2- ishi. Mavzu: Pedagogika fan sifatida. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari (2soat). Ishning amalga oshirish rejasi, tartibi va tuzilishi: Reja


MASHG’ULOT TOPSHIRIQLARI (UY VAZIFASI UCHUN)


Download 32.37 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi32.37 Kb.
#1404072
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-amaliy mash fo\'m — копия

MASHG’ULOT TOPSHIRIQLARI (UY VAZIFASI UCHUN).
1.Pedagogika fanining paydo bo‘lishi hamda pedagogika fanining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalarini o‘rganish va konspekt qilish (Pedagogika // M.X.To'xtaxodjaeva umumiy tahriri ostida. - T.: «Faylasuflar Milliy jamiyati», 2010. - B. 28-31; Ibragimov X., Abdullaeva Sh. Pedagogika nazariyasi. - T.: « Fan va texno1ogiya» nashriyoti, 2008. - B.26-28; Podlasiy I.P. Pedagogika. - M: «Visshee obrazovanie», 2008. - S.39-50).
2. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini o‘rganish, tahlil etish va jadval ko‘rinishida daftarga qayd etish (Pedagogika // M.X.Toxataxodjaeva umumiy tahriri ostida. - T.: «Faylasuflar Milliy jamiyati», 2010. - B. 31-32; Ibragimov X., Abdullaeva Sh. Pedagogaka nazariyasi. — T.: «Fan va texno1ogiya» nashriyoti, 2008. — B.29-31; Podlasiy I.P. Pedagogika. - M: «Visshee obrazovanie», 2008.-S.51-61).
3.Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlariga doir amaliy topshiriqlarni bajarish.
1-topshiriq. Quyidagi keltirilgan fragmentlar bilan tanishing. Ularda qaysi pedagogik ilmiy-tadqiqot metodi haqida fikr yuritilayotganligini aniqlang.
1-lavha. Mazkur ilmiy-tadqiqot metodi bevosita va bilvosita olib borilib, ta’lim-tarbiya jarayonidagi mavjud muammoni aniqlashga xizmat qiladi.
2-lavha. O‘quv mashg‘ulotlarining jadvali, o‘quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o‘quvchilarning shaxsiy varaqalari, Pedagogik Kengash yig‘ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, tarbiyaviy ishlar rejasi, o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar mazkur metod uchun manba bo‘lib xizmat qiladi.
3-lavha. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo‘lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etish maqsadida qo‘shimcha ravishda tashkil etiladi va savol-javob tarzida amalga oshiriladi.
4-lavha. Maqsadiga ko‘ra asoslovchi va ta’kidlovchi bosqichlarda amalga oshirilib, uzoq va qisqa muddatga tashkil etiladigan hamda qat'iy rejim asosida pedagogik kuzatuv olib boriladi. Ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga doir yangi metod, usul, vosita va texnologiyalar sinovdan o‘tkaziladi.
5-lavha. Sotsiologik tavsifga ega tadqiqotlarda qo‘llanilib, oshkora muhokamaga asoslanadi. Savollar va javoblar oldindan tayyorlanadi.
6-lavha. Biror obyekt haqida yangi ma’lumotlarni olish maqsadida uning tarkibiy qismlari abstrakt holatga ko‘chirish asosida o‘rganiladi va yaxlit andozasi yaratiladi.

Download 32.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling