2- mavzu. Gipskartonli qoplamalar va panellar, gipstolali qoplamalar


Gipskarton qoplamalarining turlari


Download 1.18 Mb.
bet2/13
Sana21.04.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1376372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-ma\'ruza Gipskartonli qoplamalar va panellar (2)

2. Gipskarton qoplamalarining turlari
Karton qobiqdagi gipskarton tasma konveyerda tayyorlanib, so‘ng kesiladi va ular alohida qoplamalarga aylanadi. Konveyerdan olingan har birta qoplama to‘rtta qirraga ega – ikkita ishlov berilgan va ikkita ishlov berilmagan (karton bilan yopilmagan). Karton qobiq gips o‘zakga mahkam yelimlangan. Gipskarton qoplamalarining turlari va ularga qo‘yilgan talablar tegishli me’yorlar va standartlar bilan reglamantlangan. KNAUF korxonalari ishlab chiqarayotgan GKQ lar assortimenti ularning ishlaydigan shart-sharoiti, qo‘llash joylari va tayyorlash texnologiyasi bilan aniqlanadi.
Gipskarton qoplamalar ikki turga bo‘linadi: gipskarton qurilish qoplamalari GKQ (GKB) va olovga chidamli gipskarton qurilish qoplamalari (olovga chidamli qoplamalar) GKQO (GKF). GKQ ning ikki turi ham asosan qurilish gipsdan qilingan bo‘lib, ularning yuzasi va bo‘ylama qirralari mustahkam karton bilan yelimlangan. Qoplama o‘zagini tashkil etuvchi gips qorishmasi tarkibiga turli xildagi qo‘shilmalar va to‘ldirgichlar kiritiladi. Gips o‘zagiga olovga chidamli to‘ldirgich sifatida mineral tolalar qo‘shiladi, bu mineral tolalar issiqlikdan suv parlanish holati yuzaga kelganda gipsni bo‘laklarga parchalanishiga qo‘ymaydi, natijada o‘zak olovga chidamli himoya qatlamga aylanadi.
Gipskarton qurilish plitalari (GKQ, GKB) turli xildagi tekis yuzalarni, «ho‘l» suvoq o‘rniga qoplash uchun mo‘ljallangan. Ularni yana shiftlarning sinch asosini yopish, osma shiftlarni qurish va yig‘ma pardevorlarni yasash uchun ishlatish mumkin.
Olovga chidamli gipskarton qoplamalari (GKOChQ, GKF) devor va shiftlarni qoplash, olov chiqish xavfi yuqori bo‘lgan xonalar orasidagi pardevorlarni qurish uchun ishlatiladi.
Bu qoplamalarning gips o‘zagiga shisha tolali to‘ldirgichlar qo‘shilgan.
Yevropa standartlari yana GKQ larning ikkita turini ishlab chiqarishda qo‘llaniladi, bular yuqori namlikga (75%dan ko‘p) ega bo‘lgan xonalarning devor va shiftlarini qoplash, hamda yuqori namlik va qurilish konstruksiyalariga olovga chidamlilik talablari qo‘yilgan xonalar uchun mo‘ljallangan. Karton sathning yuza tomoni va gips o‘zagi namlikni shimilishini kamaytiradigan maxsus tarkib bilan shimdirilgan. Bu impregnirlangan (shimdirilgan) qoplamalarning turlarga yuqori suvga chidamlilikga ega GKNChQ (GKBI) va yuqori suvga hamda olovga chidamli (GKNOChQ, GKFI) bo‘lgan gipskarton qurilish qoplamalari kiradi. GKNChQ, GKBI qurilish qoplamalarining qo‘llanish joylari GKQ, GKB qoplamalari bilan bir xildir.
Gipskarton qoplamalarni gidrofob tarkiblar bilan, masalan silikon bilan singdirilishi ularning gips o‘zagining va kartonli qobig‘ining ancha kam suv shimishiga (taxminan 3 marta) va tez parlanishiga olib keladi. Atrof-muhitning odatdagi haroratida impregnirlangan qoplamalarning qurishi bor yo‘g‘i 15 soatda kechadi, shimdirilmagan qoplamalarning qurishi uchun esa 70 soat vaqt kerak. Impregnirlangan qoplamalarning bu sifati ularning kapilyar shimish qobiliyatining pasayishi natijasida erishiladi. Oddiy va impregnirlangan qoplamalarni suvga kiritilganda,ularda suvning kapilyar ko‘tarilishi oddiy qoplamada impregnirlangan qoplamaga qaraganda ikki marta ko‘p bo‘lishi kuzatiladi (10 va 5 sm). Kapilyar ko‘tarilishning balandligini doimiyligi kapilyar kuchlarning va parlanish intensivligining barovarlashganidan xabar beradi, buning natijasida, GKQ da suvning sathi uning kapilyar ko‘tarilishining balandligidan yuqori ko‘tarilmaydi, bu esa devor va pardevorlarni ichidan kommunikatsiyalarni o‘tish joyini tanlashda juda muhim.
Standartlarga asosan (GOST 6266-97, TU U V.2.7-24577862-98) ikki soat davomida impregnirlangan qoplamani suvga to‘la cho‘kdirilganda shimilgan suvning massasi bo‘yicha miqdori 10%-15% dan oshmasligi kerak.
GKQ larning karton qoplamasining namlanganda zamburuqlar bilan zararlinishini oldini olish uchun, fungitsidlar shimdirilib, ishlov beriladi (zavodda tayyorlanish jarayonida).
GKQ larning har xil turlarini ajratib olish uchun, karton qobiqning rangi va orqa tomonida, kengligi 5 sm bo‘lgan, markirovka yozuvlari yordam beradi, bu esa qurilish ob’ektlarida qoplamaning to‘g‘ri montaj qilinishini ta’minlaydi. GKQ larning yuza tomonida orasi bir birovidan 25 sm masofada joylashgan, mixlar yoki shuruplar bilan mahkamlash nuqtalari belgilab chiqiladi.
KNAUF korxonalari ishlab chiqaradigan GKQ larning har xil turlarini ajratib olish belgilari quyidagi standartlar bilan me’yorlanadi:
Rossiya Federatsiyasi GOST 6266-97
AQSh ASTM C36
Xalqaro standart ISO 6308
YeES SEN 520
Ukraina DSTU B V.2.7-95-2000
Bu standartlar GKQ larning yuza va orqa tomon karton qoplamasining, hamda qoplamalarning orqa tomoniga yoziladigan markirovkalar ranglarining turlicha bo‘lishini ko‘zda tutadi(2.1.-jadval)
2.1.- jadval

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling