imoyoqlilar taksonomik guruxlarini turlar xilma-xilligi. Mashg‘ulotning maqsadi


Download 33.63 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi33.63 Kb.
#209041
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.2.Amaliy mashgulot (1)

Qoraqurt chо‘ldagi qо‘riq yerlarda, jarliklar va tog‘ yon bag‘irlarida kо‘p uchraydi. Yosh urg‘ochi qoraqurt qornining orqa qismida qizil dog‘lari bо‘ladi. U tuproqdagi chuqurchalarga, kemiruvchilar iniga va yirik toshlar ostiga in quradi. Inining og‘ziga tutqich tо‘rini tortib qо‘yadi. Issiq yoz mavsumida salqin pana joy qidirib, kо‘chib yuradi. Ana shu davrda qoraqurt chaqishi kо‘proq sodir bо‘ladi. Uning zahari ayniqsa tuya va otlarga kuchli ta’sir qiladi. Qoraqur chaqqan odam uning zahariga qarshi emlanadi.

Chayonlar tanasi yassi bо‘lib toshlar ostida, tor tirqishlarda yashashga moslashgan. Zahar bezi va nayzasi qorin bо‘limi uchki qismida joylashgan. О‘ljasini pedipalpasi bilan ushlab turib, chaqib о‘ldiradi. Zahari odam uchun uchcha xavfli emas; lekin chaqqanida qattiq og‘riq paydo qiladi. О‘zbekistonda chipor chayon va sariq chayon kо‘p uchraydi. Ular kechasi ovga chiqadi; mayda hasharotlar va о‘rgimchaklarni tutib yeydi. Chipor chayonning kattaligi 6,5 sm ga yetadi.

Solpugalar – yirik, yirtqich о‘rgimchaksimonlar, uzunligi odatda 50-70 mm, ayrim turlari 10-15 sm gacha bо‘ladi. Xelitserali yirik va kuchli; qisqichlari xitin tishchalar bilan qoplangan. Pedipallari yurish oyoqlariga bir muncha о‘xshash, lekin sezgi vazifasini bajaradi; harakatlanishda ham ishtirok etadi.

Solpugalar —juda ochkо‘z hayvonlar; hasharotlar, kо‘poyoqlilar; yirik vakillari qushlarning jо‘jalari, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Solpugalar zaharli emas, lekin xelitseralarida qolib ketgan ovqat qoldiqlari chirib, organizmni zaharlashi mumkin. О‘rta Osiyo hududida oddiy solpuga, chо‘llarda kaspiy solpugasi, Qoraqumda tutun rang solpuga, tog‘li hududlarda karshiya solpugasi tarqalgan.



Kanalar – mayda, kо‘pchiligi mikroskopik hayvonlar. Ular orasida odam, hayvonlar va о‘simliklar parazitlari, tuproqda erkin yashovchi turlari mavjud. О‘zbekisonda 20000 dan ortiq turi tarqalgan. Parazit kanalar о‘z xо‘jayini qoni bilan oziqlanadi. Ulardan iksod kanalar va argaz kanalar oilalari keng tarqalgan. CHо‘l mintaqalarida eksod kanalardan gialoma urug‘i turlari hayvonlarda parazitlik qiladi. Uy va yovvoyi parrandalarga argaz kanalar (persiya kanasi) katta ziyon yetkazadi. Molxonalarda ornitodorus urug‘iga mansub qishloq kanasi, qо‘ton kanasi kо‘p uchraydi. Kanalar bevosita parazitlik qilish bilan birga har xil kasalliklar qо‘zg‘atuvchilarini ham yuqtiradi. Masalan, qо‘ton kanasi qо‘zilarda, persiya kanasi tovuqlarda shol kasalligi, argaz va ornitodorus kanalari sut emizuvchilarda kana qaytalama terlamasi qо‘zg‘atuvchisini tarqatadi. Iksod kanalar ishtirokida viruslar, bakteriyalar, rekkitsiylar, bir hujayralilar, gelmintlar (masalan, terlama, kana ensefaliti) tarqaladi.

Qishloq xо‘jalik о‘simliklariga о‘rgimchakkana katta ziyon keltiradi. Sovutli kanalar tuproqda kо‘p uchraydi. Ular orasida yirtqichlari ham bor. Bir qancha mikroskopik kanalar uy changi tarkibiga kiradi. Ular organik qoldiqlar bilan saprofit oziqlanadi.



Hasharotlar – Yer yuzida eng xilma-xil va keng tarqalgan bо‘lib, bir million ikki yuz mingdan ortiq turlarni о‘z ichiga oladi. Ular orasida tangachaqanotlilar turkumi (150 000) dan ortiq tur, ikki qanotlilar (120 000 tur), qattiqqanotlilar (400 000), pardaqanotlilar (300 000) turkumlari vakillari kо‘pchilikni tashkil etadi. О‘zbekiston faunasida hasharotlarning 11 000 ga yaqin turi aniqlangan.

О‘zbekiston Qizil kitobiga hasharotlarning 54 turi kiritilgan. Ulardan 21 turi tangachaqanotlilarga, 9 turi qо‘ng‘izlar, 11 turi pardaqanotlilar turkumlariga kiradi.

Mavjud birlamchi qanotsizlarning 5 turkumidan faqat oyoqdumlilar (kollembola)) turkumidan 30 turi ma’lum. Boshqa birlamchi qanotsizlar tо‘g‘risida deyarli hech qanday ma’lumot yо‘q.

О‘zbekiston faunasida qanotli hasharotlar barcha turkumlarining vakillari uchraydi. Tuban qanotli hasharotlardan kunliklar va ninachalar suv havzalari yaqinida tarqalgan. Tog‘larning tez oqar soylari, sharsharalari yaqinida tog‘ ninachisi – kordulegaster; moviy ninachilar; oqmas suv havzalari yaqinida suluv ninachilar, о‘q ninachilar, dedkalar, lyutiklarni uchratish mumkin. Barcha ninachilar va ularning lichinkasi – yirtqich hayvonlar. Ninachilar о‘ljasini havoda tutadi. Suv bо‘yidagi hasharotlar (chivinlar, pashshalar, kapalaklar va boshqalar) bilan oziqlanadi. Tuxumdan chiqqan lichinka suvda yashab, yirtqichlik qiladi.

О‘zbekiston faunasi suvaraklarning 30 turi tarqalgan; 3 turi (sariq suvarak, qora suvarak, misr suvaragi, xonadonlarda yashaydi; oziq-ovqat qoldiqlari bilan oziqlanadi. Ular ichburug‘ni qо‘zg‘atuvchi bakteriyalar, parazit chuvalchanglar tuxumlarini tarqatishi mumkin. Suvaraklar tabiatda tosh, xashaklar ostida, boshqa nam va qorong‘i joylarda uchraydi.


Download 33.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling