2- ma’ruza “logistika” faniga kirish
Logistika fanining vujudga kelish tarixi
Download 87.42 Kb.
|
1,2-маъруза-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- «armiyaning xarakati va joylashishiga tegishli urush olib borish san’ati »- «logistika»
2. Logistika fanining vujudga kelish tarixi
Logistikaning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi, mutaxassislarning fikriga kura, XIX asrdan boshlanadi. Logistika yunonchadan tarjima kilingandag‘ xisoblash, taqsimlash degan ma’noni anglatadi. Ammo, uni xarbiy ish bilan, xarbiy muammolar bilan bog‘laydilar. Logistika buyicha olib borilgan ishlarning birinchi mualliflaridan XIX asrdagi fransuz xarbiy mutaxassissi A.T.Jomini xisoblanadi, u logistikani "kushinlar xarakatining amaliy san’ati" sifatida ta’riflangan. SHuning bilan birga u ta’kidlaganki, logistika uz ichiga nafakat tashishni, balki rejalashtirish, boshkarish va ta’minot, qushinni joylashtirish joylarini aniklash xamda kupriklar, yullar kurish masalalarini va boshkalarni xam oladi. Logistikaning ayrim qoidalari Napoleon armiyasi tomonidan qo‘llanilgan. Ba’zi bir olimlarning fikricha, logistika atamasi birinchi marta xarbiylar tomonidan ishlatilgan. Masalan, 1905 yilda mayor CHapsi B.Beyker «armiyaning xarakati va joylashishiga tegishli urush olib borish san’ati»- «logistika» deb ataladi, - deb yozgan. Ikkinchi jaxon urushi davomida xarbiylar logistika modellari va qo‘shin joylashgan joyni aniklash uchun taxlil tizimi shakllaridan samarali foydalanganlar. Xarbiy fan sifatida shakllangan logistika XIX asrning o‘rtalarida rivojlana boshlagan, lekin uni amalda qo‘llash jaxon urushi yillarida Evropada joylashtirilgan Amerika armiyasining moddiy texnika ta’minotida qo‘llanilgan. Xarbiy sanoat kompleksi, transport tizimi va ta’minot ba’zalarining o‘zaro anik hamkorlik tufayli Amerika armiyasini qurollari va xarbiy materiallar bilan barkaror ta’minlashni tashkil qilishga erishilgan. Bu vazifani muvaffaqiyatli xal qilishda konteynerlar va xaltalar bilan tashishni qo‘llash ancha yordam bergan. Xarbiy bo‘lmagan soxada logistikaning rivojlanishi 70-yillar boshiga to‘g‘ri keladi va 1972-1974 yillardagi energetik inqiroz bilan bog‘liq3. Bu davrda Evropa mamlakatlari va AQSHda iqtisodning ancha yomonlashuvi, pul kadrsizlanishining o‘sib borishi va ishsizlik, ijtimoiy portlashni kutish iqtisod sohasida barqarorlashtirish va vaziyatni yaxshilash bo‘yicha shoshilinch choralarni ishlab chiqishni talab qilgan. SHunda mutaxassislar ta’minot integratsiyasi, transportni ishlab chikish, bozorda kompyuter texnikasini qo‘llash orqali taqsimlashni samarali shaklllaridan biri sifatida logistikaga murojaat qilganlar. Bu qudratli g‘oyat samarali infrastrukturani tashkil qilishga imkon bergan. Logistika – iste’molchi talablarini ko‘proq qanoatlantirish maqsadlarida xomashyo, yarimfabrikatlar, tayyor mahsulotlar va tegishli axborotlarni jamlash, saqlash, ishlab chiqarilgan joydan iste’mol joyiga tashish va uzatishning texnologik va tejamkor samarali operatsiyalarini rejalashtirish, amalga oshirish va nazorat qilish jarayonidir. Logistika – keng ma’noda mikro va makro tizim oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun moddiy, axborot va moliyaviy oqimlarni boshqarish va optimallashtirish haqidagi fan. Logistika – tor ma’noda menejmentning umumlashgan vositasi bo‘lib, moddiy va servis oqimlar hamda ularga ergashgan axborot va moliyaviy oqimlarni samarali boshqarish orqali biznesning strategik, taktik va operativ maqsadlariga erishish imkoniyatini beradi. Logistikaning 1970 yillardagi rivojlanish davridan ma’lum bo‘ldiki, masalaning echimi material oqimlarni xom ashyo manbaidan oxirgi istimolchiga etkazishni boshqarish, ya’ni logistik zanjir faoliyatini uning butun uzunligi bo‘ylab boshqarishdan iborat bo‘ladi. Ammo ayni paytda bunday echimga erishishning imkoni yo‘q edi. CHunki bunda ilg‘or infrastruktura, tegishli tashkiliy tuzilmalar, yuqori malakali ma’muriy -xo‘jalik apparati hali shakllantirilmagan va endi rivojlanayotgan yangi soha o‘zining tashkiliy-texnik asoslari va tartib-qoidalarining me’yoriy-uslubiy jihatdan chuqur ishlab chiqilishiga muhtoj edi. O‘sha davrda, ya’ni 1974 yilda I-Evropa kongressida logistikaga ilk yangi ta’rif berildi: logistika – bu material, energetik, axborot va yo‘lovchilar oqimlarini tizimli rejalashtirish, boshqarish va nazorat etish haqidagi ta’limotdir. SHu tariqa logistikaga mahsulot, tovar xom ashyo, xizmat, axborot va energiyaga bo‘lgan talabni qondirish uchun oqimlar jarayonini boshqarishning tashkiliy shakllari va usullarini ishlab chiqaruvchi ilmiy yo‘nalish sifatida qarala boshladi. Hozirgi paytda logistika sohasidagi olimlar va mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazariy va uslubiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotda qo‘llash samaradorligini oshirish uchun turli logistik tuzilmalar, assotsiatsiyalar tashkil etilgan va ular faoliyat ko‘rsatmoqda. “Ishlab chiqarish va zaxiralarni boshqarish muammolari Amerika jamiyati”, “Menejment muammolari bo‘yicha Amerika kengashi”, “Logistika va transportlashtirish bo‘yicha Amerika jamiyati”, “Materil boshqaruvi bo‘yicha Xalqaro jamiyat”, “Jismoniy taqsimlashni boshqarish va logistika instituti” (Buyuk Britaniya), “Ishlab chiqarishda logistikaning Fransuz assotsiatsiyasi”, Gollandiya, Italiya, SHvetsariya, Germaniya, Finlandiya va boshqa mamlakatlardagi logistika assotsiatsiyalari, Rossiya logistika bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashlari shular jumlasidan. Logistika g‘arb mamlakatlari va YAponiyada rivojlanishi ishlab chiqaruvchilarni bozor xolati va raqobatga tez e’tibor berishlari zarurligi, tez o‘zgarayotgan sharoitlarga moslashishga xarakat qilishlari bilan rag‘batlantiriladi. SHunday qilib logistikani moddiy resurslarni jismoniy taqsimlash, ushbu jarayoni texnik, texnologik, tashkiliy ta’minlash xaqidagi aloxida fanga ajratish ilmiy-texnik taraqqiyot natijalari ta’siri ostida sodir bo‘ladi va maxsulot muammolari jarayonini tashkil qiluvchi elementlar uch yo‘nalishga aniq taqsimlangan: Bozor tadqiqoti, iste’molchilar zaxiralarini aniqlash, raqiblar takliflari va iste’molchilar talablarini o‘rganish va bozor iqtisodiyotining boshqarishning boshqa uslublaridan foydalanish asosida sotish bozori, ularni qo‘lga kiritish, kengaytirish, saqlab qolish asosida amalga oshiriladigan raqobat kurashi; Mahsulotlarini sotish bozorlarini aniqlash va moddiy resurslar muomalasi jarayonining barcha boskichlari ularning barcha jismoniy xarakatlari bo‘yicha hamma operatsiyalar aniq va mukammal o‘ylab chiqilgan, rejalashtirilgan va tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan iste’molchilar buyurtmalari bo‘yicha tashkil qilingan; Maxsulotlar muammosi va ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida tovar xarakati bo‘yicha axborotlar xarakatini tartibga solishdir. Marketing soxasida faoliyat ko‘rsatuvchi menejer va ishbilarmon nuqtai nazaridan logistika quydagicha ta’riflanadi: bu -belgilangan vazifalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan vositalarni va xizmatlarni maqsadga muvofiq tayyorlash va ishlashini tashkil qilish, rejalashtirish va boshqarish. Logistika fani o‘zining rivojlanish davrida bir necha bosqichlardan o‘tgan. Bu bosqichlar 1.3-rasmda keltirilgan. Logistikaning rivojlanish bosqichlari
1.3-rasm. Logistikaning rivojlanish bosqichlar Download 87.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling