2- ma’ruza Tabiiy ipak ishlab chiqarish texnologik jarayonlari Reja
Download 399.64 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
2- Ma’ruza Tabiiy ipak ishlab chiqarish texnologik jarayonlari Reja: 1. Tut ipak qurti tavsifi. 2. Pillaga dastlabki ishlov berish. 3. Pilla chuvishdagi texnologik jarayonlar. Tabiiy ipak- ipak qurti o’raydigan juda ingichka ip. Pillakashlik fabrikalarida pillalarni pilla o’rash uskunalarida chuviladi. Chuvish paytida bir necha pilla ipakning uchi birlashtiriladi. Natijada, xom ipak hosil bo’ladi. Xom ipak iplari oqsil - serisin bilan bir-biriga birikkan bir necha pilla ipidan iborat. Pillalarni yig’ish va tortish paytida hosil bo’lgan chiqindilar (ustki chigal qatlamlar, pilla po’stloqlarining qoldiqlari, teshilgan va chuvib bo’lmaydigan pillalar ) dan yigirilgan ipak olishda foydalaniladi. Tut ipak qurti tavsifi. Tut ipak qurti faqat tut bargi bilan oziqlanadi, shuning uchun tut ipak qurti (Bombyx mori L.) turiga kiritilgan. O’ziga mudoafa qatlami o’ragani uchun (Bombycidial) oilasiga mansub, kapalagining tanasi tangachalar bilan qoplanganligi uchun tangachalilar yoki kapalaklar (Lepidoptera) turkumi, rivojlanish bosqichlarida bir turdan ikkinchi turga o’zgarganligi sababli metamorfozalilar (Holometabola) bo’limi, uch juft oyoqlari, tanasi, bosh, ko’krak va qorin qismlariga ajralganligi uchun xasharotlar (Insekta) sinfi, nafas olish organlari traxeyadan tuzilganligi uchun traxeya nafas oluvchilar (Thacheata) kenja tipiga, oyoqlari bo’g’imlardan tashkil topgani uchun bo’g’im oyoqlilar (Arthropoda) tipiga kiradi. Tut ipak qurtining hayoti 4 ta davrdan iboratdir. I. urug’lik yoki tuxumlik davri, qishlash va embirionning rivojlanish davri; II. Qurtlik davri. Bu davrda oziklanib, rivojlanadi va keyingi hayot faoliyati uchun ozuqa to’playdi. Qurtdan g’umbakka aylanish davrida mudoafa qobig’inin, ya’ni pilla o’raydi. III. G’umbaklik davri– metamorfoza. Bu tanasini qayta tiklash, kakpalaklik davriga xos belgilarni hosil qilish, shaklini o’zgartirish davri. IV. Kapalaklik davri. Bu davr jinsiy balog’atga etish, tuxum qo’yish – nasl berish davri hisoblanadi. Download 399.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling