2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik
Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalar. Energetik va kommunal
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza
Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalar. Energetik va kommunal
tizimdagi avariyalar. Ilmiy-texnik va maxsus adabiyotlardagi favqulodda vaziyatlarning sodir bo`lishiga aloqador ma`lumotlar tahlili shuni ko`rsatadiki, yaqin vaqtlargacha dunyoning bir qator mamlakatlarida bu yo`nalishdagi ishlar asosan sodir bo`lgan texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tugatishga, zarar ko`rganlarga yordam berish, qutqaruv ishlarini tashkil qilishdan iborat bo`lgan. Lekin sodir bo`lishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlarni taxminlash, oldini olish kabi tadbirlarga ko`proq ahamiyat berish zarur. Masalan, suv sathining o`zgarishini kuzatish xizmati ma`suliyat bilan ishlashi, fuqarolarni falokat va halokat to`g`risida ogohlantirishni o`z vaqtida bajarish muammolarni yechishga imkon tug`diradi. Gidrotexnik inshootlarda olib borilayotgan texnologik jarayonlar tufayli sodir bo`lishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ulardan fuqarolar va hududlarni muhofaza qilish chora – tadbirlarining oldindan o`tkazilishi, amalga oshirilishi jarohatlanganlar, qurbonlar sonining, iqtisodiy zararning minimal darajada bo`lishi imkonini yaratadi. Gidrotexnika inshootidagi favqulodda vaziyat – muayyan hududdagi avariyaga olib kelishi mumkin bo`lgan, shuningdek gidrotexnika inshootining avariyasi natijasida vujudga kelgan bo`lib, odamlar qurbon bo`lishiga, odamlar sog`lig`iga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan vaziyatlar. Suv omborlaridagi, daryolardagi, kanallardagi gidrotexnika inshootining buzilishi, baland tog` ko`llarining urib ketishi natijasida suv bosishi, falokatlar va halokatlar olib keladi hamda odamlarning qurbon bo`lishiga, sanoat va qishloq xo`jaligi obyektlarining ishini izdan chiqishiga, suv bosgan hududdagi aholining hayotiy faoliyati buzilishiga sabab bo`ladi va shoshilinch evakuatsiya tadbirlarini o`tkazilishini talab qiladi. Respublikamizda gidrodinamik xafli obektlar(GXO) juda ko`p bo`lib, ular aholi va hududlar uchun xavf - xatar manbai hisoblanadi va muayyan sharoitda favqulodda vaziyat o`chog`iga aylanib ketishi mumkin. Gidrodinamik xavfli obyektlar - bu suv oqimi bo`ylab o`zidan oldingi va o`zidan keyingi suv sathlarida farq paydo qilib beradigan inshoot yoki tabiiy hosila. Bosim gidrotexnika inshootlari (sun’iy to`g`onlar) va tabiiy to`g`onlar shular qatoriga kiradi. Byef - bu daryo ( kanal, irmoq va h.k) ning bosim inshooti( to`g`on, shlyuz va h.k)ga tutashib ( tegib) turadigan qismi: Yuqorigi byef-bu daryo ( kanal, irmoq va h.k)ning oqim bo`ylab bosim inshooti ( to`g`on, shlyuz va h.k) dan oldingi (yuqori) qismi yoki suvning yuqorigi sathi va u egallab turgan maydon: Pastki byef- bu daryo ( kanal, irmoq va h.k)ning oqim bo`ylab bosim inshooti ( to`g`on, shlyuz va h.k)dan keyingi (quyi) qismi yoki suvning pastki sathi va u egallab turgan maydon . To`g`onlar suniy va tabiiy bo`lishi mumkin. Suniy to`g`onlarni odamlar o`z ehtiyojlari uchun barpo etadilar. Bular GESlar, suv tortgichlar, sug`orish tizimlari va boshqa obyektlarning to`g`onlari. Tabiiy to`g`onlar tabiat hodisalari (ko`chkilar, sellar, qor ko`chkilari, o`pirilishlar, zilzilalar va b.)ning tasirida hosil bo`ladi. Gidrotexnika inshootlarining turlari: 1. Qayerdaligiga qarab: - yer usti (daryo, ko`l, kanal va h.k) inshootlari; - yer osti (o`tkazgich quvurlar, tunnellar va h.k.) inshootlari. 2. Foydalanish xarakteri va maqsadiga qarab: - suv-energetika inshootlari; - suv ta`minoti inshootlari; - sug`orish inshootlari; - oqava chiqindi suvlar chiqarish inshootlari; - suv-transport inshootlari; - baliq xo`jaligi inshootlari; - sport inshootlari; - bezak inshootlar va h.k. 3. Funksional vazifasiga qarab: - GES va boshqa GTIning suv bo`g`ish inshootlari (to`g`onlar, ko`tarmalar); - suv oqish (suv o`tkazgich) inshootlari: kanallar, tunnellar, quvur o`tkazgichlar; - tarnovlar, suv tashlamalar, osma quvurlar, shlyuzlar va h.k.; - tashlandiq suv inshootlari – (ortiqcha suvni chiqarish uchun): o`zan inshootlari, qirg`oq inshootlari; yuza inshootlar; chuqur inshootlar va h.k. - tartiblash (to`g`rilash) inshootlari - suv oqib ketishi sharoitini hamda daryolar o`zani va qirg`oqlarini muhofaza qilish sharoitini yaxshilash uchun: ko`tarmalar, g`ovlar, qirg`oq mahkamlagichlar va h.k.: - baliq xo`jaligi inshootlari – baliq o`tkazish va baliq boqish uchun. Gidrotexnika inshootlaridagi avariyalarning sabablari va turlari. Gidrotexnika inshootiga quyidagi yemiruvchi kuchlar doimo ta`sir ko`rsatib turadi: suv oqimi, tebranish, balchiq-chiqindilar, o`zgaruvchan harorat, statik va dinamik kuchlar, metall zanglashi, betonning suyuqlikka qorishib yuvilishi, yerning yuvilib ketishi va h.k. Gidrotexnika inshootlarining ayrimlari katta shaharlar va yirik aholi yashash joylari yaqinida bo`lib, yuqori darajadagi xavfli obyektlardir. Bularning buzilishi juda katta hududlar, jumladan shaharlar va aholi yashash joylarini suv ostida qolishiga olib kelishi mumkin. Natijada shoshilinch ko`chirish tadbirlarini o`tkazish talab etiladi, shuningdek o`sha joylar iqtisodiyotiga juda katta zarar yetkazilishiga sabab bo`ladi. Gidrotexnika inshooti quyidagilar natijasida buzilishi mumkin: 1. Xavfli tabiat hodisalari – tabiiy ofatlar (zilzila, ko`chki, yuvib ketish, jala va h.k.) 2. Uskunalarning tabiiy yemirilishi va eskirishi. 3. Loyihalash va qurishdagi xatolar. 4. Ishlatish qoidalarining buzilishi. 5. Portlashlar (jangovor, terroristik harakatlar va h.k.). Gidrotexnika inshootidagi xarakterli falokatlar: 1. To`g`on teshilishi – to`g`on tanasida kichkina teshik hosil bo`lishi. 2. To`g`onning buzilishi. 3. To`g`onning yuvilib ketishi. Ko`lami va xarakteri qandayligiga qarab ehtimoli bor quyidagi FV bo`ladi: 1. To`g`on buzilgandagi toshqin – suvning bir qismi to`g`ondan o`tib ketishi. 2. Suv bosishi-hududning asta-sekin suv ostida qolishi. 3. Halokatli suv bosishi-to`g`on buzilishi uni urib ketgan suv hududni shiddat bilan tez qoplab ketishi va toshqin paydo bo`lishi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling