2.4. Qatlamdagi fazalar harakati
Neft va gaz konlarida qatlamlar faqat neft yoki gazning o’zi bilan emas,
balki suv bilan to’yingan bo’ladi, ya'ni bir vaqtning o’zida neft, gaz va suv
birgalikda harakatlanishi mumkin. Bunday uch faza harakatlanayotganida
tog’ jinsining absolyut o’tkazuvchanligi qandaydir bir faza uchun shu
absolyut o’tkazuvchanlikdan kichik bo’ladi.
Ilmiy tajribalar shuni ko’rsatadiki, fazaviy va nisbiy o’tkazuvchanliklar
asosan tog’ jinsi u yoki bu faza bilan qanchalik to’yinganligiga bog`liq
ekan.
Qatlamlarda bir vaqtning o’zida ikki fazali - "neft+Qsuv", "neftQ+gaz",
"gaz+Qsuv" harakati hamda uch fazali "neftQ+gazQ+suv" harakati
bo’lishi mumkin. Bunday hollarda har bir faza uchun o’tkazuvchanlik
miqdori juda muhim ahamiyatga ega bo’lib qoladi. Har bir faza uchun
aniqlangan o’tkazuvchanlik suyuqlik va gazlarning sirqish qonunlarini
o’rganishda keng qo’llaniladi. Bundan tashqari, bu ko’rsatkichlarga
asoslanib quduqlarning mahsuldorligi, qatlamlardagi o’zgarishlar va h.k.
aniqlanadi.
Fazaviy va nisbiy o’tkazuvchanlikning har xil muhitlarda o’zgarishini
ko’rib chiqaylik.