Quyidagilar kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik
yuzasidan majburiy
tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi lozim:
davlat organlarining axborot resurslari;
davlat organlarining axborot tizimlari;
muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari.
Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza oʻtkazish tartibi
vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
19-modda. Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini
ta’minlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparatdasturiy hamda dasturiy
vositalarni sertifikatlashtirish
Davlat organlari va tashkilotlari axborot
tizimlari hamda resurslarining,
shuningdek muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining
kiberxavfsizligini
ta’minlash uchun qoʻllaniladigan apparat, apparatdasturiy
va dasturiy vositalar
majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.
Axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligini ta’minlash
uchun
qoʻllaniladigan
apparat,
apparatdasturiy
hamda
dasturiy
vositalarni
sertifikatlashtirish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: