differensiatsiya jarayonini tashkil qiladi. Differensiatsiya tillarning dialektlarga parchalanishidir.
Har bir millat o‘z adabiy tilining mustahkamlanishi uchun harakat qiladi. Jamiyat
taraqqiyotining keyingi bosqichlarida dialektlar kamayib, adabiy tilga yaqinlasha borishi
kuzatiladi. Buni adabiy til ta’sirining kengayishi bilan izohlash mumkin. Til taraqqiyotidagi bu
jarayon integratsiya deb yuritiladi. Integratsiya bir tilga mansub shevalarning adabiy til
me’yorlariga yaqinlashuvidir. Bunday jarayonlar tasodifan yuz bermaydi, balki jamiyat
taraqqiyotiga, ijtimoiy hayotning taraqqiyot jarayonlariga bog‘liq tarzda sodir bo‘ladi.
Dunyo tillarining, ma’lum ma’noda, o‘ziga xosligini yorituvchi, muayyan tilning boshqa
tillardan farqli jihatlarini ko‘rsatuvchi tadqiqotlar yaratilgan. Mazkur tadqiqotlarning bosh
masalasi til va jamiyat munosabati talqinidir. Tilning jamiyat bilan bog‘liq tomonlarini o‘rganish
tilning o‘ziga xos ichki qurilishi, imkoniyatlarini yoritishda ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |