2- mavzu: Boshlangʻich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari


Download 50.54 Kb.
bet7/13
Sana01.03.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1241510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2 maruza

Pedagogik texnologiya ta`lim-tarbiya jarayonlari, ta`lim usuli, vositalari, shakllari, o’qituvchi va tahsil oluvchi o’rtasidagi munosabatlar majmui bo’lib, ta`lim jarayoniga tizimli, texnologik yondashuvni talab qiladi va o’zida ta`lim maqsadlarini oydinlashtirishni, natijasini kafolatlashni va ob`ektiv baholashdek muhim belgilarni aks ettiradi .
Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va umuminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga, ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi.Bu xususiyatlar pedagogik texnologiyaganing Nufuzli YUNESKO tashkiloti ma`qullagan ta`rifida ham o’z ifodasini topgan: «Pedagogik texnologiya - ta`lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning ta`sirini inobatga olib, o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qo’llashning tizimli metodidir»18
Pedagogik texnologiyaning yuzlab ta’riflari mavjud, jumladan: “PT-bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayoni loyihasidir” (V.P. Bespalko).
PT - avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir”. (V.M. Monaxov).
PT-o’quv jarayoniga texnologik yondoshgan holda, oldindan belgilanib olingan maqsad ko’rsatkichlaridan kelib chiqib, o’quv jarayonini loyihalashdir”. (M.V. Klarin).
PT–o’quvchilar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan aniqlangan maqsadni ifodalaydi” (I.Ya. Larner).
PT-bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi(talaba) larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ulardan oldindan belgilangan shaxs sifatlarining intensiv shakllantirish jarayonidir” (N.Saydahmedov, A.Ochilov).
PT-ta’lim jarayoniga yangicha yondoshuv bo’lib, pedagogikada ijtimoiy–muxandislik ong ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va inson tafakkuri asosida standart holga solib, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog’liq ijtimoiy hodisadir” . (B.L. Farberman).
PT-bu majmuli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir majmuga keltirishdir”. (T.Sakomoto).

Download 50.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling