2- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Bo‘g‘imoyoqlilar taksonomik guruxlarini turlar xilma-xilligi. Mashg‘ulotning maqsadi
Download 33.63 Kb.
|
2.2.Amaliy mashgulot (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
Yirtqich qо‘ng‘izlar boshqa umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Vizildoq qо‘ng‘izlar, xon qizi qо‘ng‘izlari, suvsar qо‘ng‘izlar, malhamchi qо‘ng‘izlar qurtlari yirtqichlik qiladi. Yetti nuqtali xon qizi shiralar, kapalaklarning mayda qurtlari bilan oziqlanadi Ulardan zararkunandalarga qarshi biologik qarshi kurashda foydalaniladi.
Gо‘ngxо‘r qо‘ng‘izlardan bо‘xcha qо‘ng‘iz, geotrop va ularning lichinkalar hayvonlar tezagi bilan oziqlanib, sanitarlar vazifasini bajaradi. Tangachaqanotlilar, ya’ni kapalaklar turkumidan О‘zbekiston faunasida 1600 dan ortiq turi uchraydi. Kо‘pchilik kapalaklar voyaga yetgan davrida gul nektari, ularning lichinkasi esa о‘simlik tо‘qimalari bilan oziqlanib, ziyon keltiradi. Oq kapalaklar oilasidan karam kapalagi qurti karamdoshlar oilasiga mansub о‘simliklarga, barg о‘rovchilar oilasidan olma mevaxо‘ri qurti daraxtlar mevasi, tunlamlar oilasidan kuzgi tunlam va kо‘sak qurti g‘о‘za, makkajо‘xori, kungaboqarga; tо‘lqin qanotlilar oilasidan juftsiz ipak qurt har xil daraxtlarga katta ziyon yetkazadi. Kuyalar oilasiga mansub kapalaklar qurti jun gazlamalar, mebel, don va muzey kolleksiyalariga ziyon yetkazadi. Kapalaklar orasida foydali turlari ham bor. Haqiqiy ipak о‘rovchi kapalaklar oilasidan tut ipak qurti ipak olish maqsadida boqiladi. Rangdor, yirik kapalaklar tabiatning kо‘rki bо‘lib, odamlarga estetik zavq bag‘ishlaydi. Ularning lichinkalari yovvoyi о‘simliklar bilan oziqlanganidan iqtisodiy ziyon keltirmaydi. О‘zbekiston faunasida dо‘lana oq kapalagi (oq kapalaklar oilasi), katta sadafdor (nimfalidlar), kulrang satir (baxmal kapalaklar), maxaon, podalariy (yelkan kapalaklar) kabi noyob va chiroyli kapalaklar uchraydi. Pardaqanotlilar turkumidan О‘zbekiston faunasida 2000 ga yaqin tur tarqalgan. Ular orasida о‘simliklarni changlatib yoki zararkunanda hasharotlarda parazitlik qilib katta foyda keltiruvchi turlari bilan bir qatorda qishloq xо‘jalik ekinlariga ziyon keltiruvchi turlari ham bor. Asalarisimonlar oilasiga mansub kо‘pchilik turlar tabiatda va qishloq xо‘jaligida о‘simliklarni changlatuvchi sifatida katta ahamiyatga ega. Changlatuvchi sifatida yovvoyi arisimonlardan paxmoq arilar va asalari katta foyda keltiradi. Asalarilar asal va boshqa mahsulotlar olish maqsadida xonakilashtirilgan. Bir qancha arisimonlar oila bо‘lib yashaydi (asal ari, paxmoq arilar). Tibbiyotda asalarilar asali, mumi va zaharidan foydalaniladi. Chumolilar—qanotsiz oila bо‘lib yashovchi pardaqanotlilar; ularning qanoti faqat urchish davrida paydo bо‘ladi, kuyikishdan sо‘ng qanotlar tushib ketadi. Chumolilar asosan yovvoyi о‘simliklar urug‘i bilan oziqlanadi. О‘rta Osiyo chо‘llarida tarqalgan faeton (ot) chumoli mayda zararkunanda hasharotlar, meva, don va gul nektari, chо‘l va dashtlarda keng tarqalgan qir chumoli о‘simliklar doni, xonadonlarda uchraydigan fir’avn chumolisi turli xil shirinlik va yog‘li oziq-ovqat mahsulotlari bilan oziqlanadi. Bog‘larimizda keng tarqalgan qora bog‘ chumoli zararkunanda shiralar ajratadigan shirin suyuqlikni xush kо‘radi. Bu chumoli shiralarni boshqa yirtqich hasharotlardan himoya qilishi sababdan zararkunanda hisoblanadi. Yaydoqchilar boshqa hasharotlar tanasi va tuxumlariga tuxum qо‘yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar о‘z xо‘jayini tanasi tо‘qimalarini yeb, voyaga yetadi. Yaydoqchilardan apanteles, trixogramma, gabrabrakon biolaboratoriyalarda kо‘paytirilib, zararkunanda kapalak qurtlariga qarshi biologik kurashda foydalaniladi. Ikkiqanotlilar turkumidan О‘zbekiston faunasida 1900 ga yaqin tur uchraydi. Ular orasida yirtqich, gо‘ngxо‘r, о‘limtikxо‘r, о‘simlikxо‘r va parazitlari bor. Bu turkum chivinlar, iskab- toparlar, namchil pashshalar, sо‘nalar, bо‘kalar, pashshalar oilalariga ajraladi. Oddiy chivinlarning urg‘ochilari odam va hayvonlar qonini sо‘radi, erkaklari gul nektari bilan oziqlanadi. Ularning lichinkalari hovuz va kо‘lmak suvlarda rivojlanadi. Bizning faunamizda kuliks, anofeles urug‘lari vakillari tarqalgan. Bukur chivinlar—juda mayda; qurtlari suvda rivojlanadi suvni filtrlab oziqlanadi. Voyaga yetgan pashshalarning erkagi gul nektarini, urg‘ochisi odam va hayvonlar qonini sо‘radi. Kuya chivinlar oilasidan chо‘l mintaqasida iskabtoparlar tarqalgan. Tabiatda iskabtoparlar kalamush va yumronqoziqlar ini bilan bog‘langan. Ularning faqat urg‘ochisi qon sо‘radi. Iskabtoparlar О‘zbekistonda leyshmanioz kasalligi qо‘zg‘atuvchisini tarqatadi. Sо‘nalar— ancha yirik pashshalar. Erkak va yosh urg‘ochi sо‘nalar gul nektari bilan oziqlanadi. Urg‘ochilari urug‘lanishdan sо‘ng qon sо‘ra boshlaydi. Ular kemiruvchilar, kaltakesaklar, sutemizuvchilar, hatto murdalarga ham hujum qiladi. Lichinkalari suvda yoki nam tuproqda rivojlanadi. Sо‘nalar hayvonlar orasida Sibir yarasini tarqatadi. Hо‘kiz sо‘nasi keng tarqalgan. Asl pashshalar – keng tarqalgan sinantrop hasharotlar. Ularning lichinkalari turli xil iflosliklarda: hayvon va odam tezagi va axlatlarda rivojlanadi. Uy pashshasi ichburug‘, qorin terlamasi, о‘pka sili, konyuktivit, polimiyelit kabi virus va bakterial kasalliklar qо‘zg‘atuvchilari hamda gijjalar tuxumlarini tarqatadi. Kulrang gо‘sht pashshalari oilasidan volfart pashshasining urg‘ochisi hayvonlar terisi jarohatlangan joyiga, quloq burun yoki kо‘ziga tirik lichinkalarni sepadi. Lichinkalari jarohatlangan tо‘qimalar bilan oziqlanadi. Bо‘kalar oilasida oshqozon bо‘kasi qoramollar oshqozonida, burun-tomoq bо‘kasi ularning nafas olish yо‘llarida, teriosti bо‘kasi tanasi orqa qismida terisi ostida parazitlik qiladi. Ikki qanotlilar orasida jildirama pashshalar, taxin pashshalar yirtqich hayot kechiradi. Jildirama pashshalar imagosi gul nektari bilan oziqlanadi. Ular lichinkasi shiralar koloniyasida, arilar va chumolilar inida parazitlik qiladi. Taxin pashshalar umurtqasizlar tanasida parazit yashaydi; lichinkasi xо‘jayini tanasi tо‘qimalari bilan oziqlanadi. Yirtqich pashshalar oilasi vakillari ham ochkо‘z hisoblanadi. Ular turli xil mayda hasharotlarni tutib yeydi. Yirtqichlar orasida halqali yirtqich ancha yirik hasharotlardan biri hisoblanadi. Topshiriq. Har bir talaba daftariga bо‘g‘imoyoqlilarning asosiy taksonomik guruhlari jadvalini kо‘chirib, о‘rganib tahlil qiladi va xulosalarini yozadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. O‘zbekistonda bо‘g‘imoyoqlilarning нечта тури учрайди? O‘zbekistonda faunasida Ikkiqanotlilar turkumining nechta turi uchraydi? 3. О‘zbekiston faunasida parda qanotlilarni nechta turi mavjud? 4. Hashoratlarni fоydasi va zarari haqida nimalarni bilasiz? 5. O‘zbekistonda tangachaqanotlilarning nechta turi учрайди? Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling