2- ma’ruza til va jamiyat. Sotsiolingvistika reja
Til irqiy hodisa ham emas
Download 346.77 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
Til irqiy hodisa ham emas. Bir tilda gapiradigan odamlar turli irqqa mansub bo‘lishi va,
aksincha, turli irqqa mansub bo‘lgan odamlar bir tilda gapirishi mumkin. Ijtimoiy hodisalarga bazis, usqurma, madaniyat, urf-odatlar, tafakkur va boshqalar kiradi. Bu hodisalar kishilik jamiyati uchun xizmat qiladi. Til ham bu ijtimoiy hodisadan farqi bo‘lib, jamiyatga xizmat qiladi. Til sinfiy hodisa emas. U barcha sinflarga birday xizmat qiladi. Jamiyatdan tashqarida yashagan inson bolasi qancha umr ko‘rmasin, u hеch qachon gapirmaydi. Til nasldan naslga ta’sir etmaydi. Uning irsiyatga hеch qanday aloqasi yo‘q. Irsiyat qonuniga binoan bolaning biologik, antropologik xususiyatlari: yuz tuzilishi, rangi, sochining rangi va boshqalar avloddan-avlodga o‘tadi. Til va jamiyatning o‘zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani o‘rganadi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko‘p vazifali, hamma uchun umumiy bo‘lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtai nazaridan chegaralangan bo‘lib, tilning nutqiy ko‘rinishini tashkil etadi. Masalan, o‘zbek tiliga qarluq-chigil-uyg‘ur dialekti asos bo‘lgan. Bu sheva Farg‘ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili—ko‘p dialektli til. Bu hol o‘zbek tilining o‘ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o‘zbek millatining o‘tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadi. Ta’kidlanganidek, til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, avval urug‘dosh tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan. Dialektlar urug‘chilik davridan boshlab, jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichiga qadar son jihatdan ko‘payib boradi. Bu qabilalarning yashash tarzi bilan bog‘liq. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillar markazdan uzoqlashgan sari ulardagi dialektal farq orta boradi va bu dialektal farqlar oxir-oqibatda yangi til paydo bo‘lishi uchun asos bo‘ladi. Dialektlar sonining ko‘payishi va ular asosida yangi-yangi tillarning vujudga kelishi til taraqqiyotining
Download 346.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling