Mahalliy tillar kam sonli aholiga xizmat qiladigan tillardir. Mahalliy tillar o‘z yozuviga
ega emas. Bunday tillar faqat og‘zaki shaklda mavjud bo‘lib, aholining kundalik aloqa-
munosabat ehtiyoji uchun xizmat qiladi.
Kreol tillar Yevropa mustamlakachilarining afrikaliklar, Sharq mamlakatlari xalqlari va
Amerika hindulari bilan muloqoti natijasida mahalliy aholi tillariga Yevropa tillari (fransuz,
ingliz, portugal) xususiyatlarining singishidan hosil bo‘lgan tillardir. Masalan, Amerikadagi
Gaiti oroli mahalliy aholisi tilining fransuz tili bilan aralashuvi natijasida giti-kreol, Lotin
Amerikasidagi mahalliy aholi tili bilan ispan tilining aralashuvidan ispan-nauatal kreol tili
hosil bo‘lgan. Kreol tillarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularda birdan ortiq tilning
o‘ziga xos xususiyatlari yaxlit holda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |