2- mavzu. Gipskartonli qoplamalar va panellar, gipstolali qoplamalar


Download 1.18 Mb.
bet7/13
Sana21.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1376372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
2-ma\'ruza Gipskartonli qoplamalar va panellar (2)

p/p

9,5 mm li GKQ ni sinash

Chegaraviy miqdorlari, N/mm²

1

Yuzasini siqish

8…9,5

2

qirralarini siqish

7…10

3

Karton tolalariga ko‘ndalang siqish
Karton tolalariga bo‘ylama siqish

1…1,2
1,8…2,5

4

Karton tolalariga ko‘ndalang siljish
Karton tolalariga bo‘ylama siljish

3,5…4,5
3,5…4

5

Karton tolalariga ko‘ndalang egilish
Karton tolalariga bo‘ylama egilish

450
150

6

Brinell bo‘yichaGKQ yuzasining qattiqligi

15










Iqlimiy faktorlarning ta’siri ostida GKQ larning qurilish xossalari quyidagicha belgilangan [2]:
• Muvozanatli namlik, massasi bo‘yicha % da, harorati 20 ºS va havoning nisbiy namligi 65% bo‘lganda ≈ 0,5.
• Suv bug‘ining 2 soatdagi yig‘ilishi, massasi bo‘yicha % da ≈ 3.
• Erkin cho‘zilishda kirishib qiskarish va shishishning miqdori, mm/m, harorati 20 ºS va havoning nisbiy namligi 65% dan 95% gacha bo‘lganda ≈0,2.
• Qalinligi bo‘yicha shishishi, mm/m, harorati 20 ºS va havoning nisbiy namligi 65% dan 95% gacha bo‘lganda ≈ 1,0.
• Suv bug‘lari diffuziyasiga qarshilik koeffitsenti 8 ga teng.
• Bug‘ singishi koeffitsenti, kg/(ч̇∙m∙Pa): 0,009…0,023.
• Suv bug‘ini shimib olish, g/m², absolyut namlikning 1 g/m³ ∙soat oshishida:
Ishlov berilmagan GKQ (GKV) turidagi qoplamalar 2,29
xuddi shunday, yelimli bo‘yoq bilan bo‘yalgan 3,03
xuddi shunday, lateks bo‘yog‘i bilan 1,70
xuddi shunday, oboy yopishtirilgan (170 g/m²) 2,66
xuddi shunday, moyli bo‘yoq bilan 0,16
GKQ larning ultrabinafsha nurlarga turg‘unligi ular rangining o‘zgartirish imkoniyati bilan tavsiflanadi, bunda 50 mm qalinlikga ega gips turg‘unligi 0,2 mm bo‘lgan qo‘rg‘oshin turg‘unligiga tengdir (DIN 6812 me’yorlari bo‘yicha).
GKQ va GKNChQ larning ikki soat davomida suvda turganida, ularning suv shimishi massasi bo‘yicha 30% ni, GKQV va GKQVO larniki esa 10% ni tashkil etadi.
Ikki soat suvda turgandan keyin, havoning harorati 20ºS va nisbiy namligi 65% bo‘lgan sharoitda, quritish vaqti GKQ va GKQO lar uchun -70 soat, GKQV va GKQVO lar uchun esa – 15 soatni tashkil etadi.
Vertiqal turgan GKQ larda suvning kapilyar ko‘tarilish balandligi 24 soat ichida GKQ (GKB) va GKQO (GKF) lar uchun – 210 mm, GKQV (GKBI) va GKQVO (GKFI) lar uchun esa – 20 mm ni, 20 sutkadan keyin esa tegishli ravishda 380 va 45 mm ni tashkil etadi.
Uzoq vaqt davomida suv ta’sirida bo‘lgan GKQ larda sezilarli darajada kartonni gips o‘zagidan ajralish holatlari kuzatilishi mumkin.
Gipskartonning issiqlik texnikasi xossalari quyidagi ko‘rsatgichlar bilan tavsiflanadi:
• Issiqlikdan kengayish koeffitsenti taxminan 0,0018 mm/m ni tashkil etadi.
• DIN 4108 (4-qism) me’yori bo‘yicha hisob qiymati sifatida tavsiflanadigan issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,21 Vt/(m∙K) ni tashkil etadi.
• Gipskarton qoplamalarning qalinligiga nisbatan termik qarshiligining 1/1 ko‘rsatgichlari 2.4.-jadvalda keltirilgan.
• Solishtirma issiqlik sig‘imi S 837 dan 1088 Dj/kg∙ K gacha bo‘ladi.
O‘zining elektrotexnik xossalari bo‘yicha GKQ lar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: havoning harorati 20ºS va nisbiy namligi 65% bo‘lganda, GKQ ning yuza tomonining solishtirma yuza qarshiligi 3,5∙108 dan 5,0∙109 Om gacha teng; orqa tomoniniki esa – 6,5∙108 dan 1,0∙109 Om; uzunligi bo‘yicha – 2,0∙109 Om.
Kimyoviy sanoat uyushmasining ko‘rsatmasi bo‘yicha GKQ statik elektr toki zaryadining to‘planishi borasida xavfli emas [2].
GKQ ning keltirilgan fizik-texnik tavsiflari va xossalari bir qator qimmatli qurilish sifatlarini amalga oshirishga imkon tug‘diradi: tayyorlash va foydalanish jarayonida ekologik tozalikga; yuqori iqtisodiy samaradorlikga; maxsus uskunalardan foydalanmasdan turib ishlov berishga, chunki kesgan paytda chang va bo‘lakchalarni yo‘qotishga zaruriyat yo‘q; texnologik jarayonlarni amalga oshirayotganda yuqori mehnat xavfsizligini ta’minlanganligi; mixlanayotganda va buramamixlanayotganda oldindan teshiklash shart emasligi; uncha katta bo‘lmagan massa, transportabelliligi, o‘lchamlarning yuqori aniqliligi, yuzalarga ishlov berish imkonining borligi; ovoz izolyatsiyasi va olovga turg‘unlik darajalarini ta’minlashda qo‘llashning universalligi; suv va issiqlik izolyatsiyasi, yetarli bikrlik.
2.4.- jadval.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling