2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

Epizootik holatlar. 
Tabiiy ofat va katta halokatlar yuz bergan hududlarda epidemioligik, epizootik va 
epifitotik o‘choqlarning yuzaga kelishiga, favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududda 
kasallik qo‘zg‘atuvchilari tarqalishi mexanizmining faollashishi oqibatida aholini 
turli xildagi yuqumli kasalliklarga ommaviy chalinishi, ko‘p sonli kasallik 
o‘choqlari paydo bo‘lishi hamda sog‘lom aholini yuqumli kasalliklar bilan 
zararlangan bemorlardan o‘z vaqtida muhofaza qilish va ajratish tadbirlarini 
kechikib o‘tkazilishi sabab bo‘ladi. 
Epizootiya – hayvonlarning ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishidir. 
Yuqumli kasalliklar infeksiya manbaiga ko‘ra 2 guruhga bo‘linadi: 
1.Antropanozlar - bu kasalliklar faqat odamlarda uchraydi va ular bilan hayvonlar 
kasallanmaydi. 
2.Zoonozlar – bu kasalliklar hayvonlarda va odamlarda uchraydi. Odamlarga 
hayvonlar orqali yuqadi. 
Rus olimi S.S.Andreevskiy 1788- yilda Sibirdagi epizootiya vaqtida bu kasallikni 
tekshirish maqsadida hayvondan o‘ziga yuqtirib, odamlar bilan hayvonlarda 
uchraydigan kasallik bir hil ekanligini isbotlagan va bu kasallikni «Sibirskaya 
yazva» deb atashni taklif etgan. U kuydirgining patologik anatomiyasini, klinik 
turlarini tasvirlab bergan, davo va profilaktik usullarini ishlab chiqqan. 


Kuydirgi kasalligining manbai uy hayvonlari, asosan katta va mayda shoxli 
xayvonlar, shuningdek otlar hisoblanadi. Kuydirgi bilan kasallangan hayvonlar 
kasallik mikroblarini ahlati va siydigi bilan tashqariga chiqaradi. Hayvon o‘lganidan 
so‘ng uning terisi, juni, ichki organlari va qoni uzoq muddat davomida yuqumli 
bo‘lib turadi. Odamlarga kasalik tirik yoki o‘lgan hayvondan yuqadi. Kuydirgi bilan 
kasallangan hayvonga yaqin yurish, uni parvarish qilish vaqtida kasallik osongina 
yuqadi. Kuydirgidan o‘lgan hayvon terisi va junidan tayyorlangan har xil mo‘yna 
buyumlar orqali ham kasallik yuqishi mumkin. Kuydirgi asosan cho‘ponlar,
veterinariya xodimlari, qushxona, teri zavodi ishchilari, mo‘ynado‘zlar, eski-tuski 
qabul qiladigan punkt xodimlarida uchraydi.
Patogenezi. Kuydirgi mikrobi organizmga shilingan teri, me’da-ichak shilliq 
pardalari va havo yo‘llari orqali o‘tadi. 
Odam organizmiga kirgan kuydirgi tayoqchasi vegetativ formasining bir
qismini fagotsitlar yutib oladi (fagotsitoz), qolganlari limfa va qon orqali 
organizmga tarqaladi. Kuydirgi mikroblari jigar, taloq, o‘pka, ichak devori, teri osti 
biriktiruvchi to‘qimasiga etib boradi. Keyinchalik ana shu organlarda ular organizm 
himoya kuchlari ta’sirida halok bo‘ladi yoki infeksiya o‘choqlarini paydo qiladi. 
Bemor organizmida pretsipitinlar, agglyutininlar, komplementni biriktiruvchi 
antitelolar hosil bo‘ladi.
Quturish o‘tkir yuqumli zoonoz kasallik bo‘lib, markaziy nerv sistemasining 
zararlanishi (ensefalit boshlanishi) bilan ta’riflanadi. Quturish kasalligi qadim 
zamonlardan beri ma’lum. Odamlarda quturish kasalligi itlarning tishlashi natijasida 
kelib chiqishini birinchi marta Aristotel (meloddan avvalgi 4 asr) aniqlagan. 
Quturishning klinikasini dastlab I asrda Sels yoritdi va uni gidrofobiya (suvdan
qo‘rqish) deb atadi. 
Mashhur fransuz olimi Lui Paster (1881 -1888) quturishga qarshi emdori - vaksina 
topdi va ishlab chiqdi, it, bo‘ri tishlagan odamlarni shu emdori bilan emlashni 
amalda joriy etdi. 
Etiologiyasi. Quturishni quzgatuvchisi neyrotrop virus, bo‘lib, u quturgan 
hayvonning so‘lagida bo‘ladi, tashqi muhitda uzoq saqlana olmaydi. 1887 yilda 
Babesh va 1903 yilda Negri quturib o‘lgan xayvonlar bosh miyasining ammon shoxi 
deb ataluvchi qismida dog‘ga o‘xshash yumaloq tuzilmalar borligini aniqlaganlar. 
Keyinchalik boshqa olimlar ana o‘sha dog‘lar quturish virusi ta’sirida paydo 
bo‘lishini isbotladilar. Virus dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida 5-10 minut, 
qaynatilganida 2 minut davomida halok bo‘ladi. Quritilganda va past haroratda uzoq 
vaqt tirik saqlanadi. 
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai quturgan itlar, mushuklar, bo‘rilar, tulkilar, 
bo‘rsiqlar va boshqa hayvonlardir. Kamdan-kam hollarda kasallik quyonlardan, 
kalamush va sichqonlardan yuqishi mumkin. Itning so‘lagida virus quturish belgilari 


ma’lum bo‘lishidan 7-10 kun ilgari paydo bo‘la boshlaydi. Itdan quturish kasalligi 
yuqishi uchun itning odamni tishlashi shart emas, uning so‘lagi odam terisidagi 
kichkina shilingan yoki tirnalgan joyiga tushsa ham kasallik yuqadi. Kuturish yoz-
kuz oylarida ko‘proq uchraydi, chunki yilning bu fasllarida kishilarni itlar ko‘proq 
tishlaydi. Odam boshi va yuzining tishlanishi oyoq-qo‘llar tishlanishiga qaragaida 
ancha havflidir. Itning kiyim-kechak ustidan odamni tishlashi ham xatarli. 
Patogenezi. Yaralangan odam terisiga tushgan it so‘lagidagi virus nerv tolalari 
bo‘ylab bosh va orqa miyaga etib boradi va ularda ko‘payib, chuqur- o‘zgarishlar 
yuz berishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa adashgan nerv tomoq-til va til osti nervlarining 
yadrolari ko‘proq zararlanadi. Yutish va nafasda qatnashadigan muskullarning 
tortishib, qisqarishi, talvasaga tushib, tirishish, qattiq terlash va so‘lak oqishi ana shu 
nervlarning zararlanishiga bog‘liqdir. Bosh miyada ko‘paygan viruslar nerv tolalari 
orqali ichki organlarga, jumladan so‘lak bezlariga o‘tadi. Shu sababdan quturgan 
hayvonning so‘lagida virus ko‘p bo‘ladi. 
Epizootik holatlarning oldini olish. 
Laboratoriya diagnostikasi. Quturib o‘lgan odam va xayvon miyasining ammon 
shoxi deb ataluvchi qismi va uzunchoq miyasida Babesh-Negri dog‘lari bor-yo‘qligi 
aniqlanadi. Quturganlarning 80-85 foizida Babesh-Negri dog‘lari ko‘riladi. Bu 
dog‘larning topilmasligi quturish diagnozini yo‘qqa chiqarmaydi. Biologik usul ham 
qo‘llaniladi. Quturib o‘lgan odam yoky hayvon miyasidan tayyorlangan emulsiya 
quyonning miyasiga yuboriladi va keyin tekshiriladi. 
Davosi. Bu kasallikning xos davosi yo‘k. Quturishga davo qilishda simptomatik va 
patogenetik davo usullari qo‘llaniladi. Bu usullar bemorni bir oz tinchlantiradi. 
Bemor shovqin-surondan xoli bo‘lgan tinch, alohida xonada yotishi kerak. Xona 
ozgina qorong‘iroq va eshigi berk turadigan bo‘lishi lozim. Unga uxlatadigan, 
yurakni tinchlaitiradigan va og‘riq qoldiradigan dorilar beriladi. 
Profilaktikasi. Kuturinga qarshi. kurash bu infeksiyani avvalo xayvonlar, birinchi 
navbatda - itlar orasida yo‘kotishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Daydi it va 
mushuklarni yo‘kotish, axoli yashaydigan joylar yaqinida uchraydigan bo‘ri va 
bo‘rsiqlarni xam yo‘q qilish zarur. 
Xonaki it va mushuklar doimiy veterinariya xizmati nazoratida bo‘lishi kerak. 
Ularni vaqti bilan emlab turiladi. Agar it yoki mushuk biror kishini tishlasa yoki 
uning so‘lagi terining shilingan joyiga tushgan bo‘lsa, darxol yarani kaliy 
permanganat eritmasi yoki sovunli suv bilan yaxshilab qayta-qayta yuvish va o‘sha 
joyga tezda banka qo‘yib, jaroxatdan qon so‘rib olish kerak. Keyin jaroxat yoki 
shilingan joyni yod yoki spirt bilan tozalash lozim. So‘ngra it tishlagan odamni 
tegishli travmatologiya punktiga yuboriladi. Tishlagan it o‘z xujayinining uyida yoki 


veterinariya muassasasida 14 kun davomida nazorat ostida saqlanadi. Shu muddat 
ichida xayvonda quturish alomatlari paydo bo‘lsa, uni o‘ldirib tekshirib ko‘riladi. 
Eng yaxshi natija beradigan profilaktika usuli bu quturishga qarshi emlashdir. 
Quturishning xos profilaktikasi maxsus vaksina bilan va quturishga qarshi 
gammaglobulin bilan emlash orqali amalga oshiriladi. It tishlagan odam maxsus 
sxema bo‘yicha albatta emlanishi kerak. It tishlaganidan keyin 14 kun ichida o‘sha 
it o‘lsa yoki yo‘qolib ketgan bo‘lsa, odamning emlanishi ayniqsa zarur. Bordiyu, 
tishlamagan, lekin uning so‘laklari odam terisiga va shilliq pardasiga tekkan bo‘lsa 
ham odam albatta emlanadi. Fermi vaksinasi qo‘llaniladi. Vaksina bilan emlashni 
vrach-rabiolog yoki travmatolog tayinlaydi. Vaksinaning dozasi, emlash muddati 
jarohatning katta-kichikligi, chuqurligi va qayerda joylashganiga bog‘liq. Vaksina 
bilan bir qatorda antirabik gammaglobulin xam yuboriladi. Quturishga qarshi 
emlash maxsus yo‘l-yo‘riqlarga, ko‘rsatilgan qoidalarga qat’iy rioya qilingan holda 
amalga oshiriladi.
Xulosa. 
Har bir fuqaro yuqumli kasalliklar, ularning birlamchi alomatlari-belgilarini, 
zarur bo‘lganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning usul va vositlarini mukammal 
egallashlari zarur. Kasallikning birlamchi alomatlari paydo bo‘lishi bilanoq, eng 
maqul usul bu shifokor-mtaxassisga murojaat qilishdir. Bundan tashqari har yili 
tibbiy ko‘rikdn o‘tish, emlash, profilaktika chora-tadbirlariga ham jiddiy yondoshish 
zarur.

Document Outline

  • Birinchi qadamni bugunoq qo‘yishing haqida o‘zingga so‘z ber:
  • Zilziladan keyin nima qilmaslik kerak?
  • U doimiy qor qoplamiga ega bo‘lgan barcha tog‘li hududlarda yuz berishi mumkin.
  • Qor qatlamining quyi qismi g‘ovak, bo‘sh, yuqori qismi esa zich bo‘lib qoladi. Agar shamol esib turgan bo‘lsa-chi, u holda qor qoplami uzra tez esayotgan shamol

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling