2 – ma'ruza mavzu: Tog` jinslarining g’ovakligi, yoriqligi va kovakliligi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
2-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`zlar: g’ovaklik, statik foydali hajm, dinamik foydali hajm, Preobrajenskiy
- 2.1. Tog` jinslarining g’ovaklilik xossalari
- G’ovaklik = 14%
- Birlamchi bo’shliqlarga
Reja: 1. Tog` jinslarining g’ovaklilik xossalari 2. Yoriq kollektorlarning yoriqlik intensivligi, ochiqligi va g’ovakligi. 3. Tog’ jinslarining o’tkazuvchanligi 4. Qatlamlardagi fazalar harakati. Tayanch so`zlar: g’ovaklik, statik foydali hajm, dinamik foydali hajm, Preobrajenskiy usuli, Mel'cher usuli, yoriqlilik intensivligi, ochilganlik, yoriqlilik zichligi, o’tkazuvchanlik, mutlaq, fazaviy, nisbiy o’tkazuvchanlik, Darsi. 2.1. Tog` jinslarining g’ovaklilik xossalari Tog` jinslari ichidagi bo’shliqlar ularning g`ovakligini bildiradi. G`ovaklik esa o’z navbatida g`ovaklilik koeffitsienti bilan harakterlanadi. Tog` jinsi ichidagi hamma bo’shliqlar hajmining (V bo’sh ) umumiy tog` jinsi hajmiga(V u ) bo’lgan nisbati to’liq (yoki mutlaq) g`ovaklik koeffitsienti deyiladi. 𝑚 = 𝑉 𝑏𝑜 ′ 𝑠ℎ 𝑉 𝑢𝑚 4 G’ o v a k l I k Umumiy Foydali Ochiq Umumiy g’ovaklik m = V g’ov. / V um. Ochiq m ochiq = V ochiq.g’ov. / V um. Foydali m foy. = (V och.g’ov – V qol.suv ) / V um = m ochiq. (1 – S qol.suv. ) m > m och. > m foy. Kam sementlashgan qumtosh m ~ m о Kuchli sementlangan qumtosh, karbonat, loyli jins m > m о Форма зерен – zarrachalarning shakli Заполнение (укладка) – to’ldirish (joylash) Гранулометрический состав – donadorlik tarkibi Цементирующие материалы - sementlangan material Горное давление - tog’ bosimi Sharchalarni rombsimon joylashtirish G’ovaklik = 27 % Ikki o’lchamli sharchalarni joylashtirish G’ovaklik = 14% G`ovaklik koeffitsienti foizda yoki o’nli birlikda o’lchanadi. Tog` jinsidagi bo’shliqlar hosil bo’lish jarayoniga qarab ikki turli bo’ladi – birlamchi va ikkilamchi bo’shliqlar. Birlamchi bo’shliqlarga zarrachalar; qatlamchalar orasidagi bo’shliqlar va uzoq geologik davrlarda yotqiziqlarning paydo bo’lish vaqtida hosil bo’lgan bo’shliqlar kiradi. Ikkilamchi bo’shliqlarga esa har xil tektonik harakatlar oqibatida yangidan paydo bo’lgan katta darzliklar, tog` jinslarining maydalanishidan, erishidan va h.k.lardan paydo bo’lgan bo’shliqlar kiradi. Tog` jinslari bo’shliqlarining to’zilishi ularning donadorligiga, shakliga, katta - kichikligiga, kimyoviy tarkibiga bog`liq bo’ladi. Bundan tashqari, katta va kichik g`ovaklarning nisbatiga qarab, tog` jinslarining bo’shliqlari turli - tuman bo’ladi. Ko’pincha bu g`ovaklar va bo’shliqlar o’zaro birlashib, tog` jinslarining kanallarini tashkil qiladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling