2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik
Download 1.26 Mb. Pdf ko'rish
|
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yutilgan miqdor
Ekspozitsiya miqdori — bu nurlanishning ionlashish xususiyatiga asoslangan
bo‘lib, ionlashish nurlanishi maydonining son miqdorini ko‘rsatadi. Uning birligi rentgen (R) qabul qilingan. Bunda 1R nurlanishda 1 sm 3 havoda 2,08 x 10 9 juft ion hosil bo'ladigan holat tushiniladi. Xalqaro SI tizimida bu miqdor kulon/kilogramm (Kl/kg) tarzida qabul qilingan. IKl/kg =3876 R. Yutilgan miqdor — nurlantirilayotgan moddaning ma’lurn ogMrlik birligida yutilgan energiya miqdori. Yutilgan miqdorning maxsus o‘lchov birligi sifatida lrad qabul qilingan. Xalqaro SI tizimida 1 Grey (Gr) qabul qilingan. 1 Gr= 100 rad. Ekvivalent miqdor-o’lchov birligi ber. Har qanday ionlanuvchi nurlanishning surunkali nurlantirishda 1 rad rentgen yoki gamma nurlanishlari biologik effektini beradigan birligi 1 ber birlik sifatida qabul qilinadi. Xalqaro SI tizimida ekvivalent miqdor birligi Zivert (Zv). 1 Zv =100 ber. Inson organizmi doimo kosmik nurlanishlar, tabiatda uchraydigan va havo, tuproq va organizm hujayralarning o‘zida bo‘lgan radioaktiv moddalar ta’sirida bo'ladi. Tabiiy nurlanishlarning hamma manbalaridan ajraladigan nurlanishlar darajasi umuman o'ltacha yiliga 100 mber, ayrim hududlarda 1000 mber gacha borishi mumkin. Zamonaviy sharoitlarda bu miqdor chegarasida saqlanib qolish imkoniyati kamayib bormoqda. Chunki uncha ko‘p bo‘lmagan radioaktiv moddalar bilan islilaganda hani radiatsiya nurlanishi olish xavfi katta bo'ladi. Lekin shuni ham ta’kidlash kerakki, 0‘zbekiston Respublikasi hududida atom elektr stansiyalari qurilmagan. Bu, albatta avariya sharoitini inkor qilishi mumkin. Lekin shuni ham unutmaslik kerakki, bizda radioaktiv moddalar qazib olish konlari mavjud, demak, bu moddalar qazib olinadi va boyitilib tayyor mahsulot holatiga keltiriladi va uni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish ishlari bajariladi va ba’zi hollarda uni ma’lum vaqt saqlab turish kerak bo'ladi. Bu ishlarda qatnashayotgan odamlarni va bu ishlar bajarilayotgan joylar yaqinida yashayotganlarning hayotiga xavf tug‘dirilishi tabiiy hoi hisoblanadi. Bundan tashqari respublikamiz hududida yadro reaktorlari ham bor. Shuning uchun ham radioaktiv moddalar bilan ishlaganda va umumiy hududlar uchun ionlovchi nurlanishlarning ish joylaridagi yo‘l qo'yiladigan miqdori va umumiy hududlar uchun yo‘l qo'yiladigan miqdorlar belgilab qo'yilgan. Ionlovchi nurlanish bo‘lishi mumkin bo'lgan sanoat korxonalari va ilmiy- tekshirish ishlarini bajarayotgan ishchilar va ilmiy-texnik xodimlar uchun uning tanasi nurlanishi umumiy yo‘1 qo'yiladigan miqdori (YQM), bu miqdordagi nurlanish unga uzoq vaqt davomida ta’sir qilishi natijasida uning sog‘lig‘i va qon hosil qilish hamda qon aylanish jarayonlarini buzmasligini hisobga olgan holda, bu miqdor yiliga 5 ber dan oshmasligi kerak deb belgilangan. Umumjahon radiatsiyadan muhofazalash komissiyasi (URMK) tavsiyasiga asosan avariya vaqtida YQM 25 ber miqdorda kasbiy surunkali nurlanishda esa, 5 ber miqdorda va boshqa aholi uchun bundan o‘n marta kam miqdorni tavsiya qiladi. Radioaktiv moddalar va biologik (bakteriologik) vositalar bilan bog‘liq avariyalar. Radiasiya xavfi bor hududlarda avariya qutqaruv ishlari bo‘yicha olib boriladigan ishlar quyidagi chora — tadbirlar amalga oshirilganligiga bog`liq bo‘ladi: - radioaktiv moddalarning hidi va mazasi bo`lmasligini; - radioaktiv moddalar nafas olish yo‘llari, hazm qilish organlari va teri orqali kishilar tanasiga ta`sir etishini; - radiasiyadan zararlanish darajasi gishtli binolarda 5—10 marta, temirbeton uylarda undan kup, yerto‘lalarda 300 — 400 marotaba kamayishini; - gazniqob, changniqob, gaz va changdan muhofaza qilish respiratorlaridan foydalanish qoidalarini; - paxtali doka niqobini tayyorlash va ishlatishni; - zararlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish usullarini; - tibbiy yordam ko`rsatish qutichasini tayyorlab quyish va unda yodli preparat bo`lishini ta`minlashi; - elektroenergiya, gaz va suv tarmoqlarini tezda o‘chirish kerakligini bilishi; - oila a`zolarining muhofazalanishi uchun eng yaqin atrofda joylashgan panajoy, panagoh va yerto‘lalarni qayerdaligini bilishi; - xonadonga tashqaridan havo kirishini to`xtatish choralarini ko`rishi; - deraza, eshik va tirqishlarni berkitish uchun materiallarni oldindan tayyorlab quyishi; - mustaqil ravishda atrof-muhitni va oziq ovqat maqsulotlarining zararlanganlik darajasini aniqlash uchun maishiy dozimetr bo`lishini ta`minlashi; - radiasiyadan zararlanishning oqibatlarini kamaytirish maqsadida uyda va ish joylarida ushbu favqulodda vaziyatdan imkoniyat darajasida suhbatlar o`tkazish, unda favqulodda vaziyat sodir bo`lganda bajarilishi kerak bo`lgan hatti — harakatlar haqida ko`nikmalar berishi; Radiasiya xavfi haqida ma`lumot eshitgandan keyin bajarilishi kerak bo`lgan chora—tadbirlar: Oila a`zolari uchun yakka muhofazalanish vositalarini tayyorlash va zururiyat bo`lganda uni darhol taqib olish; yakka muhofaza vositalari bo`lmasa, paxtali doka niqobini tayyorlashi va zaruriyati bo`lganda uni taqib olish; tibbiy yordam ko`rsatish qutichasidan yodli preparatni ichish; xonadonni tashqaridan havo kirmaydigan qilib berkitish; oziq —ovqat maqsulotlari va suvni radioaktiv changlardan muhofaza qilish chora —tadbirlarini ko‘rish; olingan ma`lumotlar va ko`rsatmalar asosida tezkorlik bilan evakuatsiyaga tayyorgarlik ko`rish va yashayotgan xonadan chiqib, oldindan rejalashtirilgan eng yaqin joylashgan panajoy, panagoh va yertulalarga yashirinish; panajoy, panagoh va yerto‘lalardan foydalanish imkoniyati bo`lmasa, xonada yoki ish joyida deraza, eshik hamda ularning tirqishlarini yaxshilab berkitishi va qalin mato bilan yopish. Radiatsiya bilan zararlangan hududlarda bajarilishi kerak bo`lgan chora- tadbirlar: Hududda "Xavfli — radiasiya" yozuvi maxsus ko`rsatkichlarga e`tibor berish; tanani to‘la to‘kis yopib turadigan kiyim kiyib olish; xonaga kirish oldidan kiyimni yaxshilab qoqish, oyoq kiyimini yuvish hamda kiyimni almashtirish va ishlatilgan kiyimni tashqarida qoldirish; o‘choq va pechka murilarini radioaktiv manbaga aylanmasligi uchun zararlangan o‘tin bilan ularni yoqmaslik; hududlardagi daraxtlar mevasi va yerda yetishtirilgan poliz mahsulotlarini ishlatmaslik; ariq, ko`l va to‘planib qolgan suv manbalaridan foydalanmaslik; chekish radiasiyadan zararlanish darajasini oshirishni bilish; tekshirilmagan suv manbalaridan foydalanish mumkin emasligini bilish; ovqatlanishdan oldin albatta qo`lni sovun bilan yuvish va og‘izni chayish; ishlatiladigan sabzavot va mevalarni yaxshilab yuvish. Radiasiyadan zararlanish xavfi tugaganidan keyin ko‘riladigan chora —tadbirlar: Ehtiyot chora — tadbirlariga qat`iyan rioya qilish; ochiq joylarda va inshootlarda ovqatlanmaslik; gaz quvurlari nosoz bo`lishi mumkin bo`lgan joylarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish; tananing ochiq joylarini yaxshilab tozalash, toza suv bilan og`iz, burun, tomoq va ko`zlarni yuvib tashlash; so‘ngra badanni, kiyimni va muhofaza vositalarini maishiy dozimetr nazorat asbobi yordamida tekshirish. Radioaktiv zaralanish zonalarida qutqaruv va shoshilinch avariya-tiklash ishlari. Radioaktiv zararlanish zonalaridagi qutqaruv ishlari. Qishloq xo‘jalik obyekti fuqaro muhofazasi shtabining boshlig‘i razvedka, rayon fuqaro muhofazasi shtabi va qo`shnilarning bergan ma`lumotidan foydalanib, hosil bo`lgan radiatsion sharoitni baholashda: zararlanish zonasida qolgan obyektni aniqlash; odamlar va hayvonlarning o‘lishi ehtimoli bo`lgan nurlanish dozasi, radiatsion zararlangan zonada bo`lish hamda qutqaruv ishlarini boshlash vaqti, aholini himoya qilish rejimi va chorva mollarini saqlash sharoitini bilishi zarur. Razvedka ma`lumoti sinchiklab o‘rganib chiqilgach obyekt territoriyasida hosil bo`lgan radiatsion sharoit baholanadi va zararlanish oqibatlarini tugatish uchun bo`linmalar oldiga o’ziga xos vazifalar qo’yiladi. Qutqaruv ishlariga obyekt fuqaro muhofazasi boshlig‘i rahbarlik qiladi. Radioaktiv zararlanish zonasida avariya qutqaruv ishlari. Avariya qutqaruv ishlariga obyekt favqulodda vaziyatlar boshlig‘i boshqarish punktidan rahbarlik qiladi. Punktda obyekt fuqaro muhofazasi shtabi, xizmat boshliqlari va obyekt fuqaro muhofazasi boshlig‘ining ko`rsatmasi bo‘yicha ayrim shaxslar ish yuritadilar. Radioaktiv zararlangan joylarda avariya qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni olib borilishi uchun eng murakkab sharoitlar bo‘ladi. Odamlar, hayvonlar, moddiy boyliklar bor joyda birinchi navbatda yongindan tarqalishiga yo‘l qo’ymaslikka harakat qilinadi. Agar aholi yashaydigan punktlarda, himoya inshootlarining kirish yo‘llari oldida, fuqaro muhofazasi bo`linmalari ish olib borayotgan joylarda, shikastlangan kishilarni evakuasiya qilish yo’llarida, fermalar va omborxonalarda yongin bo’lsa darhol o‘chiriladi. Yonginlarni o‘chirish va aloqa punktlarida yashaydigan odamlarni qutqarish uchun yong‘inga qarshi komandalar, umumiy tuzilmalar, sanitar postlar va sanitar drujinalarni jalb etish kerak. Himoya inshootlariga olib boradigan yo‘llar va o‘tish joylari ko‘milgan bo‘lsa tozalanadi. Uyumning balandligi 0,5 m gacha bo‘lsa, ular buldozer yordamida tozalanadi, balandligi 0,5 m dan ko‘p bo‘lsa uyum ustidan yo‘l yotqiziladi. Yo‘lning eni bir tomonlama harakat uchun 3-3,5 m kam bo`lmasligi kerak. Qarama- qarshi mashinalar uchun ham 150-200 m dan keyin maxsus maydonchalar tashkil qilinadi. Ikki tomonlama harakat uchun yo’llarni eni 7-8 m qilinadi. Yashirinish joyini topish, bosilib qolgan joylar ostidan odamlarni qitqarib olish tartibini razvedka bo`linmalari aniqlaydi. Yashiringan odamlar bilan saqlanib qolgan aloqa vositalari yoki vodoprovod, gaz trubalari, eshik, devor orqali shartli ravishda taqillatib xabar berish mumkin. Pana joyga havo berilishini- havo so‘rg‘ichlar orqali yoki devordan teshik ochiladi va kompressor yordamida uzatiladi. Himoya inshootini ochish uchun yo’l qilinadi. Radioaktiv moddalarni ishlab chiqarish va saqlash obyektlaridagi sodir bo`lgan avariyalarni bartaraf qilishda qutqaruvchilarning harakatlari. Zararlanganlik darajasini o`lchash DP-5, KRB-1 asboblari yordamida amalga oshiriladi. Nazorat posti orqali shaxsiy tarkib va texnikani olib o`tish vaqtida, vaqti-vaqti bilan dozimetriyaning ish o`rni zararlanganligi tekshirib turiladi. Zarurat bo`lganda dizaktivatsiya qilinadi yoki joyi o`zgartiriladi. Radioaktiv xavfli obyektda avariya yuzaga kelgan vaqtda falokatning xarakteristikasini va qutqaruv ishlari texnologiyasini aniqlovchi maxsus belgilari bo`ladi. Radioaktiv zararlanish sharoitida qutqaruv ishlari o`z ichiga quydagilarni oladi: zararlangan hududni razvedka qilish va jabrlanuvchilarni qidirish; zararlangan hududni va nurlanish obyektini chegaralash; jabirlanganlarni topish, tezkor tibbiy yordam ko`rsatish va ularni zararlangan hududdan evakuatsiya qilish; favqulodda vaziyat oqibatlarini tugatish; Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling