2- mavzu: Boshlangʻich maktabda pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari va texnologiyalari
Download 50.54 Kb.
|
2 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik jarayonda oquv-pedagogik texnologiyalar. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib faol innovatsion harakatni boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo‘lga qo‘yilgan edi. Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko tomonidan o‘qitishni jamoaviy o‘qitish, D.B.Elkonin, V.V.Davыdov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim to‘g‘risidagi qarashlar o‘z vaqtida ma’lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa innovatsion ta’lim texnologiyalari: dialektik o‘qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina), o‘qitishning individual yo‘nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Ekologiya va dialektika” (L.V.Tarasov), evristik o‘qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler, S.Yu.Kurganov), loyihali o‘z-o‘zini refleksiya (G.P.Shedrovitskaya) va b.q.larni keltirish mumkin.
Ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish, xususiy tadbirkorlar va davlat o‘rtasidagi hamkorlik, kichik va o‘rta innovatsion biznesning xalqaro aloqalarini qo‘llab-quvvatlash innovatsion faoliyatni keng rivojlantirishning muhim shartlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyoning rivojlangan davlatlarida yangiliklarning qariyb yarmi tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes firmalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Chunonchi, AQSh Milliy ilm-fan fondi ma’lumotlariga ko‘ra, kichik firmalarda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar soni sarf-xarajatlar birligi bo‘yicha o‘rta va yirik firmalarga qaraganda ancha ko‘pdir. Bundan tashqari, kichik firmalar yangiliklarni jadal o‘zlashtirish va iste’molchilarga yetkazib berishda ham yirik firmalarga qaraganda taxminan uchdan bir barobar ilgarilab ketgan. Pedagogik jarayonda o'quv-pedagogik texnologiyalar. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan asosiy vazifalardan biri fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu masala yechimida axborot, pedagogik va ishlab chiqarish texnologiyalari o’rtasida o’zaro bog’liqlik, muvofiqlik, bir-birini to’ldiruvchanlik bo’lishi talab etiladi. O’zbekistonda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturida ta’lim- tarbiyani tubdan isloh qilish ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish; «Ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualari yaratish va o’quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash»ga bog’liqligi ko’rsatiladi. Ma’lumki, Milliy dastur bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko’zda tutilgan edi. Download 50.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling