mashg‘ulotining maqsadi:
Talabalarning pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, pedagogika fanining metodologik asoslariga doir bilimlarini mustahkamlash hamda ularda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanishga doir ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish.
Pedagogik vaziflar (profeseor-o‘qituvchi faoliyati):
1. «Pedagogika» tushunchasining kelib chiqishi, pedagogika fanining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalari haqida konkret bilim va tasavvurlarni shakllantirish.
2.Talabalar tomonidan pedagogikaning asosiy kategoriyalari va ularning mohiyatini o‘zlashtirilishiga erishish.
3. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlarini o‘zlashtirishga doir amaliy topshiriqlarni takdim etish va ularni bajarishga doir tushuntirish berish.
4.Talabalarni ochiq va yopiq javobli anketalar tuzishga doir ko‘rsatmalar bilan qurollantirish.
O‘quv faoliyati natijalari (talabalarning o‘quv-bilish faoliyati):
1. «Pedagogika» tushunchasining kelib chiqish tarixini o‘rganishadi hamda pedagogika fanining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalarini bilib oladilar.
2. Pedagogikaning asosiy kategoriyalari (ta’lim, tarbiya, ma’lumot, shakllanish, rivojlanish)ni o‘rganadilar.
3. Pedagogikaning nazariy (analiz, sintez, klassifikatsiyalash, strukturalash, modellashtirish, ta’lim muassasasi hujjatlarini o‘rganish) va empirik (anketa, pedagogik kuzatish, suhbat, pedagogik eksperiment)dan foydalanish ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtiradilar.
4.Ochiq va yopiq javobli anketalar tuzish orqali dastlabki tadqiqotchilik ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi.
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo’nalishda, tadqiqotlarni olib borishda qanday metodlardan foydalanilmoqda:
MASHG’ULOTNING BORISHI:
(Dastlab o’qituvchi talabalarning nazariy bilimlarini savollar (test, og’zaki, yozma) yordamida tekshiradi, so’ngra mashg’ulotni yana davom ettiradi).
Berilgan nazariy ma’lumotlarni o’rganing. Mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishing. So’ngra berilgan topshiriqlarni bajaring.
Nazariy bilimlarni mustahkamlashga doir topshiriqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |