2- mavzu: Boshlangʻich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari
Download 50.54 Kb.
|
2 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik texnologiya
Pedagogik texnologiya - o’quvchini o’qitish, tarbiyalash, shaxsini rivojlantirish masalalari yechimiga qaratilgan va ma’lum ketma-ketlik asosida amalga oshiriladigan pedagogik-psixologik usullar, uslublar majmuidir. U o’quv jarayonining texnik ta’minotidagi yangiliklar, o’quvchi tafakkuri, jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, ta’lim sohasidagi davlat siyosati, jamiyatning axborot makoni (“Internet”), undan foydalanish imkoniyatlari, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning ma’naviy dunyosi hamda moddiy ta’minoti darajasiga bog’liq holda rivojlanib, yangilanib boruvchi innovatik loyihadir.
Pedagogik texnologiya - insonga oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’lim-tarbiyaviy ta’sir o’tkazish faoliyatidir. Lekin, pedagogik texnologiya bilan o’qitish uslubi (metodika)ni farqlash joizdir. O’qitish uslubi (metodika) - ma’lum o’quv fanini o’qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadbiq qilishga qaratilgandir. Ilmiy adabiyotlarda pedagogik texnologiyaning uch aspekti to’g’risida fikr yuritiladi: ilmiy, tavsifiy, amaliy. Ilmiy aspektda o’qitishning maqsadi, mazmuni va metodlari ilmiy asoslanadi, pedagogik jarayon loyihalashtiriladi. Tavsifiy aspektda rejalashtirilgan o’qitish natijalariga erishishning maqsadi, mazmuni, metodlari va vositalarining ishtiroki asosida algoritm jarayoni ishlab chiqiladi. Amaliy aspektda pedagogik texnologiya jarayoni amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiya – bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat japayoni mazmunidir. Ta’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo’llaniladi: Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli bo’lib, ularga muammoli, tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga yo’naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, masofali o’qitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish mumkin. Mazkur texnologiyalar innovatsiya tavsifiga ega bo’lib, novator o’qituvchilar, olimlar va izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan va amaliyotga keng tatbiq etish imkoniyatiga ega bo’linganidan so’ng uni amaliyotchi o’qituvchilar o’z faoliyatida qo’llaydilar. Download 50.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling