2- mavzu: kiber jinoyatchilik tarixi va evolutsiyasi
Download 362.13 Kb. Pdf ko'rish
|
2 - Mavzu (1)
t
l K i b e r x a v f s i z l i k s u b y e k t l a r i q oʻz kiberxavfsizligini ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy ta’minotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish; kiberhujumlardan himoya qilish vositalari va usullari, shuningdek ularni aniqlash hamda bartaraf etish usullari toʻgʻrisida vakolatli davlat organidan ma’lumotlar va maslahatlar olish; oʻz kiberxavfsizligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Kiberxavfsizlik subyektlari: axborot tizimlari va resurslaridagi ma’lumotlarning qonunga xilof ravishda tarqatilishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqolishi, yaxlitligining buzilishi, bloklanishi va qalbakilashtirilishining, shuningdek axborot tizimlari va resurslariga ruxsatsiz kirishning boshqa koʻrinishlarining oldini olishi, bunday hollar aniqlanganda oʻz vaqtida tegishli choralar koʻrishi; axborot tizimlari va resurslariga kirish tartibi buzilganda hamda ularga ruxsatsiz kirish natijasida ushbu tizimlar hamda resurslar oʻzgartirilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida ularni tezkorlik bilan tiklash choralarini koʻrishi; 18 https://lex.uz/docs/-5960604 - Oʻzbekiston qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi 19 http://old.lex.uz/uz/docs/-5960604 - Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi sodir boʻlgan kiberxavfsizlik hodisalari va kiberjinoyatlar toʻgʻrisida vakolatli davlat organini xabardor qilishi, ushbu hodisalarni toʻliq fosh etish uchun tegishli raqamli izlarning yoʻqolishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishi, shuningdek kiberxavfsizlik hodisalarini tahlil qilish va kiberjinoyatlarni tekshirish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarning doimiy saqlanishini ta’minlashi; kiberxavfsizlik obyektlarini muhofaza qilish va ularning xavfsiz ishlashi monitoringini oʻtkazish sohasidagi ma’lumotlarni vakolatli davlat organi bilan oʻzaro almashishni amalga oshirishi; axborot tizimlari va resurslarining kiberhimoyasini ta’minlashda vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan kiberxavfsizlik talablariga rioya etishi; kiberxavfsizlik hodisalariga nisbatan choralar koʻrish mexanizmlarining ishlab turishini va kiberxavfsizlikni ta’minlash boʻlinmalarining ishlashini ta’minlashi, ular mavjud boʻlmagan taqdirda esa vakolatli davlat organining ruxsati bilan autsorsing xizmatlaridan belgilangan tartibda foydalanishi; vakolatli davlat organiga kiberxavfsizlikni ta’minlash monitoringining tashkiliy-texnik tadbirlarini amalga oshirish uchun monitoring tizimlariga va (yoki) kiberxavfsizlik obyektlariga kirish huquqini berishi shart. 20 Download 362.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling