2- mavzu. Gipskartonli qoplamalar va panellar, gipstolali qoplamalar
Gipskarton qoplamalarining qalinligi, mm
Download 1.18 Mb.
|
2-ma\'ruza Gipskartonli qoplamalar va panellar (2)
Odatda, GKQ larni quyidagi o‘lchamlarda ishlab chiqariladi: uzunligi -2500±8, eni- 600, 1200, 1250 mm. Qatlamlarni yelimlash uchun polivinilase-tatli gomopolimer dispersiyasi yoki quyuqlashtirgich (kazeinli yelim) aralashtirilgan sintetik latekslar ishlatiladi. Gipskarton panellar Rossiya me’yorlariga (TU5772-002-04001508-4(OP) asosan ishlab chiqariladi. Bunday panellarning izolyatsiya qatlami GKQ larning bo‘ylama va ko‘ndalang qirralaridan ozgina chiqarib yelimlanadi, bu esa qoplamalarni loyiha vaziyatiga o‘rnatganda, orasidagi choklarni kafolatlaydi. Har bir plitada bu chiqishlarning summasi 10 mm dan oshmasligi kerak. Kombinatsiyalashgan panellarning to‘ldirishni qatlamlari orasida bug‘dan himoyalashni ta’minlash uchun gipskarton va izolyatsiya qatlamlari orasiga munosib matariallarni qo‘yish mumkin. Yassi devor yuzalari uchun karkazsiz biriktirish (yelim yoki gips qorishmasi bilan) usullari qo‘llanilishi mumkin, bu esa nuqtali issiqlik o‘tkazuvchilarni istisno qilishga olib keladi (burmamixli va buramamixli birikishlar). Ko‘pikqoplamali isitgichli kombinatsiyalangan panellar havorang bo‘yoq bilan belgilanadi, ko‘pikuretanlisi esa – qora bilan, bunda yozuvlar karton tolalarining yo‘nalishi bo‘yicha yoziladi. Belgilashga misollar: • gipskartonli kombinatsiyalashgan panel (V), gipskarton qurilish qoplamasidan tarkib topgan (V) va qiyin yonadigan ko‘pikqoplamali plitasi (RS) – qiyin yonish sinfini ko‘rsatish (V1 sinfi), standartni va olovga chidamlilik bo‘yicha o‘tkazilgan hujjat tartib raqami –VBPS-V1 ko‘rsatiladi; • gipskartonli kombinatsiyalashgan panel (V), gipskarton qurilish qoplamasidan tarkib topgan (V) qalinligi 9,5 mm va ko‘pikqoplamali plitasi (RS), sinfi V1 (qiyin yonadigan), qalinligi 20 mm, standart - VBPS-9,5-20V1; • gipskartonli kombinatsiyalashgan panel (V), gipskarton qurilish qoplamasidan tarkib topgan (V) qalinligi 12,5 mm va ko‘pikuretan plitasi (RU), sinfi V2 (yonadigan), qalinligi 3 mm, standart – VPU-12,5-30V2. Gipskarton panellar bino devorlarining tashqi va ichki yuzalarini, issiqlik va tovush izolyatsiyasini ta’minlash maqsadida, pardozlash uchun ishlatiladi, shu bilan birga ular turar-joy va fuqaro binolarining himoya konstruksiyalarini va xona shiftlarini ham pardozlash uchun ham ishlatiladi. Agar panellarning izolyatsiya qatlami yonadigan materiallardan qilingan bo‘lsa, unda me’yoriy hujjatlarga asosan yong‘inga qarshi talablarga to‘liq amal qilish kerak Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling