2- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Bo‘g‘imoyoqlilar taksonomik guruxlarini turlar xilma-xilligi. Mashg‘ulotning maqsadi
Bо‘g‘imoyoqlilarning asosiy taksonomik guruhlari
Download 33.63 Kb.
|
2.2.Amaliy mashgulot (1)
Bо‘g‘imoyoqlilarning asosiy taksonomik guruhlari
Qisqichbaqasimonlar - birlamchi suv hayvonlari. Kо‘pchilik turlari dengizlari, bir qancha turlari chuchuk suvlarda, ayrim turlari quruqlikda hayot kechiradi. О‘zbekiston faunasida qisqichbaqasimonlarning 235 turi aniqlangan. Ular orasida chuchuk suv havzalarida plankton qisqichbaqasimonlardan kurakoyoqlilar kenja sinfiga 80 tur (jumladan, sikloplar—60 tur), jabraoyoqlilarga 65 tur (shoxdor mо‘ylovlilar—60 tur), chig‘anoqlilar 50 tur, oliy qisqichbaqasimonlar 36 turni tashkil etadi. Chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan dafniyalar (jabraoyoqlilar), sikloplar (kurakoyoqlilar), yonlab suzarlar, suv xо‘tikchalari (oliy qisqichbaqasimonlar) suv havzalaridagi oziqlanish zanjirining eng muhim zvenosi hisoblanadi. Ular kо‘pchilik suv va suv bо‘yida yashovchi hayvonlari (baliqlar, suv qushlari) oziq ratsionining asosini tashkil etadi. Plankton qisqichbaqasimonlarning miqdori suv havzalari mahsuldorligini belgilaydi. О‘zbekiston suv havzalarida yirik yuksak qisqichbaqasimonlardan ingichka barmoq daryo qisqichbaqasi, birmuncha shо‘rlangan suvlarda krevetkalar, chо‘l mintaqasida teng oyoqlilardan zahkashlar (25 tur) tarqalgan. Daryo qisqichbaqasi kasal hayvonlar va ular murdasi bilan oziqlanganidan suv havzalarining sanitarlari hisoblanadi.
О‘rgimchaklar – asosan yirtqich bо‘lib, mayda hasharotlarni tо‘r yordamida tutib yeydi. Kо‘pchilik о‘rgimchaklar tо‘qigan tо‘ri ustida о‘z о‘ljasini poylaydi. Tо‘rga tushgan о‘ljasini tо‘r iplari bilan о‘rab oladi; sо‘ngra uning terisini teshib, sо‘lagini tо‘kadi. О‘rgimchak sо‘lak ta’sirida suyuqlangan oziqni sо‘rib oladi. О‘rta Osiyo, shuningdek О‘zbekistonning chо‘l va tog‘oldi dashtlarida, tog‘larning janubiy yonbag‘irlarida zaharli о‘rgimchaklardan qoraqurt; chо‘l va dashtlarda eng yirik о‘rgimchaklardan tutunsimonbiy va sariq biy tarqalgan. Biylar 25-35 mm kattalikda, ular chuqur vertikal inlarda yashaydi; tо‘r tо‘qimaydi; inini ostiga tо‘r tо‘shaydi. Ular kо‘proq nam, sizot suvlari tuproq yuzasiga yaqin joylashgan hududlarda uchraydi.
Download 33.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling