Me’yorlashtirilgan tillar adabiy til me’yoriga ega bo‘lgan tillardir. Bunday tillarga
adabiy shakliga ega bo‘lgan barcha tillar kiradi. Adabiy til tarixiy taraqqiyot jarayonida
takomillashib, o‘zgarib boradi.
Qadimiy tillar tillarning dastlabki taraqqiyoti davrida shakllangan, takomiliga yetgan,
eng qadimiy madaniy-ma’naviy yodgorliklar yaratilgan tillardir. Bu tillar keyingi davrlarda
shakllangan bir qator tillar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Qadimiy tillar kishilik
jamiyatining umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyat kasb etgan. Ma’lum davrda aloqa-
munosabat vositasi sifatida mavjud bo‘lib, keyingi davrlarda iste’moldan chiqa borgan.
Natijada o‘lik tilga aylangan. Lotin tili qadimiy tilning yaqqol namunasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |