2- mavzu: Boshlangʻich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari


Download 50.54 Kb.
bet3/13
Sana01.03.2023
Hajmi50.54 Kb.
#1241510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 maruza

Birinchi bosqich (1997-2001-yy.) mavjud kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy moddiy shart-sharoitlar yaratish «...jumladan pedagog va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash hamda ularni malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish».
Ikkinchi bosqich: (2002-2005-yy.) Milliy dastumi to’la ro’yobga chiqarish, mehnat bozorini rivojlantirish va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda unga aniqlik kiritish, «Ta’lim muassasalarini moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom yettiriladi, o’quv-tarbiya jarayoni yo’qori sifatli o’quv adabiyotlar va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi».
Uchinchi bosqich: (2005 va undan keyingi yillar) to’plangan tajribalar tahlil etilishi, kularni umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish» ko’zda tutilgan edi.
Ta’lim muassasalarini resurs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash ko’zda tutilgan» edi. Bunda biz pedagogik texnologiya Milliy dasturni amalga oshirishning muhum vositasi ekanini ko’ramiz.
Belgilangan vazifalar asosida bugungi kunda ta’lim sohasida juda katta ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyaning ta’lim jarayoniga kirib kelishi jadallashmoqda.
Hozirgi kunda har bir pedagog yoki ishlab chiqarish xodimi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va texnik tizimlari majmuini puxta bilishi taqoza etilmoqda. shu bilan bir qatorda pedagog ishlab chiqarishning faol ishtirokchisi, ishlab chiqarish mutaxassisi ham o’z navbatida pedagog vazifasini bajarishi lozim.
O’quv – tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslihatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o’quvchidan ko’proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik texnologiyaning o’quv –tarbiya jarayonida qo’llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, o’quvchini kim o’qitayotganligi va o’qituvchi kimni o’qitayotganiga bog’liq. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nutqai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo’layorgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan o’zlari tomonidan baholashga qodir , zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. SHuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o’quv – tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari-interfaol uslublar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir . Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo’llanishiga oid bilimlar , tajriba o’quvchi- larni bilimli va yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.

Download 50.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling