2- ma’ruza.
10-mavzu.Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi
avariyalar.
11-mavzu.Radioaktiv moddalar va biologik (bakteriologik) vositalar
bilan bog‘liq avariyalar.
12-mavzu.Energetik va kommunal tizimdagi avariyalar
13-mavzu.Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalar.
14 -mavzu. Geologik xavfli hodisalar.
15-mavzu.Gidrometeorologik xavfli hodisalar.
16-mavzu.Favqulodda epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar.
Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar
.
Radiatsion
xavfli obyektlardagi avariyalar. Radioaktiv moddalar va biologik
(bakteriologik) vositalar bilan bog‘liq avariyalar(2 soat).
Reja: 1. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlar haqida umumiy
tushunchalar;
2. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar.
3 Radiatsion xavfli obyektlar;
4.Radioaktiv moddalar va biologik (bakteriologik)
vositalar bilan
bog‘liq avariyalar.
1.Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlar haqida umumiy
tushunchalar;
2009 -yil 30- sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi
to‘g‘risida”gi qonuni, 2013- yil 28- martda esa Vazirlar Mahkamasining “Yong‘in
xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-
tadbirlari haqida”gi 89-sonli qarori qabul qilingan. Ushbu me’yoriy
hujjatlarga
asosan quyidagi tushunchalar berilgan:
yong‘in — odamlarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga,
yuridik va jismoniy
shaxslarning
mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy
muhitga zarar yetkazadigan,
nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish;
yong‘in nazorati — yong‘in xavfsizligi talablariga
rioya qilinishini
tekshirish va tekshiruv natijalari bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish
maqsadida
belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyat;