Birinchi tur kanalchalaridan neft,
suv va gaz bemalol
harakatlanadi.
Ikkinchi tur kanalchalarda esa
kapillyar kuchlar
natijasida harakatlanish bo’ladi.
O’ta mayda kapillyar kanalchalarida umuman harakat
bo’lmaydi.
Tog` jinslarining g`ovakliligini ta'riflashda to’liq
g`ovaklilik koeffitsienti hamda tog` jinslarining
statik yoki
dinamik holatini harakterlovchi statik foydali hajm va
dinamik hajm tushunchalari ham mavjud.
Neft va gaz qatlamlari qanday tog` jinslaridan tashkil
topganligiga qarab g`ovaklik keng ko’lamda o’zgarishi
mumkin. Masalan:
qumtoshlarda 8 - 10 % dan 22 - 25 % gacha,
ohaktoshlarda 1 - 2 % dan 10 - 12 % gacha va h.k.
Tog` jinslarining g`ovakliligi
donadorlik,
zarrachalarning qanday joylashganligi bilan bir qatorda
qatlam bosimi va haroratiga ham bog`liq, qatlam
bosimining ortishi g`ovaklikni kamaytirib, haroratning
ortishi esa g`ovaklikni birmuncha oshishiga olib keladi.