2- ma’ruza Tabiiy ipak ishlab chiqarish texnologik jarayonlari Reja
Download 399.64 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
I-tuxum II-qurt III-g’umbak IV-kapalak. Pillaga dastlabki ishlov berish. Pilla tayyorlash mavsumida pillakashlik fabrikalari pillaning bir qismini ho’lligicha yoki ozgina (yarim) quritib ishlatadilar. I II III IV Qolgan 9-10 oylik ishi uchun zarur bo’lgan pillaning mexanik va texnologik sifatlarini buzmaslik uchun, pilla ichidagi g’umbakni o’ldirish va uni quritish kerak. Ipak qurti pillasini o’rab bo’lib, 6-9 kun ichida g’umbakdan kapalak holiga aylanadi. Bu kapalakni yuqorida aytganimizdek kapalak jig’ildonidan og’iz teshigi orqali ishqorga o’xshash suyuqlik chiqarib pilla qobig’idagi serisinni eritadi. Shundan so’ng kapalak ipak tolasini boshi hamda oyoqlari bilan har tomonga surib tashqariga chiqadi. Kapalagi chiqib ketgan pilla teshik bo’lib qoladi va uni fabrikalarda tortish mumkin emas. Teshik pillalarni faqatgina ipak yigirish fabrikalarida ishlatiladi. Pilladan kapalak chiqib ketmaslik va pilla ichidagi g’umbakning chirib, buzilib ketmasligining oldini olish uchun, unga dastlabki ishlov berish, ya’ni ichidagi g’umbakni o’ldirish va quritish kerak. Pillalarni dastlabki ishlash bazalarida quydagi ishlar bajariladi: - ho’l pillalarni qabul qilish va sifatini aniqlash. - ho’l pillalarni g’umbaklarini o’ldirish va quritish; - quruq pillalarni topshirish uchun tayyorlash va korxonalarga jo’natish. Xom pillalarga dastlabki ishlov berishda quyidagi usullar qo’llaniladi: 1. Quyosh nuri yordamida g’ubakni o’ldirish va quritish; 2. Kimyoviy usullar bilan g’umbakni o’ldirish; 3. Yuqori chastotalik tok bilan g’umbakni o’ldirish; 4. Havosizlik (vaakum apparat) yordamida g’umbakni o’ldirish; 5. Muzlatish usuli bilan g’umbakni o’ldirish; 6. Issiq havo bilan g’umbakni o’ldirish va quritish; 7. Bug’ bilan g’umbakni o’ldirish va soyada quritish. Download 399.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling