2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

Sellar. 
Tog‘ hududlarida kuchli yomg‘irlarning yog‘ishi, muzlik va qorlarning tez 
erishi natijasida hosil bo‘lgan daryo toshqinlarini, tog‘ yon-bag‘irlarida nuragan, 
tog‘ jinsi bo‘laklarini suv oqimi bilan tekislikka qarab oqizib tushirilishiga sel 
hodisasi deb yuritiladi. Sel oqimi massasining taxminan 50-60% i turli kattalikka 
ega bo‘lgan tog‘ jinsi bo‘laklaridan, o‘simlik va daraxtlar bo‘laklaridan iborat 
bo‘ladi.
Arabcha sel, sil, seylyun – shiddatli tog‘ oqimi, inglizcha mudflow, 
mudavalanche, rocmudflow – loy oqimi, tosh-loy oqimi, fransuzcha torrents, mure 
– tog‘ oqimi, nemischa – wildbach, mure – yovvoyi oqim, loy oqimi, yaponcha 
yamatsunami – tog‘ to‘lqini ma’nosini anglatuvchi tabiiy ofatning ushbu turi 
respublikamiz uchun ham yot emas. 
Sel oqimlari o‘zi bilan olib ketayotgan qattiq zarrachalari o‘lchamiga qarab 3 
guruhga bo‘linadi: 
- suv-toshli sellar; - loyqa sellar; - aralash sellar;
Oxirgi 100 yil ichida O‘zbekiston Respublikasi hududida 2500 dan ortiq sel 
oqimi kuzatilgan. Bulardan 1400 dan ortig‘i loyqa, 350 dan ortig‘i suv-toshli, 650 
dan ortig‘i aralash sellardir.
Sel doimo tog‘li va tog‘ oldi hududlarda yashovchi aholi o‘rtasida vahima 
uyg‘otib kelgan. O‘tmishda odamlar uni sehrgarlarning ishi, arvohlarning yovuz 
qilmishlari, xudolarning qahrli g‘azabidan, deb tushuntirib kelishgan. Ular zilzila, 
vulqon otilishi, tog‘lardagi jala yoki yoz oylarida qorlarning keskin erishi tog‘lardan 
keladigan loyli oqimlarning boshlanishidan darak berishini ham bilganlar. Sel xuddi 
quturgan yovvoyi otlar podasi tezligida o‘tib, yo‘lida uchragan barcha narsani – 


ekinzorlar, yaylovlar, qishloqlar va butun boshli shaharlarni yakson qilib tashlaydi. 
Sel o‘tgan joyda faqatgina cho‘l qoladi. 
Yer yuzida bu kabi hodisalar har yili takrorlanib, ko‘pgina vayronagarchiliklar 
va insonlarning nobud bo‘lishiga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasining deyarli barcha tog‘li va tog‘ oldi hududlari sel 
xavfi mavjud zonalarga kiradi. Sel Toshkent, Surxondaryo, Jizzax, Farg‘ona va 
Namangan viloyatlarida boshqa joylarga nisbatan ko‘p ro‘y beradi. Sel oqimlari 
ko‘proq aprel-iyun oylarida yuz beradi. 
Favqulodda vaziyatlar monitoringi va bashoratlash markazi axborotlarida 
keltirilishicha, aprel oyiga sel faoliyatining 27% to‘g‘ri kelgani holda, may oyida bu 
ko‘rsatkich 33% ni va iyunda 17% ni tashkil etadi. Farg‘ona vadiysida hatto avgust 
oyida ham sel xavfi saqlanib turadi. 
Respublikamizning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida 1852 ta sel xavfi mavjud 
havza aniqlangan. 
1998 -yilning 7- iyulidan 8 -iyuliga o‘tar kechasi Shohimardonda yuz bergan 
sel hodisasi hali hamyurtlarimiz xotirasidan ko‘tarilganicha yo‘q. O‘shanda 
haroratning keskin ko‘tarilib ketishi qorlarning tez erishiga, so‘ngra har soniyada 
200 m
3
hajmga ega sel oqimiga sabab bo‘lgandi. Sel oqibatida 104 nafar kishi 
hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. 15 km uzunlikdagi gaz magistrali, 14 km avtomobil 
yo‘li, 4 ta ko‘prik, 3 km uzunlikdagi ichimlik suv, 3 km elektr uzatish, 34741 m 
uzunlikdagi telefon tarmog‘i ishdan chiqdi. 14200 kishini xavfsiz erlarga 
ko‘chirishga to‘g‘ri keldi. 
Sel vujudga keladigan yoki ro‘y berish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylar sel 
o‘chog‘i deb yuritiladi. Sel o‘chog‘i paydo bo‘lishining asosiy ko‘rsatkichi 
gidrometeorologik sharoit hisoblanadi. Uzoq muddatli jala yog‘ishi va 
muzliklarning qisqa muddatda jadal erishi oqibatida daryo o‘zanlaridagi suv miqdori 
keskin ko‘payib ketadi. Katta kuchga ega bo‘lgan oqim paydo bo‘lishi natijasida 
maydonning quyi qismlarida ko‘pgina vayronagarchiliklar yuz beradi. SHu sababga 
ko‘ra sellar ikki guruhga bo‘linadi: glyasial – muzlik va qorlarning tez erishi va 
jalali – ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ishi natijasida paydo bo‘ladigan sellar. 
Odatdagi oqimlardan farqli o‘laroq sel uzluksiz oqim sifatida emas, balki 
alohida to‘lqinlar tarzida harakat qiladi. Shuningdek, o‘zi bilan yuzlab tonna, ayrim 
hollarda millionlab kubometr yopishqoq massani olib keladi. Ayrim tosh 
bo‘laklarining o‘lchami ko‘ndalangiga 3-4 metrga etadi. Sel to‘siqqa uchraganidan 
so‘ng ularni oshib o‘tadi va yanada kuchli bo‘la boradi. 
Sel 2-10 m/soniya va undan katta tezlikda harakat qiladi. 1 kub metr sel 
oqimining og‘irligi 2 tonnagacha etadi. Bitta joyning o‘zida kuchli sel oqimlarining 
paydo bo‘lish ehtimoli katta emas. Chunki sel hosil bo‘lishi uchun faqatgina 
yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi etarli emas. Buning uchun suv oqimi olib ketishi 


mumkin bo‘lgan tog‘ massasi ham mavjud bo‘lishi zarur. Tog‘ massasi esa o‘z 
navbatida tog‘ jinslarining emirilishidan hosil bo‘ladi. Uning paydo bo‘lishi uchun 
5-6 yildan 20-25 yilgacha vaqt ketadi. 
Sel hosil bo‘lishi uchun bir vaqtning o‘zida uchta zaruriy sharoit bo‘lishi talab 
etiladi: 
- tog‘ yonbag‘irlarida emirilgan tog‘ jinslari massasini (qum, tosh, harsang va 
h.k.) osonlik bilan olib ketishi mumkin bo‘lgan sel o‘zani; 
- tog‘ yonbag‘irlaridan tosh va qattiq jinslarni o‘zi bilan olib keta oladigan 
hajmdagi suv; 
- kamida 10-15
0
kattalikdagi nishablik. 
Sel kengligi u kelayotgan o‘zan kengligiga bog‘liq bo‘lib, 3-100 m. ga teng 
bo‘ladi. Oqimning chuqurligi 1,5-2 m (sezilarli chuqurlikdagi sellar), 10-15 metr 
(halokatli sellar)ni tashkil etishi mumkin. Sel o‘zanlarning uzunligi bir necha o‘nlab 
kilometrga etadi. 
Sel suv-toshli, loyli va loy-toshli oqim tarzida bo‘lishi mumkin. Oqim 
tarkibidagi tosh bo‘laklari ayniqsa katta vayronagarchilik keltiradi. 
Sabablari. Kuchli va uzluksiz davom etgan yog‘in, harorat ko‘tarilishi 
natijasida qor va muzliklarning faol erishi, daryo o‘zanlariga katta hajmdagi 
tuproqning o‘pirilib tushishi, zilzila va inson faoliyati selning yuzaga kelishi uchun 
sababchi bo‘ladi.
Turi 
Birlamchi sababi 
Tarqalishi va yuzaga kelishi 
Yomg‘irli 
Jala, kuchli yomg‘ir 
Qoyalarning yuvilishi va ko‘chki hosil 
bo‘lishi bilan bog‘liq 
Muzli 
Qor va muzlarning keskin 
eriy boshlashi 
Baland tog‘li hududlarda erigan muzlik 
suvlarining urib ketishi bilan bog‘liq 
Seysmogen 
Kuchli zilzilalar 
YUqori sesmik faol hududlarda 
Insonning 
bevosita 
ta’siri 
Texnogen 
jinslarning 
to‘planishi, 
sifatsiz 
qurilgan to‘g‘onlar 
Texnogen jinslarning yuvilishi va 
siljishi, to‘g‘onlarning buzilishi 
Insonning 
bilvosita 
ta’siri 
Tuproq, 
o‘simlik 
qoplamining buzilishi 
O‘rmon, 
o‘tloqlar 
birlashgan 
maydonlarda, qoya va o‘zanlarning 
yuvilishi 
Shikastlovchi omillari. Katta kuchga va yuqori tezlikka ega bo‘lgan sellar o‘z 
yo‘llaridagi binolar, yo‘llar, gidrotexnik va boshqa inshootlarni vayron qiladi, aloqa, 
elektr uzatish tarmoqlarini ishdan chiqaradi, bog‘lar, ekinzorlarni payxon qiladi, 
inson va jonzotlarning nobud bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. 


Muhofaza tadbirlari. Sel hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi omillarning 
anchagina ko‘pligi uni o‘z vaqtida prognozlashni qiyinlashtirib yuboradi. Shunga 
qaramay, sel mavsumining boshlanish vaqtini oldindan aytib berish mumkin. 
Deyarli barcha sel xavfi mavjud hududlar mutaxassislar va tub aholiga yaxshi 
ma’lum. Har bir hudud uchun sel yuzaga kelishi sabablarining o‘z statistikasi ham 
bor. Masalan, tog‘li hududlarda yuzaga keladigan sellarga jala va yomg‘ir (85%),
qorlarning erishi (6%), tog‘ ko‘llaridan suvlarning toshib chiqishi (5%), tabiiy 
to‘g‘onlarning yorilishi (4%) sabab bo‘ladi.
Aholini muhofaza qilishni o‘z vaqtida tashkil etishda xabar berish va aloqa 
tizimi birinchi o‘rinda turadi. Ammo shuni ham nazarda tutish kerakki, bunday 
hollarda vaqt juda oz bo‘ladi va aholi xavf to‘g‘risida bir necha o‘n daqiqa (ayrim 
hollarda bir necha soat) oldingina ogohlantirilishi mumkin. 
Selga qarshi kurashish choralaridan biri er yuzasini daraxt o‘tqazish yo‘li bilan 
mustahkamlash, tog‘ yonbag‘irlaridagi o‘simlik qoplami maydonlarini 
kengaytirishdir. Purma’no xalqimizning «Serdaraxt qishloqni sel olmas» degan 
maqoli bekorga aytilmagan. 
Inson qadim zamonlardan buyon seldan muhofazalanish yo‘llarini axtarib 
kelgan. Shunday yo‘llardan biri uning yo‘lini to‘sishdan iborat. Shu maqsadlarda 
o‘ta xavfli joylarda maxsus devorlar – seltutqich, dambalar, boshqa muhofaza 
inshootlari quriladi. Toshkent yaqinidagi Oqtosh daraxtzorlari va Samarqand 
janubidagi Omonqo‘ton yaqinidagi ihotazorlar bunga misoldir. Tasavvur qiling-a, 
loy-toshli sel oqimi shovqin-suron bilan dara bo‘ylab kelmoqda. Biroq, uning 
yo‘lida seltutqich turibdi. Toshlar uyumi atrofga uchqun sachratib panjaraga uriladi 
va shu joyda to‘xtaydi. Suyuq loy ustunlar orasidan o‘tib tog‘ qoyalariga yoyiladi. 
Biroq endilikda u vayronagarchiliklarga qodir bo‘lmaydi. 
Bundan tashqari sel xavfi mavjud joylardagi daryo o‘zanlari, suv omborlari, 
kanallar qirg‘oqlarini mustahkamlash zarur. Bunday inshootlar bo‘lmagan joylarda 
sel oqimi tuzoqlari, oqimni aholi manzilgohlariga zarari tegmaydigan joylarga 
yo‘naltiruvchi tarmoqlarni qurish lozim. 
Kun haddan ortiq isib ketgan vaqtda qor erishi tezligini kamaytirish uchun 
tutunli pardalar hosil qilish mumkin. 15-20 daqiqadan so‘ng havoning er yuzasiga 
yaqin qismida harorat pasayadi va oqim yarmiga qadar kamayadi. 
Aholi harakati. Seldan xavfli hududlarda yashovchi aholi sel kelishi ehtimoli 
bo‘lgan yo‘nalishlarni va ushbu xavfli hodisaning belgilarini bilishi zarur. Aholiga 
sel xavfi tug‘ilganda xabar berish signalini berish tartibi to‘g‘risida ma’lumot 
berilishi lozim. Sel xavfi belgilari (gumburlash, suv loyqalanishi) paydo bo‘lishi 
bilan aslo vahimaga tushmaslik kerak. Vahima insonning tezlikda vaziyatga oqilona 
baho berib, to‘g‘ri harakat rejalarini tuzishiga halaqit beradi. Aksincha, darhol eng 
zarur buyumlarni olib, oldindan belgilab qo‘yilgan yo‘nalishda xavfsiz joylarga 


ko‘chib o‘tish lozim. Bunda yo‘l sel o‘zanlari tubidan o‘tmasligiga e’tibor berish 
lozim. 
Sel xavfi tug‘ilganligi to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumot sel stansiyalari, 
Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling