2- ma’ruza. 10-mavzu. Yong‘in-portlash xavfi mavjud bo‘lgan obyektlardagi avariyalar. 11-mavzu. Radioaktiv moddalar va biologik


-mavzu.Gidrometeorologik xavfli hodisalar


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/33
Sana06.11.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1750943
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33
Bog'liq
FVMPA-sirtqi-2-ma\'ruza

15-mavzu.Gidrometeorologik xavfli hodisalar. 16-mavzu. Favqulodda 
epidemiologik, epizootik va epifitotik vaziyatlar(2 soat). 
Reja:1.Suv toshqinlari, suv to‘planishi va sellar;
2.Qor ko‘chkisi, kuchli shamollar (dovullar), jala; 
3.Epidemiologik vaziyatlar; 
4.Epizootik vaziyatlar; 
5.Epifitotik vaziyatlar. 
Gidrometeorologik xavfli hodisalar. 
Suv toshqinlari, suv to‘planishi va sellar. 
Gidrometeorologiya sohasi mutaxassislarining xulosasiga ko‘ra Respublika 
hududida 238 xavfli ko‘llar, 46 ming kv.km hududlar suv va sel toshqinlari ro‘y 
beradigan xavfli joylar, 1000 ga yaqin xavf sodir bo‘lishiga olib keluvchi daryo va 
soylar mavjudligi aniqlangan.
Shu sababli bir haqiqatni zinhor unutmaslik kerak – katta hududlarda ayanchli 
oqibatlarga olib keluvchi halokatning oldini olish bu atrof muhit maydonini alohida, 
o‘ziga hos turini tashkil etuvchi xavfsiz hududni saqlash lozimligidir. Qiymati 
jihatdan ana shu xavfsiz xudud kezi kelganda tabiiy moddiy manbalardan ham 
yuqoridir. Chunki tabiiy moddiy manbalar o‘rnini bosuvchi yoki sun’iy ravishda 
hosil qilish mumkin bo‘lgan turlari bo‘lgan holda hudud o‘rnini hech narsa bosa 
olmaydi va uni sun’iy ravishda tiklab bo‘lmaydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra gidrometeorologik holat bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar 
tog‘li hududlarda, suv oqimi boshkarilmagan daryo vodiylarida, ayrim hollarda dam 
olish oromgohlari joylashtirilgan hududlarda sodir bo‘lmoqda.
Bu xususiyati falokatlarni aholi psixologik tomondan yaxshi o‘zlashtirgan va 
unga moslashgan bo‘ladi. Jumladan, falokat sodir bo‘lgan joyda ma’lum vaqt 


o‘tgandan keyin aholi yana uy-joy qurib, u yerlarni o‘zlashtira boshlaydi. Bu jarayon 
asosan daryoning o‘zani masshtabida sodir bo‘ladi. Bu jarayon qayta-qayta davriylik 
tarzida davom eta boradi. Davriyning davri har xil bo‘lishi mumkin. Masalan 7, 
11, 30, 60-70, 100…. 500 yil.
Favqulodda vaziyatlardan jabrlangan aholi 7, 30, 60 yil hosildor, o‘t-o‘simlikka 
boy, kuchli o‘zlashtirishga qulay erlarni bo‘sh tashlab qo‘yolmaydi. Shuning uchun 
falokat qaytalana beradi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, suv bilan bog‘liq bo‘lgan ofat suv oqimlari 
boshqarilmagan daryo o‘zanlarida sodir bo‘ladi. Suv omborlari emirilgan yoki 
kanallarning qirg‘oqlari emirilganda ham sodir bo‘ladi. Shuning uchun suv 
omborlari ko‘p bo‘lgan joylarda ( O‘zbekistonda 53 ta suv ombori mavjud) ham 
sodir bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan Chorvoq, To‘xtagul, Qayroqqum, Karkidon, 
Ragun, Nurek suv omborlari xavf tug‘diruvchi ob’ektlar hisoblanadi. Ayniqsa 
harbiy vaziyat og‘irlashgan vaqtda. Shu boisdan Chorvoq suv omborining Chirchiq 
va Toshkent shaharlariga xavfli ekanligini zinhor unutmaslik kerak.
Suv toshqini – daryo, ko‘l yoki boshqa suv havzalari suv sathining keskin 
ko‘tarilishi natijasida joyning vaqtinchalik suv ostida qolishi. 
Dunyodagi eng yirik suv toshqini 18 ming yil avval Sibirning Oltoy tog‘larida 
ro‘y bergan. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, asosiy oqimning chuqurligi 490 m. 
ga etgan va 160 km/s tezlikda harakat qilgan. 
Ma’lumki, daryolarda iqlim omillari ta’siri, xususan qorlarning erishi va jala 
bilan bog‘liq mavsumiy suv ko‘payishlari ro‘y berib turadi. Ayrim hollarda bunday 
toshqinlar tabiiy ofatlarga aylanib ketadi.
Suv toshqinlari to‘rtga bo‘linadi: 
Past – tekislik daryolarida 5-10 yilda bir marta kuzatiladi. Bunday suv toshqini 
yuz berganida qirg‘oq yaqinidagi dala maydonlari suv ostida qoladi. Bunda unchalik 
katta bo‘lmagan moddiy zarar etkaziladi va aholining hayot faoliyati buzilmaydi. 
Yuqori – har 20-25 yilda bir marta yuz berib, daryo vodiylarining anchagina 
katta maydonlarini suv bosadi. Ba’zi hollarda odamlarni xavfsiz joylarga 
ko‘chirishga to‘g‘ri keladi, anchagina sezilarli moddiy zarar etkaziladi. 
Taniqli – 50-100 yilda bir marta yuz beradi. Daryo havzalarini qamrab oladi, 
xo‘jalik faoliyati to‘xtab qoladi, jiddiy moddiy zarar etkaziladi. Aholini ommaviy 
ko‘chirishga to‘g‘ri keladi. 
Halokatli – har 100-200 yilda bir marta yuz beradi. Hayot tarzi butunlay 
o‘zgaradi. Bunday suv toshqinlari ko‘plab odamlarning qurbon bo‘lishiga olib 
keladi, muhim xo‘jalik ob’ektlarini muhofaza qilish uchun maxsus tadbirlarni 
o‘tkazishga to‘g‘ri keladi. 
Sabablari. Qor va muzliklarning erishi, uzoq vaqt davomida yomg‘ir yog‘ishi, 
daryo o‘zanlarining muz parchalari bilan to‘silib qolishi, to‘g‘onlarning buzilishi 
suv toshqiniga sabab bo‘ladi. 


Shikastlovchi omillari. Suv toshqini chog‘ida suv sathi ko‘tariladi va daryoga 
tutash joylar suv ostida qoladi. Suv toshqini paytida odamlar, qishloq xo‘jaligi 
ekinlari, chorva mollari nobud bo‘ladi, bino va inshootlar, kommunikatsiya 
tarmoqlariga shikast etadi yoki vayron bo‘ladi, moddiy va madaniy boyliklar 
yo‘qotiladi, xo‘jalik faoliyati to‘xtab qoladi, hosildor er qatlami yuvilib ketadi. 
Bundan tashqari suv toshqinlarining ikkilamchi shikastlovchi omillari ham 
mavjud bo‘lib, ular turli inshootlarni butunlay yo‘qotishdan, suv olib kelgan zararli 
moddalardan hududning zararlanishidan, sanitar-epidemiologik vaziyatning 
murakkablashuvidan, joyning botqoqlikka aylanishidan, shuningdek ko‘chki, 
o‘pirilish, transport va ishlab chiqarish avariyalari kelib chiqishidan iborat bo‘ladi. 
Bevosita zarar: 
- turar joy va ishlab chiqarish binolari, temir va avtomobil yo‘llarining 
shikastlanishi, elektr va aloqa tizimiga putur etishi, meliorativ tizimning ishdan 
chiqishi; 
- chorva mollari va qishloq xo‘jaligi ekinlarining nobud bo‘lishi; 
- xom ashyo, yoqilg‘i, oziq-ovqat mahsulotlari, em-xashak, o‘g‘itlarning yo‘q 
qilinishi yoki namlanishi; 
- aholini vaqtinchalik ko‘chirish, moddiy boyliklarni xavfsiz joylarga tashish 
sarf-xarajatlari; 
- tuproq hosildor qatlamining yuvib ketilishi va qum, loy yoki toshlar ostida 
qolishi. 
Bilvosita zararlar: 
- suv toshqinidan zarar hududlarga oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, 
dori-darmon, qurilish materiallari va texnika, chorva mollari uchun em-xashakni 
olib kelishga ketadigan xarajatlar; 
- sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining qisqarishi, 
xalq xo‘jaligi rivojlanish tempining sekinlashuvi; 
- mahalliy aholining yashash sharoiti yomonlashuvi; 
- suv ostida qolgan hududdan ratsional foydalanib bo‘lmasligi, binolar va ishlab 
chiqarish joylaridan foydalanganlik uchun amortizatsiya xarajatlarining oshib 
ketishi; 
- suv bosish zonasida qolgan doimiy tushib turadigan bino va inshootlarning tez 
eskirishi. 
Odatda bevosita va bilvosita zarar o‘rtasidagi nisbat 70:30 % ni tashkil etadi. 
Muhofaza tadbirlari. YUNESKO ma’lumotlariga qaraganda, oxirgi yuz yillik 
ichida suv toshqinlari 9 millionga yaqin odamning yostig‘ini quritgan. Ular etkazgan 
moddiy zarar ham juda katta miqdorni tashkil etadi. Odamlarning bu ofatdan 
qochishi tabiiy. Suv toshqinlaridan samarali muhofazalanish uchun ularni o‘z 
vaqtida aniq bashorat qilish zarur. Olimlarimizning fikricha, ushbu bashoratning 
haqqoniyligi hozirgi kunda 100 foizga yaqin. Suv toshqinlaridan muhofaza faol 
(damba, to‘g‘on, suvni buruvchi kanallar, suv omborlari qurish, daryo o‘zanlarini 
tartibga solish) yoki sust (aholiga xabar berish va evakuatsiya qilish, ular tomonidan 
suv bosishi ehtimoli yo‘q joylarni egallash) bo‘lishi mumkin. Tabiiy ofatning ushbu 
turi to‘g‘risida tasavvur beruvchi, odamlarning bunday vaziyatlarda o‘zlarini tutish 
qoidalari to‘g‘risidagi axborot keng targ‘ib qilinishi lozim. Odamlar bu qoidalarni 


bilishlari, kutilayotgan ofat to‘g‘risidagi ogohlantirishni olgach, o‘z vaqtida 
mutaxassislarning tavsiyalarini bajarishlari juda muhimdir. 
Suv toshqini to‘g‘risidagi xabarda odatda favqulodda vaziyat kutilayotgan vaqt, 
uning chegaralari, aholiga tavsiyalar va evakuatsiya haqida ma’lumot beiladi. 
Mobado siz yashayotgan hudud suv toshqini zonasiga tushib qolgudek bo‘lsa, u 
holda: 
- gaz, elektr, suv tarmoqlarini o‘chirish; 
- qimmatbaho buyumlarni yuqori qavatlarga olib chiqish; 
- deraza va eshiklarni yopib, taxta yoki faner bilan to‘sish; 
- evakuatsiya e’lon qilingan bo‘lsa, hujjatlar, pul va qimmatli qog‘ozlarni, uch 
kunlik egulik va tibbiy yordam qutisini hozirlash kerak. 
Suv to‘satdan ko‘tarilgan hollarda tezlik bilan tepa joylarga chiqish zarur. 
Yordam yetib kelguniga qadar yuqori qavatlarda, daraxtlar ustida yoki tepaliklarda 
qolish lozim. Suvga tushishga to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, u holda bochka, g‘o‘la, taxta, 
eshik, yog‘och bo‘laklari, avtomobil kameralaridan foydalanish mumkin. Bular 
bo‘lmaganda plastik butilkalar, hatto koptoklar sizni suv ustida ushlab tura olishi 
mumkin. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling